O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga kasbiy faollik motivatsiyasi namoyon etilishining motivlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha egallagan o‘rinlari
(Faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi bo‘yicha)
A
№
| Motivlar |
5-sinf
|
9-sinf
|
1
|
Kasb tanlash, kasbiy tasavvur va kasbiy o‘zlikni anglashning o‘zaro mutanosibligi
|
5
|
3
|
2
|
Kasb tanlashga nisbatan barqaror qiziqishlar va barqaror faollik
|
10
|
8
|
3
|
Kasb tanlashni zarur ijtimoiy ehtiyoj sifatida tushunish
|
9
|
10
|
4
|
Kasbiy yo‘nalganlikning namoyon etilishi
|
4
|
4
|
5
|
Kasb tanlashdan ijtimoiy qoniqish
|
1
|
2
|
6
|
Kasbiy istiqbolning anglanishi
|
2
|
5
|
7
|
Kasbiy o‘zlikni anglash va rivojlantirishga moyillik
|
7
|
9
|
8
|
Kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligi
|
3
|
6
|
9
|
Kasb tanlashda keng ijtimoiy «Men»ning ifodalanishi
|
8
|
7
|
10
|
Kasb tanlash jarayoniga ongli, faol va ijodiy yondashuvga moyillik
|
6
|
1
|
(Ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi bo‘yicha)
B
№
|
Motivlar
|
5-sinf
|
9-sinf
|
1
|
Kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning mavjudligi
|
8
|
9
|
2
|
Kasb tanlashga nisbatan umumiy qiziqishlar
|
3
|
8
|
3
|
Kasb tanlashning umumiy ehtiyoj sifatida tushunilishi
|
2
|
6
|
4
|
Kasbiy yo‘nalganlikka moyillik
|
5
|
3
|
5
|
Kasb tanlashdan ijtimoiy qoniqishga moyillik
|
6
|
10
|
6
|
Kasbiy istiqbolga intilish
|
4
|
1
|
7
|
O‘z-o‘zini bilish va rivojlantirishga moyillik
|
10
|
7
|
8
|
Kasbiy layoqat va qiziqishlar mutanosibligi
|
9
|
5
|
9
|
Kasb tanlashda ijtimoiy «Men»ning aniqlanishi
|
7
|
4
|
10
|
Kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik
|
1
|
2
|
(Indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi bo‘yicha)
V
№
|
Motivlar
|
5-sinf
|
9-sinf
|
1
|
Kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligi
|
3
|
5
|
2
|
Kasbga nisbatan beqaror qiziqishlar
|
6
|
1
|
3
|
Kasb tanlashning ijtimoiy mohiyatini tushunmaslik
|
8
|
3
|
4
|
Kasbiy yo‘nalmaganlik
|
7
|
2
|
5
|
Kasb tanlashdan qoniqmaslik
|
9
|
5
|
6
|
Kasbiy istiqbolga e’tiborsizlik
|
5
|
9
|
7
|
Kasb talablariga va o‘z-o‘zini bilishga yuzaki munosabat
|
1
|
4
|
8
|
Kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar nomutanosibligi
|
4
|
7
|
9
|
Kasb tanlashda tor ijtimoiy «Men»ga moyillik
|
2
|
8
|
10
|
Kasb tanlash jarayoniga nomuayyan xayrixohlik
|
10
|
10
|
Kasb tanlashga ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining namoyon etilishida ham kasb tanlashga bo‘lgan munosabat jarayoni turli-tumanligi bilan alohida ajralib turadi, qolaversa, qo‘shimcha usullar, suhbatlar, munozaralar va muloqotlar jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ijobiy munosabatlarning namoyon etilishi, aksariyat hollarda yosh, individual, oilaviy va hududiy xususiyatlarga bog‘liq. Ehtimol, shuning uchun har bir o‘quvchi kasb tanlashga bo‘lgan ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasini turlicha sharhlaydi. Jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlar (B guruhi) yana shuni tasdiqlaydiki, ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarida kichik va katta o‘quvchilik davri uchun yaqqol ko‘zga tashlanuvchi qonuniyat – o‘quvchilik yoshi ulg‘aygan sari o‘sish va kamayish hollari sezilmaydi. Chunki nibatan taqqoslanayotgan jadvalda bu holat ko‘proq faol-ijobiy munosabat (A guruhi) va indifferent munosabat (V guruhi) ko‘rsatkichlarida yaqqol seziladi.
Endi, kasb tanlashga indifferent munosabat (V guruhi) motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlarning qiyosiy-tipik tahlillariga o‘tamiz.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning kasb tanlashga bo‘lgan indifferent munosabat ko‘rsatkichlari barcha 10 ta guruh motivlari yo‘nalishlarida ham ma’lum bir qonuniyat ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, o‘quvchilik yoshining ulg‘ayishi bilan kasb tanlashga bo‘lgan indifferent munosabat ko‘rsatkichlari nisbatan bo‘lsa-da kamayib boradi. Masalan, I guruh motivatsiya ko‘rsatkichlari 5-sinf orasida 40%ni tashkil etgan bo‘lsa, 9-sinfga kelib bu yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha umumiy miqdori 30%ga kamayganini ko‘ramiz. Shuningdek, mos ravishda, II guruhda 33%dan 32%gacha, VI guruhda 37%dan 10%gacha, VII guruhda 48%dan 30%gacha, VIII guruhda 40%dan 26%ga, IX guruhda 41%dan 15%gacha, X guruhda 20%dan 9%ga kamayganligi fikrimizning dalilidir.
Faqatgina istisno tariqasida III, IV, V guruh motivatsiya yo‘nalishida (mos ravishda 28%dan 31%ga, 30%dan 32%ga, 29%dan 30%ga) ozgina farq ortganligini ko‘ramiz.
Umumiy olganda, o‘quvchilarda kasb tanlashda faol-ijobiy (A guruhi) kasbiy faollik motivatsiyasi va ijobiy (B guruhi) kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga indifferent (V guruhi) kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha-umumiy ko‘rsatkichlarining yoshi ulg‘aygan sari oz bo‘lsa-da kamayib borishi kuzatiladi. Bu tendensiyasining namoyon etilishi o‘quvchi shaxsining ijtimoiy jihatdan tobora rivojlanib borishini va bu jarayon aksariyat o‘quvchilardagi munosabat tizimining ijtimoiy maqsadlar asosida ma’lum darajada takomillashib borishini ham ko‘rsatadi.
Zero, kasb tanlashga indifferent kasbiy faollik motivatsiyasini keltirib chiqaruvchi kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligi, kasbga nisbatan beqaror qiziqishlar, kasb tanlashning ijtimoiy mohiyatini tushunmaslik, kasbiy yo‘nalmaganlik, kasb tanlashdan qoniqmaslik, kasbiy istiqbolga e’tiborsizlik, kasb talablariga va o‘z-o‘zini bilishga yuzaki munosabat, kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar nomutanosibligi, kasb tanlashdagi «tor ijtimoiy menlik»ka moyillik, kasb tanlash jarayoniga nomuayyan xayrixohlik kabi motivlarni inobatga olish va ularni ma’lum darajada bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rib borish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ham unutmasligimiz kerak bo‘ladi.
Endi, har bir munosabat tizimi motivatsiyasi tarkibiga kiruvchi motivlar o‘rtacha-umumiy ko‘rsatkichlarining shu tizimda tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘tamiz.
Chunonchi, jadvalda qayd etilganidek, faol-ijobiy («A» guruh) kasbiy faollik motivatsiyasi tizimiga kiruvchi shartli ravishda belgilangan o‘nta motivdan «kasb tanlashdan ijtimoiy qoniqish» motivi (5-motiv) 5-sinf o‘quvchilari orasida 1-o‘rinni, 9-sinf o‘quvchilari orasida esa 2-o‘rinni egallaydi. Demak, kichik yoshdagi o‘quvchilarda ham, katta yoshdagi o‘quvchilarda ham kasb tanlashdan ijtimoiy qoniqish kasb tanlashga faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasining eng asosiy manbai hisoblanadi. Aniqrog‘i, ijtimoiy qoniqishning nisbatan yuqori turishi kasb tanlash samaradorligini ta’minlaydi. 9-sinf o‘quvchilari orasida eng birinchi o‘rinni egallagan motiv bu «kasb tanlash jarayoniga ongli, faol va ijodiy yondashuvga moyillik» hisoblanadi. Darhaqiqat, bunday motivning yuqori turishi katta yoshdagi o‘quvchilarning o‘ziga xos tafakkuri va ijtimoiy ehtiyojlari ko‘lamining kengligi bo‘lsa kerak. Binobarin, 5-sinf o‘quvchilari orasida faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqori darajalarda ifodalanishi kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligi (3-o‘rin), kasbiy yo‘nalganlikning namoyon etilishi (4-o‘rin), kasb tanlash, kasbiy tasavvur va kasbiy o‘zlikni anglash (5-o‘rin) kabi motivlarning ham shu yo‘nalishdagi boshqa motivlarga nisbatan alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur yo‘nalishdagi qolgan motivlar 5-sinf o‘quvchilari orasida tegishli o‘rinlarga ega
Katta yoshdagi o‘quvchilar (9-sinf o‘quvchilari) orasida shu yo‘nalishdagi 1-motivning 3-o‘rinni, 4-motivning 4-o‘rinni, 6-motivning 5-o‘rinni egallashi ularning faoliyatida kasbiy tasavvurlar, kasbiy o‘zlikning anglanishining o‘zaro mutanosibligi, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy istiqbolning anglanishi kabi sifatlarga alohida e’tibor qaratilganligini kuzatish mumkin. 9-sinf o‘quvchilari orasida bu yo‘nalishdagi qolgan motivlar mos ravishda tegishli o‘rinlarga ega. Belgilangan bu o‘rinlar kichik va katta yoshdagi o‘quvchilarda kasb tanlash jarayoniga bo‘lgan faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasining shakllanishi va istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijobiy (B guruh) kasbiy faollik motivatsiyasi bo‘yicha belgilangan o‘rinlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 5-sinf o‘quvchilari orasida 1-o‘rinni 10-motiv - kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik ko‘rsatkichlari, 2-o‘rinni 3-motiv - kasb tanlashning umumiy ehtiyoj sifatida tushunilishi, 4-o‘rinni 6- motiv - kasbiy istiqbolga intilish va 5-o‘rinni 4-motiv - kasbiy yo‘nalganlikka moyillik egallab turganligini ko‘ramiz. 5-sinf o‘quvchilari orasida mazkur motivatsiya ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqori turishi kasb tanlash jarayonining ma’lum darajada xayrixohlik bilan qabul qilinishidan dalolat beradi. Mazkur yo‘nalishdagi qolgan motivlar mos ravishda keyingi o‘rinlarni egallaydi.
Katta o‘quvchilik davri (9-sinf) o‘quvchilari orasida eng birinchi o‘rinni egallagan motiv bu - kasbiy istiqbolga intilish hisoblanadi. 2-o‘rinni esa kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik motivi egallaydi. Zero, katta yoshdagi O‘quvchilarda haqiqatdan ham, kasb orqali o‘z kelajagini aniqroq ko‘rishga nisbatan xayrixohlikning tobora ortib borishi ularning o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari asosida belgilangan keyingi o‘rinlar mos ravishda talqin qilinadi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan har bir o‘rin o‘quvchilardagi ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari ierarxik tizimini o‘ziga xos uslubda tashkil etish tendensiyasiga daxldor ekanligi bilan xarakterlanadi.
Indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarda 5-sinf o‘quvchilari uchun ko‘proq xarakterli bo‘lgan motivlarga 7-guruh motivlarini 1-o‘rin, yoki kasb tanlashda tor ijtimoiy «Men»ga moyillikni 2-o‘rin, kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligi 3-o‘rin, kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar nomutanosibligi 4-o‘rin, kasbiy istiqbolga e’tiborsizlik 5-o‘rin hamda qolgan motivlarni mos ravishda 6,7,8,9,10-o‘rinlarga kiritish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar shuni ta’kidlaydiki, 5-sinf o‘quvchilarida kasb tanlashga indifferent kasbiy faollik motivatsiyasini keltirib chiqaruvchi sabablar ko‘proq o‘z-o‘ziga va kasb talablariga yuzaki munosabatda bo‘lish va kasb haqida noadekvat tasavvurlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Qolaversa, indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining kamayishi kasb tanlashga munosabat samaradorligini ta’minlashga va, aksincha, indifferent munosabat ko‘rsatkichlari miqdorining ortib borishi kasb tanlashda birmuncha muvaffaqiyatsizliklarning namoyon etilishiga olib keladi.
9-sinf o‘quvchilari orasidagi indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha motivlarning tutgan o‘rni 5-sinf o‘quvchilari ko‘rsatkichlaridan birmuncha farq qiladi. Jumladan, 9-sinfda kasbga nisbatan beqaror qiziqishlar motivi 1-o‘rinni, kasbiy yo‘nalmaganlik motivlari 2-o‘rinni, kasb tanlashning ijtimoiy mohiyatini tushunmaslik motivlari 3-o‘rinni, qolgan motivlar mos ravishda boshqa o‘rinlarni egallashi bilan alohida xarakterlanadi.
Umuman, 9-sinf o‘quvchilari orasida ham, 5-sinf o‘quvchilari orasida ham kasb tanlash jarayoniga nomuayyan xayrixohlik motivi oxirgi, 10-o‘rinni egallaydi. Olingan bu ko‘rsatkichlar o‘quvchilarda indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi xarakteri va o‘quvchi faolligini amalga oshirishdagi ijtimoiy psixologik ta’sirchanlik ko‘lamini belgilashda va indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo‘llarini izlashda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaymiz.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, har bir o‘quvchi shaxsini kasbga yo‘naltirish uchun ma’lum pedagogik-psixologik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish talab qilinadi. Chunonchi, o‘quvchilar faoliyatidagi kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy ustanovkalar va kasbiy tasavvurlar ko‘lamini tegishli ijtimoiy psixologik talablar asosida o‘rganmay turib, bu sohada yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan
O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga munosabat tizimi namoyon etilishi bilan bog‘liq o‘ziga xos ijtimoiy psixologik jarayonlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylaymiz. Albatta, kasb tanlashga munosabat jarayoni motivatsiyasi ko‘p qirrali va keng qamrovli pedagogik-psixologik hodisadir. qolaversa, birgina tadqiqotda uning barcha yo‘nalishlarini to‘la-to‘kis tahlil qilib bo‘lmaydi. Ya’ni, har bir tadqiqot yoki tadqiqotchi masalaning ma’lum bir tomoni yuzasidan mulohaza yuritib, aynan shu tomon nuqtai nazaridan ilmiy tahlillar yoki xulosalar qiladi.
Binobarin, mazkur tadqiqot ishida biz kasb tanlash jarayonini kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasining shakllanish jarayoni sifatida talqin qildik va shu asosda ma’lum ijtimoiy psixologik mezonlar orqali tahlillar yuritishga harakat qildik. Tadqiqot davomida har bir mezonni aniqlaydigan maxsus anketa savollari, testlar, individual va guruhiy suhbatlar, qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kuzatishlar, taniqli psixologlar tomonidan ilmiy matbuotda e’lon qilingan metodik ishlanmalardan o‘rni bilan foydalandik.
Har bir olingan natija maxsus tartibda qabul qilingan ballar tizimiga jamlanib, quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini berdi:
kasb tanlash jarayonini kasb tanlashga munosabat ob’ekti sifatida talqin qilish;
kasbiy o‘zlikni anglash va munosabat uyg‘unligiga baho berish;
qiziqishlar asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
shaxs umumiy yo‘nalganligi asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlariga baho berish;
kasbiy ustanovkalar asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlarini izohlash;
ma’lum qadriyatlar yo‘nalishi asosida shakllangan kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi ierarxik tizimi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlillar olib borish.
Ushbu sifatlarning barchasi har bir o‘quvchini kasbiy yo‘naltirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir olingan natija tadqiqotning yagona maqsadi asosida birlashtirilib, umumiy qabul qilingan metodik usullar majmuasi talablariga mos ravishda tadqiq qilingandan so‘nggina umumiy ijtimoiy psixologik xulosalar qilindi.
Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tadqiqotning umumiy talqinini ifodalovchi har bir usul, u yoki bu toifaga kiruvchi o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos kasb tanlash jarayoniga kasbiy faollik motivatsiyasi bilan bog‘liq faoliyat mahsuldorligiga nisbatan faollik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
Endi bevosita tadqiqot davomida qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar tahliliga o‘tamiz. Ma’lumki kasb tanlash jarayonining muvaffaqiyati, dastavval, har bir o‘quvchining kasb tanlash faoliyatiga nisbatan mustaqil va ijodiy yondashuviga, o‘z psixologik imkoniyatlaridan unumli foydalana olishiga va barqaror qiziqishlarining har jihatdan tarkib topishiga bog‘liqdir. Zero, o‘quvchi shaxsi kasbiy faolligining ta’minlanishi kasbiy ta’lim muvaffaqiyati uchun asosiy manba hisoblanadi. Ushbu manba esa kasb tanlash jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, shuni qayd etish kerakki, olingan barcha empirik ma’lumotlarni tadqiqotning aniq yo‘naltirilgan maqsadiga birlashtirdik. Ya’ni, har bir yo‘nalish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘z-o‘zidan aniq bir vazifani, ayni paytda barcha to‘rt yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar umumiy bitta vazifani, ya’ni, o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgamunosabat tizimini shakllantirishning o‘ziga xos ijtimoiy psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini va an’analarini ochib berishga xizmat qildi.
Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri har bir yo‘nalishda qayd etilgan empirik ma’lumotlar tahliliga o‘tamiz.
Keltirilgan jadvallardan ko‘rinib turibdiki, «Qiziqishlar xaritasi» metodikasi asosida olingan ma’lumotlarda qayd etilgan o‘rtacha–umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlar ko‘lami kichik va katta yoshdagi O‘quvchilarda turlicha ko‘rsatkichlarga ega. Albatta, buning o‘ziga xos obyektiv va sub’ektiv sabablari bor. Bizning ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan asosiy maqsadimiz esa o‘quvchilar shaxsida ma’lum qiziqishlar asosida shakllanayotgan kasb tanlash jarayoniga munosabat tizimi ierarxiyasi va o‘ziga xos dinamik ko‘rsatkichlari ifodalangan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarni belgilash va keyinchalik shu asosda o‘quvchilar uchun hududiy, yosh xususiyatlari va induvidual xususiyatlar bilan bog‘liq jihatlarni baholashdan iboratdir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mazkur bobda tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar tahlili «O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgakasbiy faollik motivatsiyasi namoyon etilishining o‘ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlari» hamda «O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgamunosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha–umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari» asosida olib borildi. Tahlillarning asosiy yo‘nalishlari kichik (5-sinf) va katta (9-sinf). O‘quvchilardagi kasb tanlashga munosabat tizimi motivatsiyasi mezonlarining shakllanishi va namoyon etilishining bugungi ijtimoiy psixologik ko‘rsatkichlari ko‘lamining o‘ziga xos xarakterli jihatlariga va bu jihatlar bilan bog‘liq ayrim qonuniyatlarni ochib berishga qaratildi. Shu nuqtai nazardan mazkur bob bo‘yicha qo‘yidagi xulosalarga kelindi:
1. Avvalo shuni aytish kerakki, tadqiqotning nazariy–ilmiy va amaliy-uslubiy vazifalaridan kelib chiqib, olib borilgan empirik tahlil natijalari O‘quvchilardagi kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasining o‘ziga xos yosh, hududiy va etnopsixologik xususiyatlar bilan bog‘liq jihatlari muammolar va imkoniyatlar haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Bu esa umumta’lim maktablarida olib borilayotgan kasb tanlash jarayonlarini ma’lum ijtimoiy psixologik talablar asosida muvaffaqiyatli tashkil etish hamda bu boradagi amaliy vazifalarni belgilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganilgan o‘nta motivning ham o‘quvchilar faoliyatida muhim o‘rin egallashi aniqlandi. Jumladan, katta o‘quvchilik davri (9-sinf) o‘quvchilari orasida eng birinchi o‘rinni egallagan motiv bu «kasbiy istiqbolga intilish» hisoblanadi. 2-o‘rinni esa «kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik» motivi egalladi. Zero, katta yoshdagi O‘quvchilarda haqiqatdan ham, kasb orqali o‘z kelajagini aniqroq ko‘rishga nisbatan xayrixohlikning tobora ortib borishi ularning o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan har bir o‘rin o‘quvchilardagi ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari ierarxik tizimini o‘ziga xos uslubda tashkil etish tendensiyasiga daxldor ekanligi bilan xarakterlanadi.
Indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarda 5-sinf o‘quvchilari uchun ko‘proq xarakterli bo‘lgan motivlarga kasb tanlashda tor ijtimoiy «Men»ga moyillikni (1-o‘rin), kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligini (2-o‘rin), kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar nomutanosibligi (3-o‘rin), kasbiy istiqbolga e’tiborsizlikni (4-o‘rin) hamda qolgan motivlarni mos ravishda 5, 6, 7, 8, 9, 10, o‘rinlarga kiritish mumkin. qo‘shimcha ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, 5-sinf o‘quvchilarining kasb tanlashga indifferent kasbiy faollik motivatsiyasini keltirib chiqaruvchi sabablar ko‘proq o‘z-o‘ziga va kasb talablariga yuzaki munosabatda bo‘lish va kasb haqida noadekvat tasavvurlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. qolaversa, indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining kamayishi kasb tanlashga munosabat samaradorligini ta’minlashga va aksincha, indifferent munosabat ko‘rsatkichlari miqdorining ortib borishi kasb tanlashda birmuncha muvaffaqiyatsizliklarning namoyon etilishiga olib keladi.
3. Qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar tahlili yana shuni tasdiqlaydiki, O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgabo‘lgan munosabat tizimi (faol-ijobiy, ijobiy, indifferent) motivatsiyasining shakllanishi va u yoki bu darajada namoyon etilishi o‘quvchi shaxsida, xulq–atvorida, faolligida, o‘ziga xos uslubda ijtimoiy psixologik ta’sir etuvchi «qiziqishlar»ga, «shaxs yo‘nalganligi» ga, «kasbiy ustanovkalar»ga va «qadriyatlar»ga ham bevosita bog‘liqdir. Aniqrog‘i, empirik ma’lumotlar tahliliga asoslanib shuni aytish mumkinki, mazkur sifatlarning o‘quvchi shaxsida beqaror yoki barqaror holda tarkib topishiga qarab, o‘quvchining kasb tanlash jarayoniga nisbatan faol-ijobiy, ijobiy, yoxud indifferent munosabatlarining ifoda etilayotganligi haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
4. O‘quvchi shaxsidagi kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasining namoyon etilishi o‘quvchining shaxs sifatidagi umumiy yo‘nalganlik mezonlarining (o‘z–o‘ziga, o‘zgalarga, faoliyatga) umumiy munosabatlar tizimi (faol–ijobiy, ijobiy, indifferent) ko‘rsatkichlarining o‘zaro uyg‘unlikda shakllanuvchi ijtimoiy psixologik jihatlariga ham ko‘p tomondan bog‘liqligini e’tirof etish mumkin. Chunonchi, faol–ijobiy munosabatlarga asoslangan o‘z–o‘ziga yo‘nalganlik ko‘rsatkichlarining o‘rtacha–umumiy, qiyosiy-tipik oraliq diapazonlari o‘rganilgan barcha ob’ektlarda (5 –sinf) 10 % dan 22 % gacha, 9-sinfda esa 9 % dan 24 % gacha miqdorni, o‘zgalarga (odamlarga) yo‘nalganlik asosida qurilgan kasb tanlashga faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlari esa 5-sinfda 11% dan 24 foizgacha, 9-sinfda 9% dan 18% gacha miqdorni tashkil etganligi va bu yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar miqdori faoliyatga yo‘nalganlik asosidagi faol-ijobiy munosabat tizimida 5-sinfda 10% dan 18% gacha, 9-sinfda 16,7 foizdan 26% gacha bo‘lgan natijalarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Olingan bu ko‘rsatkichlar tahlili o‘quvchi shaxsining umumiy yo‘nalganligi talablari asosida namoyon etilayotgan kasb tanlashga munosabat tizimi motivatsiyasi haqida tegishli ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
5. Kasb tanlash samaradorligi uchun muhim bo‘lgan, faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi asosida qurilgan kasbiy ustanovka ko‘rsatkichlari 5-sinf o‘quvchilarida 11 foizdan 18 foizgacha oraliq diapazonni, 9-sinf o‘quvchilarida esa mazkur yo‘nalish bo‘yicha bu diapazonning sezilarli darajada kengayganligini, ya’ni, o‘rtacha-umumiy miqdorining 20 foizdan 36 foizgacha ko‘tarilganligini ko‘ramiz. Bu esa o‘quvchilik yoshining ulg‘ayishi bilan faol-ijobiy munosabatga asoslangan kasbiy ustanovkalarning birmuncha takomillashib, o‘sib borishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, o‘quvchilik yoshining oxiriga kelib kasbiy ustanovkalar motivatsiyasida sifat va miqdor jihatdan birmuncha takomillashuv jarayonini ham kuzatish mumkin.
6. Maqsadli qadriyatlar ierarxik tizimi motivatsiyasi yo‘nalishlari buyicha olingan ko‘rsatkichlar miqdorlarida ham o‘quvchilikning boshlanishida (5-sinf) 26% o‘quvchilarning kasb tanlash jarayoniga munosabatlari faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi asosida qurilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar miqdori katta o‘quvchilik davrida (9-sinf) 37% ga ko‘tarilganligini alohida qayd etish mumkin. Olingan bu ma’lumotlar o‘quvchilik davrida maqsadli qadriyatlarning faol-ijobiy munosabatlar tizimida tobora o‘sib borish xarakteri mavjudligi haqida tegishli tasavvurlarga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
XULOSA
Binobarin, o‘quvchilar kasb tanlashga yo‘naltirish tizimining u yoki bu jihatdan muvaffaqiyatli tashkil etilishi turli davlatlarning ta’lim tizimida turlicha tashkil etilganligini esdan chiqarmagan holda biz o‘ziga xos va ma’lum etnopsixologik talablariga mos istiqbol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi kasb tanlashga munosabat tizimiga daxldor ma’lum ijtimoiy psixologik istiqbollarini ko‘rishga va tadqiqot ob’ekti hamda subyekti sifatida uning inson omili bilan uyg‘unligini tadqiq qilishga harakat qildik. Ayni paytda, ijtimoiy psixologiya fanining nazariy metodologik asoslariga tayanib, kasb tanlash jarayonini ochib beruvchi barcha tadqiqotlar mazmunini to‘liq tushungan holda o‘z qarashlarimizni, ilmiy fikr-mulohazalarimizni va ma’lum darajadagi tavsiyalarimizni bayon etdik.
Umuman, olib borilgan tadqiqotimiz natajalari ijtimoiy psixologiyaning o‘quvchilarda kasbiy faollik motivatsiyalari tadqiqi bilan bog‘liq nazariy va empirik yo‘nalishlari uchun muhim bo‘lgan quyidagi yakuniy ilmiy xulosalarni chiqarishga imkon berdi:
Ilmiy matbuotda ma’lum bo‘lgan ijtimoiy psixologiyadagi ilmiy-nazariy va metodologik adabiyotlar tahlili kasb tanlash jarayonining muhim ob’ekti bo‘lgan o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga munosabat tizimi shakllanishining va bu ierarxik tizimning o‘quvchi shaxsining ijtimoiy psixologik taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan jihatlarini tadqiq qilishga oid tadqiqotlarning bugungi kunda yetarli emasligini ko‘rsatdi. Holbuki, kasb tanlashga tayyorlashning dastlabki vazifasi har bir o‘quvchi shaxsining u yoki bu kasbga bo‘lgan ichki motivatsiyani harakatga keltiruvchi faol- ijobiy munosabatlar ko‘lamini har jihatdan samarali tarzda shakllantirishni taqazo etadi. Bu esa bugungi kunda har bir o‘quvchining kasb tanlash jarayonining o‘ziga nisbatan kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlash va shu asosda tegishli ijtimoiy psixologik tahlillarining yaratilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yillar davomida qator ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasi kasb tanlashga munosabatning shakllanishining o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyoti tamoyillariga xizmat qiluvchi qiziqishlar, umumiy yo‘nalganlik, kasbiy ustanovkalar va qadriyatlar tizimi bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Binobarin, bugungi kunda talaygina o‘quvchi yoshlarda kasb tanlashga faol-ijobiy munosabatning yetarli darajada qaror toptirilmayotganligining oqibatida kasbiy kelajak mafaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lum ziddiyatlarga, muvaffiqiyatsizliklarga va ayrim ijtimoiy psixologik inqirozlarga duch kelinyaptiki, bu holat mazkur muammoga alohida ijtimoiy zarurat sifatida qarashini va tadqiq qilishni muqarrar suratda taqozo etayotganligi bilan xarakterlanadi.
Ma’lum ijtimoiy zaruriyat muammosi sifatida o‘rganilgan kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari tahlili talaygina o‘quvchi yoshlardagi kasb tanlash jarayoniga nisbatan faol-ijobiy munosabatlarning yetarlicha qaror topmayotganligidan dalolat bermoqda. Jumladan, bu munosabatlar zamirida o‘quvchining ijtimoiy psixologik faoliyati va faolligining namoyon etilishi bilan bog‘liq o‘ziga xos qiziqishlar, umumiy yo‘nalganlik, kasbiy ustanovkalar hamda qadriyatlar tizimi mavjudligining ta’siri alohida o‘rin tutadi. Bu esa shaxs va kasb istiqboli o‘rtasidagi ijtimoiy psixologik mutanosiblik ko‘rsatkichlari ko‘lamini ham ma’lum darajada tahlil qilish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish imkonini ham beradi.
Tadqiqot davomida shu narsa ayon bo‘ldiki, ta’lim tizimida bilan bog‘liq faoliyatining muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlashga yuo‘naltirilgan kasbiy faollik motivatsiyasi samaradorligini baholash, dastavval har bir o‘quvchining kasbiy o‘zlikni anglashi va uning ijtimoiy mohiyatini to‘g‘ri tushunishi asosida yotgan tasavvurlarini yetarli darajada shakllantirishni taqozo etadi. Zero, kasb tanlashga faol-ijobiy munosabat omillari o‘rganilmagan va yetarli darajada qaror toptirilmagan ta’lim muassasalarida kasb tanlashga yo‘llash usullarining samaradorligi haqida biror ijobiy fikr aytib bo‘lmasligi tayin.
Tadqiqot davomida yaqqol va ravshan namoyon etilgan kasbiy faollik motivatsiyasi omillari va mezonlarining har biri o‘ziga xos ko‘rsatkichlar ko‘lami, dinamikasi hamda umumiy qonuniyatlarga ega ekanligi va bu kasbiy o‘zlikni anglash tizimidagi bir-biriga bog‘liq ierarxik zanjirni mustahkamlashga va mukammallashtirishga xizmat qilishi bilan alohida xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi o‘quvchilar faoliyatida namoyon etilayotgan mazkur ierarxik tizimdagi omillar quyidagi tartibda belgilandi va tadqiqot predmetiga aylantirildi: qiziqishlar asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari (faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi, 3.9-jadval); shaxs umumiy yo‘nalganligi asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari; kasbiy ustanovkalar asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari; qadriyatlar yo‘nalishi asosida shakllangan kasb tanlashga munosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari ko‘lamining atroflicha tadqiq qilinishi o‘quvchilar faoliyatini ijtimoiy psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni va ilmiy-amaliy xulosalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganilgan tadqiqot obyektlaridagi o‘quvchilarning (5-va 9-sinf o‘quvchilari misolida) kasb tanlash jarayoniga nisbatan qaror topayotgan bugungi kasbiy faollik motivatsiyasining o‘ziga xos umumiy-tipik ko‘rsatkichlari aniqlanganda shu narsa ayon bo‘ldiki, 5-sinf o‘quvchilarida qiziqishlarga asoslangan kasb tanlashga faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlari orasidagi oraliq diapazon 8-50 foizni, o‘rtacha umumiy ko‘rsatkich esa 29 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 9-sinf o‘quvchilari orasida diapazon 13-59 foizni, o‘rtacha umumiy ko‘rsatkich 37 foizni tashkil etadi. Ayni paytda, shaxs umumiy yo‘nalganligi asosidagi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlar 5-sinf o‘quvchilari orasida 12 foizni, 9-sinf o‘quvchilari orasida esa 15 foizni; kasbiy ustanovkalar asosidagi faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari 5-sinfda 16%, 9-sinfda 26% ni, qadriyatlar yo‘nalishiga asoslangan faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasining o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari mos ravishda 5-sinf o‘quvchilari orasida 26% ni va 9-sinf o‘quvchilari orasida 37% ni tashkil etganligi tadqiq qilinayotgan barcha mezonlar bo‘yicha kichik o‘quvchilik (5-sinf) va katta o‘quvchilik (9-sinf) davrida kasb tanlashga faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining nisbatan o‘sib borishi tendensiyasining mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin, O‘quvchilardagi kasb tanlash jarayoniga nisbatan indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari tahlili esa faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlariga nisbatan teskari tendensiya, ya’ni, o‘quvchilik yoshi ulg‘aygan sari kasb tanlash jarayoniga nisbatan indifferent munosabat motivatsiya ko‘rsatkichlari diapazoni kamayib borishi kuzatildi (izohlar jadvallarda mavjud). Olingan bu ma’lumotlar kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi shakllanishining o‘quvchilik davri boshlanishi va oxiri uchun daxldor bo‘lgan xarakterli xususiyatlarni ochib berishga va tegishli tartiblarda talqin qilishga xizmat qiladi.
7. Kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganilgan o‘nta motivning ham o‘quvchilar faoliyatida muhim o‘rin egallashi aniqlandi. Jumladan, katta o‘quvchilik davri (9-sinf) o‘quvchilari orasida eng birinchi o‘rinni egallagan motiv bu - «kasbiy istiqbolga intilish» hisoblanadi. 2-o‘rinni esa «kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik» motivi egalladi. Zero, katta yoshdagi O‘quvchilarda haqiqatdan ham, kasb orqali o‘z kelajagini aniqroq ko‘rishga nisbatan xayrixohlikning tobora ortib borishi ularning o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan har bir o‘rin O‘quvchilardagi ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari ierarxik tizimini o‘ziga xos uslubda tashkil etish tendensiyasiga daxldor ekanligi bilan xarakterlanadi.
Indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarda 5-sinf o‘quvchilari uchun ko‘proq xarakterli bo‘lgan motivlarga kasb tanlashda tor ijtimoiy «Men»ga moyillikni (1-o‘rin), kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligini (2-o‘rin), kasbiy layoqat va ijtimoiy manfaatlar nomutanosibligi (3-o‘rin), kasbiy istiqbolga e’tiborsizlikni (4-o‘rin) hamda qolgan motivlarni mos ravishda 5, 6, 7, 8, 9,10, o‘rinlarga kiritish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, 5-sinf o‘quvchilarining kasb tanlashga indifferent kasbiy faollik motivatsiyasini keltirib chiqaruvchi sabablar ko‘proq o‘z-o‘ziga va kasb talablariga yuzaki munosabatda bo‘lish va kasb haqida noadekvat tasavvurlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Qolaversa, indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining kamayishi kasb tanlashga munosabat samaradorligini ta’minlashga va, aksincha, indifferent munosabat ko‘rsatkichlari miqdorining ortib borishi kasb tanlashda birmuncha muvaffaqiyatsizliklarning namoyon etilishiga olib keladi.
8. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan va ma’lum ilmiy-amaliy aniqliklar kiritilgan kasb va shaxs (kichik va katta o‘quvchi shaxsi) mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda kasb tanlash tizimini yanada takomillashtirishga bo‘lgan ijtimoiy zaruratni yanada ravshanroq tasavvur etishga imkon berishi bilan birga, mavjud kasb tanlash tizimining ilmiy-amaliy samaradorligini va istiqbollarini belgilash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
9. Tadqiqot so‘ngida ilmiy faraz sifatida ilgari surilgan ilmiy mulohazalar asosan o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, kasb tanlashga munosabat tizimining shakllanishi o‘ziga xos individual, hududiy va yosh xususiyatlariga ega bo‘lib, uning dinamikasi ma’lum ijtimoiy psixologik omillar asosida belgilanishi va baholanishi hamda bu jarayon o‘quvchi shaxsining ma’lum darajadagi qiziqishlari, umumiy yunalganligi, kasbiy ustanovkalari, qadriyatlari asosida qurilishi va namoyon etilishi mumkinligi taqdim etilgan empirik ma’lumotlarda o‘z ifodasini topdi.
10. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda shakllanayotgan kasb tanlashga munosabatni o‘rganish muammosini tadqiq qilish bilan bog‘liq quyidagi ilmiy yo‘nalishlar rivojiga xizmat qilishi mumkin:
-tadqiqotda o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgamunosabat tizimining umumiy jihatlariga jiddiy e’tibor qaratish muammosi ko‘tarildi va shu muammo ichidan kasbiy faollik motivatsiyasining faqat uchta turi (faol-ijobiy, ijobiy, indifferent) o‘rganildi va tadqiq qilindi;
- tadqiqotda kasb tanlashga munosabatni shakllantirishning ijtimoiy psixologik mezonlarini ishlab chiqish muammosi ilgari surildi va shu muammo ichidan o‘ziga xos ierarxik tizimga ega bo‘lgan qiziqishlar umumiy yo‘nalganlik, kasbiy ustanovkalar, qadriyatlar yo‘nalishi kabi omillar asosida qaror topuvchi kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari ko‘lamini aniqlash masalasi ustida alohida empirik izlanishlar olib borildi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi;
Tadqiqotda psixologiyaning bugungi amaliy tadbiqiy yo‘nalishlarini yanada oydinlashtirishga xizmat qiluvchi kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasi me’yorlarini o‘quvchi faoliyati psixologiyasi tamoyillariga tayangan holda o‘rganish muammosi ko‘tarildi va bu muammo ichidan faqat o‘quvchilikning boshlanishi (5-sinf) va o‘quvchilikning oxiri (9-sinf) uchun xarakterli bo‘lgan kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan ma’lum me’yorlargina aniqlandi hamda shu me’yorlar doirasida tegishli ilmiy-amaliy xulosalar chiqarildi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Ma’naviyat. T. 2008 y
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 1992.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni: «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».- T.: «Sharq», 1997.
O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».- T.: «Sharq», 1997.
Isoqova M.T. Milliy an’analar va ijtimoiy omillar ta’sirida ilk o‘spirinlarda ma’naviy tasavvurlarni shakllantirish. (Psix. fan. nomz. diss. avtoref.), -T., 1999.
Karimova V.M. Yangi turdagi ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning psixologik muammolari. G‘G‘ Yangi turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishning psixologik muammolari. – T., 1998.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. - T.: «O‘qituvchi», 1994.
Karimova V. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
Karimova V.M. O‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi. (Psix. fan. dokt. diss.). - Farg‘ona, 1994. -282 b.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. – T.: «Universitet», 1999.
Kasbga yo‘naltirish maslahatlari: metodlar, muammolar, imkoniyatlar. (Tuzuvchilar: Ra’no Sunnatova, Ubaydullo Parpiyev). – T., 2001 y.
Qodirov B.R. Tashxis markazlari va psixologik xizmat masalalari. G‘G‘ Yangi turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim va tarbiyaning samaradorligini oshirishning psixologik muammolari. - T., 1998. - 16-19-b.
Turg‘unov K. Psixologiya terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. - T.: «O‘qituvchi», 1975. - 195 b.
To‘raqulov E. Raximov S. Abu Rayhon Beruniy: ruhiyat va ta’lim-tarbiya xaqida. - T.: «O‘qituvchi», 1992.
Uznadze D.N. Psixologicheskie problemi motivasii povedeniya cheloveka. - M.: «Nauka», 1969.
Uznadze D.N. Motivatsiya — period, predshestvuyuhiy volevomu aktu. Psixologiya lichnosti. Teksto‘. –M., 1982.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat. Xalq ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom. - T., 1986. -28 b.
O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. (Akad. M.Xayrullaev tahriri ostida). -T.: «O‘zbekiston», 1995. -240 b.
O‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. (Tuzuvchilar: A.Zununov, M.Xayrullaev va boshq.). -T.: «Fan», 1996. -351 b.
Xoxlova L.P. Talabalar uchun psixologiyadan topshiriqlar. - T.: «O‘qituvchi», 1992. - 160 b.
Shodiev N. Studentlarga o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlarini o‘rgatish. – T.: «¤qituvchi», 1987.
Shoumarov G‘.B., Barotov Sh.R. Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat. «Xalq ta’limi» jurnali, 1996, №4. 103-106-b.
Shoumarov G‘.B. Psixologiya fani: yangiliklar, muammolar, yechimlar. «Ma’rifat» ro‘znomasi, 1996 y. 16 oktabr.
Shoumarov G‘.B. Muhabbat va oila. - T.: Ibn Sino nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1994. - 120 b.
Shoumarov G‘.B., Barotov Sh.R. «Psixologik xizmat Nizomi»ga qo‘shimchalar. «Xalq ta’limi» jurnali, 1997, №3. 48-49-b.
G‘oziyev E. Psixologiya fani va kadrlar tayyorlash muammosi. «Xalq ta’limi» jurnali, 1996, №2. 44-52-b.
G‘oziyev E. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: «O‘qituvchi», 1994. - 224
G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. - T.: «O‘qituvchi», 1990, 183 b.
G‘oziyev E. O‘quvchilarni umumlashtirish usullariga o‘rgatish va ularning aqliy taraqqiyoti. - T.: «O‘qituvchi», 1983.- 72 b.
G‘oziyev E. Oliy maktab psixologiyasi. - T.: «O‘qituvchi», 1997. -104 b.
G‘oziyev E., Mamedov K.K. Kasb psixologiyasi. – T., 2003.
G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. 2010y .-Tosh.
G‘oziyev E. Ontogenez psixologiya. 2010y.-Tosh.
Internet saytlari
www.google.uz
www.psixologiya.uz
www.ziyonet.uz
www.lex.uz
www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |