2.2. O‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgamunosabat tizimi namoyon etilishining o‘rtacha-umumiy, qiyosiy - tipik ko‘rsatkichlari.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamiyatning barcha sohalarida inson omili va kasbiy to‘g‘ri yo‘nalganlik o‘rtasidagi mutanosiblikni o‘rganish, tahlil qilish va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan psixologik yondashuv yo‘llarini izlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojning tobora ortib borayotganligi psixologlar oldiga davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim tadqiqotlarni olib borish va bu boradagi barcha muammolarni bartaraf etishga astoydil kirisha borish vazifasini yuklamoqda. Zero, butun jahon rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tajribasida shu narsa ma’lumki, inson omilini o‘rganish, tahlil qilish va undan yuksak ijtimoiy maqsadlar yo‘lida unumli foydalanishga qaratilgan mazkur vazifalarni nechog‘lik bajarish bilan bog‘liq ekanligi har sohada yanada yaqqolroq sezilmoqda. Zero, kundan-kunga yuksalib borayotgan mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotini eng avvalo o‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlodning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, to‘g‘ri kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lishida erishishimiz lozim bo‘lgan ulkan yutuqlar belgilashi tayin.
Tegishli ilmiy adabiyotlar tahlili va o‘z shaxsiy kuzatishlarimiz, fikr-mulohazalarimizdan kelib chiqib aytish joizki, o‘quvchilarda kechayotgan kasb tanlashga kasbiy faollik motivatsiyasining shakllanishi eng avvalo ijtimoiy munosabatlar majmui hisoblangan shaxs faolligining namoyon etilishi bilan belgilanadi va baholanadi.
Umuman, kasb tanlashga munosabat motivlari o‘zining mazmuni va mohiyati jihatdan olganda keng ko‘lamli va ko‘p qirrali murakkab jarayon ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki, bu jarayon turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu talqinlar birinchi va ikkinchi boblarda batafsil bayon etilgan. Albatta, har bir tadqiqotning o‘z yo‘nalishi, aniq ilmiy dasturi bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, mazkur tadqiqotda, aniqrog‘i, mazkur bobda olingan ma’lumotlarni umumlashtirish yoxud shartli ravishda tegishli mezonlar qabul qilish hamda shu mezonlarga tayangan holda ilmiy tahlillar qilish ko‘zda tutilgan. Darhaqiqat, kasb tanlashga munosabat tizimi shakllanishining o‘ziga xos ijtimoiy psixologik va etnopsixologik jihatlarini tadqiq qilish uslubi talablari ga muvofiq tahlillarimiz aniq va tushunarli bo‘lishi uchun 1-bosqichda anketa, suhbat, savol-javob, kuzatish, kontent tahlil kabi an’anaviy usullar yordamida o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishgabo‘lgan munosabat motivlarining taxminiy yo‘nalishlari belgilandi va har bir yo‘nalishga oid olingan javoblarning natijalari tahlil qilindi. Bu bosqichda o‘quvchilarning kasb tanlash jarayoniga bo‘lgan faol-ijobiy, ijobiy va indifferent munosabat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Respondentlardan olingan barcha javoblar tegishli tartiblarda tahlil qilindi. Shu tahlillarga asoslanib, ikkinchi bosqichda birmuncha takomillashtirilgan tartibda maxsus yo‘nalishlarga qaratilgan metodik majmualar: qiziqishlar xaritasi, shaxs yo‘nalganligi, kasbiy ustanovka, qadriyatlar asosida olingan ma’lumotlar tahlili taqdim etiladi. Bu bosqich natijalari esa mazkur bobning ikkinchi paragrafida alohida tizim asosida qayd etiladi. Demak, ushbu paragrafda biz faqat birinchi bosqich metodikalari yordamida olingan ma’lumotlar tahlilini taqdim etamiz.
Yana shuni qayd etish kerakki, har bir respondent maxsus testlar, savol-javoblar, invividual suhbatlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha usullar orqali olingan ma’lumotlarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilinganidan so‘nggina umumiy ma’lumotlar majmua jadvaliga kiritildi va bir necha mezonlar asosida tadqiq qilindi. Chunonchi, kasb tanlash faoliyatiga nisbatan munosabat mezonlari va uning namoyon etilishidagi ayrim ijtimoiy psixologik xususiyatlar bayoniga o‘tamiz.
Mazkur mezonni dastlabki bosqichda tanlash va tadqiq qilishdan maqsad, har bir o‘quvchi shaxsining kasb tanlash jarayonidagi ijtimoiy talablarga nisbatan tarkib topayotgan faol-ijobiy, ijobiy, indifferent munosabatlar ko‘lamining dastlabki ko‘rinishlarini aniqlashdan iboratdir. Qolaversa, yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlar tahliliga tayanib shuni aytishimiz mumkinki, o‘quvchi shaxsining ijtimoiy tarqqiyoti, avvalo uni kasbiy o‘zlikni anglashga bo‘lgan munosabatlar ierarxik tizimi ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Ya’ni, munosabatlar motivatsiyasi belgilangan munosabat tizimi ierarxiyasining nechog‘lik yuqori pog’onasiga mos bo‘lishi kasb va shaxs taraqqiyoti uyg‘unligining yuqori darajada ekanligi bilan xarakterlanadi yoki aksincha, munosabatlar motivatsiyasining quyi pog‘onada ifodalanishi kasb tanlashga munosabat jarayonining ijtimoiy talablarini qondirishda birmuncha qiyinchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Alabatta, o‘quvchilarda kasbiy faollik ko‘rsatishga kasbiy faollik motivatsiyasini aniqlash juda keng ko‘lamli va juda murakkab jarayon bo‘lsada, shartli ravishda qabul qilingan munosabat tizimi talablaridan kelib chiqib, tahlil uchun qulaylik yaratish maqsadida o‘n yo‘nalishdagi motivlar majmuasi tanlandi va har bir yo‘nalishga kiruvchi motivlar mazmuni kasbiy faollik motivatsiyasining «faol-ijobiy», «ijobiy», «indifferent» mezonlariga mos ravishda ifodalandi. Mazkur usulning qulayligi shundaki, respondent tomonidan kasb tanlash jarayoniga bildirilgan munosabat tizimi nisbatan ko‘proq qanday maqsad asosida shakllanayotganligiga aniq baho berish mumkin. Boshqa jihatdan esa, kichik va katta o‘quvchilik davri uchun xarakterli bo‘lgan kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarini ijtimoiy psixologik talablar asosida tahlil qilish va har bir o‘quvchi uchun kasb tanlash jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyati ham yaratiladi.
Endi bevosita jadvallarda keltirilgan empirik ma’lumotlar tahliliga o‘tamiz. Raqamlar shundan dalolat beradiki, o‘quvchilar faoliyati xulq-atvorida shakllanayotgan kasb tanlashga munosabat motivlari bo‘yicha olingan barcha ko‘rsatkichlar haqiqatdan ham turli xil shakllarda namoyon etilmoqda. Masalan, birinchi guruh yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarda «kasb tanlash, kasbiy tasavvur va kasbiy o‘zlikni anglashning o‘zaro mutanosibligi» deb ataluvchi faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlar shkalasi 5-sinf o‘quvchilari orasida 20 foizni tashkil etishi, ya’ni o‘rganilgan 100 nafar o‘quvchining 20 nafarida mazkur munosabat motivi ustivor motiv sifatida namoyon etilganligini ko‘ramiz. Ayni paytda, 40 nafarida (40%) ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi («kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning mavjudligi») va 40 nafarida (40,%) kasb tanlashga nisbatan indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarining xarakterli ekanligini ko‘ramiz. Qiziqarli tomoni shundaki, 9-sinfga yoxud katta o‘quvchilik davriga kelib, mazkur ko‘rsatkichlar bir oz o‘zgarishi yaqqol seziladi. Jumladan, 9-sinf o‘quvchilari orasida mazkur motivatsiya yo‘nalishidagi faol-ijobiy munosabatlar ko‘rsatkichlari ko‘lami 40 nafar (40%) o‘quvchini, ijobiy munosabat ko‘rsatkichlari 30 nafar o‘quvchini (30%), indifferent munosabat ko‘rsatkichlari esa (ya’ni kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlari yetarli bo‘lmagan o‘quvchilar) 30 nafar o‘quvchini (30%) tashkil etganligi bu yo‘nalishdagi faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi o‘quvchilik davrida o‘sib borishi (jadvalda qayd etilganidek, 20 foizdan 40,0 foizga o‘sganligi), ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi nisbatan kamayib borishi (aniqrog‘i: 5-sinfda 40%, 9-sinfda esa 30%), indifferent kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari ham nisbatan kamayib borishi (ya’ni 5-sinfda 40 foizni, 9-sinfda esa 30 foizni tashkil etganligi) tendensiyasi kuzatildi. Boshqa jihatdan olganda, 1-guruhga kiruvchi faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari umuman taqdim etilgan o‘nta yo‘nalishga kiruvchi motivatsiya ko‘rsatkichlari orasida 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 5-o‘rinni, 9-sinf o‘quvchilari orasida esa 3-o‘rinni egallaydi. Ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlari ko‘lami esa 5-sinf o‘quvchilari orasida 8-o‘rinni, 9-sinf o‘quvchilari orasida 9-o‘rinni egallaydi. Indifferent munosabat ko‘rsatkichlari ifoda etilgan mazkur guruh motivatsiyasi esa 5-sinf o‘quvchilari orasida 3-o‘rinni, 9-sinf o‘quvchilari orasida 5-o‘rinni egallab kelayotganligi bilan xarakterlanadi. Olingan mazkur ma’lumotlar bugungi o‘quvchilar xulq-atvorida, faolligida I guruh motivatsiyasi orqali keltirilgan kasb tanlash va kasbiy o‘zlikni anglashning o‘zaro mutanosibligi (IA mezon); kasb tanlash haqidagi adekvat tasavvurlarning yetarli emasligi (IV mezon) kabi barcha motivlarning xarakterli ekanligini ko‘rsatadi.
II guruh motivlari bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar shundan dalolat bermoqdaki, o‘quvchilik davrining boshida (5-sinf) va oxirida (9-sinf) motivlarning o‘zgarishi yaqqol sezilmoqda. Jumladan, 5-sinf o‘quvchilari orasida (nq1000) kasb tanlashga nisbatan barqaror qiziqishlar va barqaror faollik (IIA) motivatsiyasining o‘rtacha umumiy, qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari ko‘lami 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 9-sinfga kelib mazkur motivatsiya ko‘rsatkichlari 30 foizni tashkil etadi. Ya’ni, mazkur motivatsiya jarayoni o‘quvchilarda yoshning ulg‘ayishi bilan ikki barobar ortishi tendensiyasi kuzatiladi.
Kasb tanlashga nisbatan umumiy qiziqishlar deb ataluvchi IIB motivatsiya ko‘rsatkichlarida esa o‘quvchilik yoshida ma’lum darajada kamayish tedensiyasi kuzatiladi (masalan, 5-sinfda 52,0% va 9-sinfda 37%). Ya’ni, o‘quvchilarda faol-ijobiy munosabat ko‘rsatkichlari ortgan sari ijobiy munosabat ko‘rsatkichlari mos ravishda shu hisobdan kamayadi.
IIV guruh motivlari - «kasbga nisbatan beqaror qiziqishlar»ning o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari orasida esa o‘quvchilik yoshining boshi va oxirida unchalik katta farqlar sezilmaydi (5-sinfda 33,0% va 9-sinfda 32%). Bu esa o‘quvchilardagi beqaror qiziqishlarning hamisha birdek mavjudligidan dalolat beradi.
III guruh motivlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlar «kasb tanlashning umumiy ehtiyoj sifatida tushunilishi» (IIIB guruh) motivatsiyasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha eng kam ko‘rsatkichlar miqdori faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi mahsuli bo‘lgan - kasb tanlashning zarur ijtimoiy ehtiyoj sifatida tushunilishi (IIIA guruh) motivlariga to‘g‘ri keladi. Lekin mazkur motivlar ifodalangan motivatsiya ko‘rsatkichlari 5-sinf o‘quvchilari orasida 115 nafar o‘quvchini, ya’ni, 11%ni tashkil etgan bo‘lsa, 9-sinf o‘quvchilari orasida esa 28 nafar o‘quvchini, ya’ni 28%ni tashkil etib, mazkur motivatsiya yo‘nalishi ko‘rsatkichlari o‘quvchilik davrining ulg‘ayishi bilan o‘sib borishi tendensiyasi mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi.
IV guruh motivlarining o‘rtacha umumiy ko‘rsatkichlari tahlili kasbiy yo‘nalganlikka moyillik (IVB guruhi) motivatsiyasining nisbatan yuqori darajada tarkib topayotganligini ko‘rsatadi (5-sinf o‘quvchilari orasida 50%, 9-sinf o‘quvchilari orasida 33%). Ayni paytda faol-ijobiy kasbiy faollik motivatsiyasi mahsuli bo‘lgan kasbiy yo‘nalganlikning namoyon etilishi (IVA guruh) 5-sinf o‘quvchilari orasida 20%ni, 9-sinf o‘quvchilari orasida esa 34%ni tashkil etadi. Olingan bu ko‘rsatkichlar O‘quvchilarda kasbiy yo‘nalganlikning tobora ortib borishi, ya’ni o‘quvchilar kasbning mazmun-mohiyatini tushungan holda o‘zlarini ma’lum ma’noda yo‘naltirishga jiddiy e’tiborlarini qaratib borishlaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |