Birinchidan: Oila, bola ma’naviyati kurtaklari oilada shakllanadi. Ota-onalar o’z farzandlariga o’z-o’zini anglash, did-farosat, yaxshillikni yomonlikdan, ezgulikni jaholatdan, adolatni razolatdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyati shakllanishiga yordam beradi. Oilada ota-onalar farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi ularda vatanga muhabbat, mehnati va fidoiyligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol topishiga xizmat qiladi. Keyinchalik bu xislat va his tuyg’ular insonga jamiyat, yurt, millat va vatanga bo’lgan munosabatlarda namayon bo’ladi. Shu bilan bir qatorda oiladagi mehr-muhabbat, ota-ona aka-ukaga, opa-singilga munosabatlar, oilada avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’analar, marosimlar, urf-odatlar bola ma’naviyati shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |