25 – umumiy o’rta ta’lim maktabida “Men muallifman” mavzusida
rasmlar, she’rlar va insholar ko’rik tanlovi
BAYONNOMASI
Qatnashdilar: MMIBDO’: M. Ziyayeva, Yoshlar yetakchisi: N. Yunusova,
Tarix fani o’qituvchisi: D. Halimova, 5-7sinf o’quvchilari.
Men muallifman mavzusi yuzasidan 5-7 sinf o’quvchilari o’rtasida rasmlar, she’rlar, va insholar ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. O’quvchilar o’z bilim salohiyatlariga tayangan holda shuningdek o’z ijodkorlik qobiliyatiga tayanib o’zlarini iqtidorlarini namoyon qildilar. O’quvchilar 5 tashabbus loyihasi doirasida o’z iqtidorlarini namoyon qildilar. Zotan san’at insonlarni jaholatdan qutqaradi, ma’naviy olamini boyitadi. Ushbu mavzuda rasm tanlovida birinchilikni
6 –“B” sinf o’quvchisi Ahmatillayev Rahmatilla egalladi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. She’rlar tanlovida eng yaxshi she’r sifatida 5 –“A” sinf o’quvchisi Sattorov Abrorbek faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Eng yaxshi insho yo’nalishi bo’yicha birinchilini 5 –“A” sinf o’quvchisi Abdusamadova Jasmina qo’lga kiritdi.
Shuningdek boshqa ishtirokchilarga ham turli nominatsiyalar bo’yicha faxriy yorliqlar topshirilidi.
Tarix fani o’qituvchisi: D. Halimova.
Do'stlaringiz bilan baham: |