Juftliklarda intervyu Har bir juftlikda ishtirokchilar bir-birlaridan uch daqiqa davomida intervyu oladilar. Suhbat
chog‘ida o‘zlariga kerakli axborotni yozib oladilar. Keyin hamma davra bo‘lib o‘tiradi va juftliklar
ketma-ket bir-birini tanishtiradi.
Intervyu erkin tarzda yoki ma’lum yordamchi savollar bo‘yicha olib borilishi mumkin.
Rejalashtirish, maqsadlarni muhokama qilish bosqichi
Trening ishtirokchilarning umidlari va maqsadlariga muvofiq tarzda o‘tishi uchun biz
ularning qiziqishlarini aniqlashimiz zarur. Trening ishtirokchilariga ularning umidlari (ular
treningdan kutayotgan natija) to‘g‘risida savol berib, biz o‘zimizga kerak axborotni olishimiz, shu
bilan birga, treningda faol ishtirok etishga qiziqtirishimiz, natijalarning muvaffaqiyati uchun o‘z
mas’uliyatlarini anglashlariga yordam berishimiz mumkin.Treningning bu bosqichi