Trener so‘zi
Faoliyatning har qanday sohasida, bu ilmiy izlanishlar bo‘lsin, yoki oddiy ishchining
malakali mehnati yoki o‘quv faoliyati bo‘lsin, insonga uning kasbiy yo‘nalishidan tashqari
jismoniy kuch, chidamlilik, ishchanlik kabilar kerak bo‘ladi. Zamonaviy hayotning jadalligi,
kuchli raqobat, borgan sari ko‘payib borayotgan axborot oqimi va uni vaqtida qabul qilish, qayta
ishlash va qisqa vaqt ichida amaliyotda qo‘llay olishga o‘rganish insonning moslashuv
jarayonining buzilishiga va kasalliklarga olib keladi. Zamonaviy jamiyat kadrlarga keskin,
yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bu talablarga moslashish esa kasbiy bilimdonlik darajasini
to‘xtovsiz oshirish lozimligini talab qiladi, bu esa, o‘z navbatida, jismoniy va aqliy toliqishlarga
olib keladi. Ishdagi bosimli vaziyatlar emotsional zaxiralarning kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |