“Auksion” mashqi (10 daqiqa)
Maqsad.
Ishtirokchilarni “Stress” mavzusini muhokamasiga qiziqtirish, ularning
bilimlarini aniqlash.
Jarayon.
Barcha ishtirokchilar 5 kishilik komandalarga bo‘linadilar, har bir beshlik
navbati bilan maktabda pedagog stressini chaqiruvchi bittadan sabablarni ayta boshlaydilar.
Sabablar qisqa, 3-4 so‘zdan ortmasligi kerak. Shuningdek, har bir aytilgan sababdan keyin trener 3
gacha sanaydi va navbati kelgan komanda 3 deyilguncha sababni aytmasa, keyingi komanda
aytishi mumkin. Oxirgi bo‘lib stress sababini aytgan komanda g‘olib hisoblanadi.
Muhokama.
Trener ishtirokchilarni “auksion” paytida aytilmagan sabablarni yodga
olishni iltimos qiladi va savol beradi: aynan shu mashq ishtirokchilarda stress vaziyatini
chaqirdimi? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |