MUNDARIJA
KIRISH
BOB TIZIMNI TAXLILI VA MASALANING QO‘YILISHI
1.1 Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi vositalar va ularning turlari
1.2 Tartibga soluvchi va uning ishoralari
1.3 Masalaning qo‘yilishi
II. BOB MA'LUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH
2.1 MS Accessda ma’lumorar bazasini yaratish
2.2 Ma`lumotlar bazasining ob’ekrlarini yaratish
2.3 Tartibga soluvchi tizimning ma`lumotlar omborini ishlash chiqish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan transport vositalarining soni va yo‘llarda harakat jadalligi kun sayin o‘sib bormoqda.
Bu esa o‘z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog‘ligini, mol- mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi.
Harakatlanish xavfsizligini ta’minlashda tartibga soluvchi texnik vositalarning zarurati hali avtomobillar bo‘lmagan davrlardayoq paydo bo‘lgan edi. Foytun aravalarning yo‘llar kesishmalarida va temir yo‘l kesishmalaridagi to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi ko‘paygan vaqtda harakatni tartibga soluvchi texnik vositalarning dastlabgisi 1868-yil Londonda muhandis J.Nayt tomonidan yaratilgan. U mexanik tartibga soluvchini, ya’ni qanotlari ko‘tariladigan temir yo‘l semoforini kashf etdi. Avvaliga semoforni Angliya parlamenti binosi oldiga kesishmaga o‘rnatdi. Tartibga soluvchi mazkur texnik vositaning qanotlarini ko‘tarib-tushirish unga biriktirilgan shaxs uchun ancha mushkul ish bo‘lganligi sababli moslama o‘zini oqlamadi. Shu bois, keyinchalik ko‘chalarga fonusi va surnayi mavjud bo‘lgan tartibga soluvchilar paydo bo‘la boshladi.
Hozirgi kunda transport vositalarining harakatini tartibga soluvchi vositalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Misol uchun, biron-bir kattaroq chorrahada 5-10 daqiqa svetofor yoki tartibga soluvchi bo‘lmaganda harakatlanish qanday murakkab bo‘lishini tasavvur qiling. Yo‘l-transport hodisalariga olib keluvchi oqibatlar, tovushli ishoralar, haydovchilarining o‘zaro asabiylashishlari va hokazolar bunda, ayniqsa, ko‘payadi.
Yo‘llarda harakatlanishni tartibga soluvchi texnik vositalar, ya’ni tartibga soluvchi, svetofor, yo‘l belgilari va chiziqlari qatoriga yana qo‘shimcha texnik vositalarni, ya’ni fotarodarlar, chorraha va yo‘llarni kuzatuvchi vediokuzatuvlar jihozlarni hamda GPS navigator tizimlari ham kirib, ular hozirgi kunda harakat xavfsizligini ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |