Yosh tarixshunoslar



Download 5,9 Mb.
bet42/47
Sana22.08.2021
Hajmi5,9 Mb.
#153265
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
@yosh ustizlar tarix togarak

Uyga vazifa berish

O’quvchilarni baholash
Sana:

Mavzu: Fransiyada uchinchi respublika va 1871 –yil 18 mart davlat to’ntarishi

Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Fransiyada uchinchi respublika va 1871 –yil 18 mart davlat to’ntarishi mavzusidan yangi bilimlar berish

Mag‘lubiyat haqidagi xabami esliitgan Parij aholisi 3 -sentabr kuni qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildilar. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning qonun chiqaruvchi Korpusi imperator ag‘darilganligini e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.Qonun chiqaruvchi Korpus general Troshyu boshchiligida Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatini tuzdi.Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko‘proq holdan toydirishni xohlar edi. Ular Fransiyadan katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo‘l- mish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intildi. Endi urush Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylandi.19-sentabr kuni Parij Prussiya qo‘shini tomonidan qurshab olindi. Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo‘ldi.Urushdagi g‘alaba Prussiyaga o‘z qo‘l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e’lon qilindi. Otto fon Bismark imperiya kansleri lavozimini egalladi.1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch saylov o‘tkazildi va Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 26- fevralda Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.1871 il 18 mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag‘lubiyat va voqealari ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan tinchlik shartnomasi parijliklar- ning hukumatga qarshi qahr-g‘azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari nar- xining keskin oshib ketishi yuz berdi. Hatto o‘rta tabaqa vakillari ham xonavayron bo‘la boshladi.Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Bunga qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘la boshlanganligi hamda hukumat qarorgohi etib Versal shahri tanlanganligi sabab bo‘ldi.

Buning ustiga, Bosh vazir Tyer Milliy gvardiyani qurolsizlan- tirishni buyurdi. 18-mart kuni kechasi hukumat qo‘shini Milliy gvardiyaga hujum qildi. Bu hodisa Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi. Ular hukumat qo‘shinini chekinishga majbur etdilar. Tyer hu- kumatni Versalga ko‘chirish haqida ko‘rsatma berdi. Bunga javoban Parij mehnatkashlari qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ular Milliy gvardiya bilan birgalikda harakat qilib, shahaming muhim ahamiyatga ega bo‘lgan joylarini qo‘lga kiritdilar.

Ko‘p o‘tmay hukumat binosi, harbiy kazarmalar va barcha davlat muassasalarini ham qo‘zg‘olonchilar qo‘lga oldi.Parijda hokimiyat Milliy gvardiya Markaziy qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi Bu qo‘mita muvaqqat hukumat vazifasini bajardi. Davlat organlariga ishcliilar, ziyolilar va qo‘zg‘olonning boshqa qatnash- chilari vakillari boshchilik qila boshladi. 26-mart kuni Parij Kommunasiga saylov o‘tkazildi va Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o‘z a’zolaridan 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Shu tariqa Parij shahri o‘ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi.Parij Kommunasi (kommuna — lot. umumiy degan ma’noni beradi, ya’ni xususiy mulkka qarsliidir) qator tub ijtimoiy-iqtiso- diy tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi. Majburiy va be- pul ta’lim joriy etildi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi. Ishsizlami ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi. Xususiy mulk bo‘lib kelgan temiryo‘l idoralarini Kommuna o‘z ixtiyori- ga oldi va ishlab cliiqarish ustidan nazorat o‘matdi. Biroq, Kommu­na o‘z faoliyatida qator xatolarga ham yo‘l qo‘ydi.Birinchidan, Parijdan qocliib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi

Download 5,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish