Mavzu: Angliyada fuqarolar urushi va uning oqibatlari
Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Angliyada fuqarolar urushi va uning oqibatlari haqida bilim berish
Fuqarolar urushining boshlanishi. Angliyada burjuaziya boshchiligidagi yangi tazumtarafdorlari bilan qirol va uning tarafdori bo ‘lgan katta yer-mulk egalari о‘rtasida 1642- yilning yozida fuqarolar urushi boshlandi. 1643- yilda burjuaziya qo‘lida bo‘lgan parlament bilan Shot- landiya о‘rtasida ittifoq tuzildi. Tkki tomonning birlashgan qo ‘shini qirol qo‘shinining ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alabada Oliver Kromvelning qo ‘mondonlik mahorati katta rol о‘ynadi. Parlament o‘z qo‘shininimustahkamlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qaror natijasida parlament intizomli va yaxshi harbiy tayyorgarlik ко‘rgan qo ‘ shinga ega bo‘ldi. 1645-yilning 14- iyunida Neyzbi qishlog ‘i yaqinidagi hal qiluvchi jangda qirol qo ‘ shini tor-mor etildi. Qirolning о‘zi qochib ketdi. 1646- yilda qirol yashiringan Oks- fordning taslim bo ‘lishi bilan fuqarolar umshi tugadi. Bu umshda parlament to ‘la g ‘alaba qozondi. Parlament hokimiyatni qo‘lga olgach, qator islohotlar o‘tkazdi. Chu- nonchi, yangi dvoryanlar feodal to ‘lovlardan ozod etildi. Ulaming qo ‘lidagi yer-mulklar о‘zlaiiga xususiy mulk qilib berildi. Savdogarlar savdo ishlaiini yuritish uchun mxsatnoma olib о‘tirmaydigan bo ‘ldi. Qirol, qirol tarafdorlari va yepiskoplaming yerlari musodara qilindi. Cherkov parlamentga bo ‘y- sundirildi.Respublikaning tashkil etilishi. 1649- yilda parlament qirollikhoki- miyatini «keraksiz, xalq farovonligi uchun zararli va xavfli» bo ‘lganligi uchun bekor qildi. Lordlar palatasi ham tarqatib yuborildi. 19- may kuni esa Angliya Respublika deb e’lon qilindi. Barchahokimiyat to‘laligicha o‘zini «ingliz ozodligining asrovchisi» deb hisoblovchi bir palatali parlament qo ‘liga о‘tdi. Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshinivchi Kengash tuzildi. Oliver Kromvel bu Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya hududini kengaytiiish siyosatini yuritdi. Chunonchi, 1649- yilda Liandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib oldi. Ularning mustaqilligi tugatildi. Bu xizmatlari uchun parlament uni sovg‘alarga ко‘mib tashladi.Harbiy diktaturaning o‘rnatilishi. Inqilobdan so‘ng parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi. Bunga aholining quyi tabaqalaii manfaatlaiini hisobga olmaslik hamda narx-navoning о‘sishi va ommaviy ishsizlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Parlament o‘z obro‘sini yo‘qotaboshladi. Shunday sharoitda hukmron tabaqalar mamlakatdagi tartibsizliklarga barham bera oladigan kuchli yakka shaxs hokimiyati о‘matilishi zarar, degan qarorga keldilar. Hukmron tabaqa fikricha, Kro- mvel ana shunday shaxs edi.1653- yilda hukmron tabaqaning xohish-istagi bilan Kromvel parlamentni tarqatib yubordi va butun hokimiyatni о‘z qo ‘liga oldi. U «Ozod davlatAngliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-protektori» deb e’lon qilindi. Shu tariqa mamlakatda Kromvelning harbiy diktaturasi o‘matildi. Bu esa amalda davlat to‘ntarishi edi. Kromvel avvalgi pariamentning yangi dvoryanlar va burjuaziya manfaatlarini himoya qiluvchi barcha qarorlarini tasdiqladi.Kromvel vij don eridnligini ham e’ Ion qildi. Bu uning eng katta xizmatlaridan biriedi.Kromvelning tashqi siyosati ham hukmron tabaqa manfaatiga to‘la mos keldi. Chunonchi, 1654- yilda dengiz savdosidagi asosiy raqib - Gollandiyaning mag ‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan ham g‘alaba qozonishi buning yorqin dalillari bo‘ldi. Bu g‘alabalardan so‘ng Kromvel haqida manbalarda: «Qit’ aning kalitlari uning belida osig ‘liq», degan jumlalar ham qayd etildi.