Yosh qutqaruvchi


Mavzu: Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni usullari, metodlari va shakllari. Mashg`ulotning maqsadi



Download 109,71 Kb.
bet2/2
Sana31.03.2022
Hajmi109,71 Kb.
#520112
1   2
Mavzu: Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni usullari, metodlari va shakllari.
Mashg`ulotning maqsadi:
- Talabalarning quyidagilar bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash.
1.Favqulodda vaziyatlarda aholini harakat qilishga ma’naviy tayyorlash;
2.Ma`naviy-ruhiy tayyorgarlikning usullari, metodlari va shakllari.
Favqulodda vaziyatlarda axolini harakat qilishga ma’naviy tayyorlash.
Fuqaro muhofazasi sohasida olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etuvchilar jismonan baquvvat, ma’naviy barkamol, ruhan tetik bo‘lishlari zarur. Ana shundagina fuqaro muhofazasi ishlari aniq, puxta bajariladi, samarali bo‘ladi. Buning uchun fuqaro muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatining barcha tomonlari, jumladan FVDG tizimlarining shaxsiy tarkibi va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi takomillashgan taqdirdagina samarali bo’ladi. Ushbu tayyorgarlikning muhim yo’nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi.
Harakat ishtirokchilarini fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekanligiga ishonchni tarbiyalash, o‘z vazifalarini vijdonan bajarishga, murakkab vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.
Ruhiy tayyorgarlik - odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.
Ma’naviy va ruhiy tayyorgarlik bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Bu odamlarda yuqori ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakillashtirishning yagona jarayonidir.
Shaxsiy tarkibning tayyorgarligi tarbiya va o‘qitish jarayonida, uning barcha shakl va usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Uning muhim vazifalaridan biri shaxsiy tarkibga va tuzilmalar sardorlariga ruhiy chiniqish, irodasini mustahkamlashga bo‘lgan intilishni singdirishdan iborat. Shaxsiy tarkib bunday chiniqish fuqaro muhofazasi bo‘yicha vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ko‘makdosh bo‘lishini tushunib yetishi zarur.
Ma`naviy-ruhiy tayyorgarlikning usullari, metodlari va shakllari.
Ruhiy tayyorgarlik, ayniqsa xavfli vaziyatlarda harakat qilish uchun insonning ruhiyatini bevosita chiniqtirish fuqaro muhofazasi vazifalarini amalda bajarish chog‘ida, o‘qitish jarayonida, asosan ikki shaklda olib boriladi:
1. Maxsus jihozlangan o’quv shaharchalarida, ruhiy chiniqish maydonchalarida mashg‘ulotlar, trenirovkalar olib boorish;
2. Barcha mashg‘ulotlarda, ayniqsa, fuqaro muhofazasi o‘quv mashqlarida favqulodda vaziyatlarga maksimal yaqinlashtirilgan sharoit yaratish.

Rasm. Insonning xavflarga bo‘lgan munosabati
Buning uchun fuqaro muhofazasining zamonaviy o‘quv moddiy-texnik bazasini yaratish, uni doimo foydalanishga tayyor holda saqlash, o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari va masqlarida samarali qo‘llash lozim.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirishdagi shakl va usullarini mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, takomillashtirib borish kerak. Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikda, ketma-ketlik tamoyili juda muhim o‘rin tutadi: oddiydan murakkabga, biroz murakkabdan - ko‘proq murakkabga.
Xavf-xatar, halokat, inqiroz so‘zlari bizni har qadamda ta’qib etadi. Gazeta-jurnallar sahifalari, televizor ekrani orqali yangi va daxshatli voqealar, hodisalar, jinoyat va favqulodda vaziyatlar haqidagi axborotlar berib boriladi. Har bir inson bunday sharoitda o‘zini yordamga muhtoj, himoyasiz his qila boshlaydi. Xavf-xatar har qadamda: uyda, do’konda, teatrda, va boshqa hayoptt sharoitlarda yuz beradigandek tuyuladi. Inson o‘zini to‘la muhofazalangan holda his qiladigan biror joy yo‘qqa o’xshaydi. Bunda insonning uyqusi va ishtahasi yo‘qoladi, oshqozon yarasi paydo bo‘ladi, qon bosimi ko‘tariladi, tinchligi ketadi. Bunday holatda har bir inson salbiy voqealar, hodisalarda harakat qilishga o‘zini oldindan tayyorlashi, o‘zini va atrofdagilarni xavf xatardan asrab qolishga yordam beradi.
Buning uchun qo‘rqish va xavfli hodisani kutishga chek qo‘yish, xavf-xatar bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlash lozim. Bu xavfsizlik psixologiyasiga qo’yilgan birinchi qadam bo‘ladi. Ikkinchi qadam - xavf-xatar bilan uchrashuvga tayyorlanishni o‘rganish. Barcha xavf-xatarga tayyorlanish mumkin emas, mantiqan ham to‘g‘ri kelmaydi. Potentsial xavfni ko‘ra bilish, uni chetlab o‘tishni o‘rganish va haqiqatdan ham ushbu xavf-xatarga to‘qnash kelib qolinsa, nima qilish kerakligini bilish muhimdir. Misollarda turli vaziyatlardagi xavf xatardan qutilish choralari keltirilgan.



Zilziladan so’ng:
- avvalo vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari vayrona ostida qolib ketgan odamlar chiqarayotgan tovushlarni ushlay oladigan maxsus elektron geofon uskunalari yordamida amalga oshiriladi;
- ikki millionga yaqin hidni ajrata oladigan maxsus o’rgatilgan itlardan foidalaniladi. Shu sababli ular qor, yer qatlamlari, vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qidirish uchun mo’lyajlangan eng zamonaviy asbob- uskunalardan ham samarasi yuqori bo‘lishi kuzatilgan.
Suv toshqinida odamlarni qutqarish, suv bosgan hududlarda qolib ketgan odamlarni qidirish, ularni suzish vositalari yoki vertolyotlarga joylashtirish va xavfsiz joyga evakuatsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Sel oqimlari yoki ko‘chki hodisasi xavfi tug‘ilganida va vaqt etarli bo‘lganida aholi xavfli hududlardan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinadi. Odamlar bilan birgalikda moddiy boyliklar, qishloq xo’jaligi hayvonlari ham ko‘chiriladi.
Ishlab chiqarish halokatlari va yirik avariyalarda zudlik bilan xabar berish, ishchi-xizmatchilar, avvalo xavf-xatar tahdid qilayotgan yaqin atrofda yashovchi aholi muhofazasini tashkil etish zarur. Birinchi navbatda odamlarnn qutqarish bo‘yicha ishlarni olib borish, ularga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish va shifoxonalarga olib borish kerak. Obyektning zararlangan hududlarini o‘rganib chiqib, yong’inlarni cheklash va o‘chirish, shikastlovchi omillarning oldini olish va cheklash lozim.
Yuqoridagi holatlar turli harakatli model, slayd, multimediya bilan ko‘rsatilib to‘g‘ri harakatlar namoyish etilsa favqulodda vaziyatlarda harakat qiluvchilarning ma’naviy, ruhiy tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lishiga asos yaratadi.
Topshiriq:
. “Favqulodda vaziyatlarda aholini harakat qilishga ma’naviy –ruhiy tayyorlash” deganda nimani tushunasiz ?
2. Favqulodda vaziyatlarda aholini harakat qilishga ruhiy tayyorlashning qaysi shakllarini bilasiz ?
3. Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikda ketma-ketlik tamoyilining mohiyatini tushintiring.
Download 109,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish