O`quvchi: Prezidentimiz Islom
Abduganiyevich Karimovning
“Yuksak ma`naviyat yengilmas
k uch ” asarida Navoiyga quyidagicha
ta`rif bergan edilar. “Agar u ulug`
zotni avliyo desak, u avliyolarning
avliyosi, mutafakkir desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir
desak, shoirlarning sultonidir”.
O`quvchilar 3 ta guruhga ajratiladi.
I guruh: “Matematiklar”.
II guruh: “Bilimdonlar”.
III. guruh: “Al-Xorazmiy”.
O `qituvchi: Dars davomida guruh boshliqlari o`z guruhiga qaysi o`quvchi faol qatnashib to`g`ri bajarganligiga qarab ball qo`yib boradilar. Dars yakunida shunga qarab baholaymiz.
II. O`tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o`tlkazish va tarqatma materiallar tarqatish.
O`qituvchi Uyga berilgan topshiriqni javoblarini ayting, qanday bajarilganligini guruh sardorlarining nazorati orqali natijani aniqlaymiz.
1-savol: Ulush deb nimaga aytiladi?
Javob: Butunning teng bo`laklari ulushlar deb aytiladi?
2-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi?
Javob: Bir xil maxrajli ikki kasrdan qaysining surati katta bo`lsa, osha kasr kattadir.
3-savol: To`g`ri kasrlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Surati maxrajidan kichik bo`lgan kasrlar to`g`ri kasrlar deyiladi.
4-savol: Noto`g`ri kasrlar deb nimaga aytiladi?
Javob: Surati maxrajidan katta bo`lgan kasrlar noto`g`ri kasrlar deyiladi.
5-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo`shiladi?
Javob: Maxrajlari bir xil bo`lgan kasrlarning suratlari qo`shilib, maxraj esa o`zgarishsiz qoladi.
6-savol: Bir xil maxrajli kasrlar qanday ayriladi?
Javob: Bir xil maxrajli kasrlarning maxraji o`zgarishsiz qoldirilib, suratlari ayriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |