Amaliy mashg’ulоt №8
Bоshlang’ich sinf o’quvchilarining hafta va kun davоmida ishchanlik qоbiliyati.
O'sayotgan yosh avlodni tarbiyalash va parvarish qilish ish-larini ilmiy asosda to'g'ri tashkil qilish uchim har bir tibbiyot xodimi va pedagog bolalar hamda o'smirlar organizmining rivoj-lanish xususiyatlarini mukammal bilmog'i lozim.
Bolalar va o'smirlar organizmi kattalar organizmidan anato-mik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o'sishi va rivojlanishi bilan farq qiladi.
Bolaning sihat-salomat rivojlanishi uchun badan terisi va unga aloqador a'zolarning to'g'ri ishlashi muhim ahamiyatga ega. Badan terisidagi ko'pdan-ko'p retseptorlar organizmning tashqi muhit bilan aloqa bog'lab, shu muhitning o'zgarishlariga moslashishini ta'minlab turadi. Badan terisi himoya vazifasini bajarib, a'zo va to'qimalarni zarar-shikastlanishlardan saqlaydi, organizmga mikrob-lar, suv va unda erigan zaharli moddalarning o'tishiga yo'l qo'ymaydi.
Bolalarda teri mugiz qatlamining yuza hujayralari oson ko'chib tushadi. Bular 2—3 qator bo'lib joylashgan va bir-biri bilan ancha sust bog'langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7 yashar bolada ham katta odamlardagi kabi bo'ladi. Yog' bezlari faoliyati 15—16 yoshga borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga yetganda xuddi kattalarnikidek bo'lib qoladi, ter bezlari 7 yosh-gacha bo'lgan bolalarda kattalardagidan ko'ra ko'proq bo'ladi, key-inchalik kamayadi.
Suyak to'qimasi shakllanib asta-sekin tog'ay to'qimasi o'rnini to'ldirib boradi. Bolalar suyak to'qimasida organik unsurlarning ko'pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq vaqt zo'r kelib turganida yoki bola gavdasini noto'g'ri tutganda shakli o'zgaradi. Skelet, jumladan chanoqning ayrim suyaklari biri-biriga batamom qo'shilmagan bo'ladi. 17—18 yoshga borgan-dan keyingina yonbosh, quymich va qov suyaklari bir-biriga qo'shilib, yagona „nomsiz" suyakka aylanadi.
Kaft usti, ya'ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina ma'lum bo'lib kelayotgan bo'ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10—13 yoshga yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham xuddi shu vaqtga kelib suyakka aylanib bo'ladi.
Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o'rgatishda qo'l panjalarining shu xususiyatlarini hisobga olish zarur, ayniq-sa, o'qishning birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo'riqtirmaslik lozim.
Bolalarning mushak sistemasi suyak sistemasi bilan jipslash-gan bo'lib, bular odamning harakatlarini birgalikda ta'minlab bera-di. Badandagi yirik mushaklar, asosan, orqa, yelka, son mushak-lari va boshqalar hammadan ilgari rivojlanadi. 6—7 yashar bolalarda bular ancha yaxshi rivojlangan, biroq mayda mushaklar masalan, oyoq-qo'l panjasi mushaklari hali uncha rivojlanmagan bo'ladi. Shu sababdan, go'dak bolalar yurish, sakrash, irg'itish singari asosiy tabiiy harakatlarni ancha o'zlashtirib oladilar, lekin, mayda va aniq harakatlarni ancha qiynalib bajaradilar.
9—12 yoshlarda bolalar turli mushak guruhlariga tushadigan yukni mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg'unlashib maromga moslasha boradi.
Bolalarning yuqori nafas yo'llari kattalardagiga qaraganda ancha tor, nafas a'zolari to'qimalari nozik, shilliq pardalari qon va limfa tomirlar bilan mo'l-ko'l ta'minlanmagan, saiga jarohatlanadi. Nafas yo'llariga chang va kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizm-larning ko'proq tushishi ham shunga bog'liq. Burundagi yallig'lanish jarayonlari og'iz bilan nafas olish tufayli yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchi mikroblar va zaharli moddalarning organizmga tushishi uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Natijada bola bronxit yoki zotiljam bilan og'rib qolishi mumkin. Shu sababdan bolalar muassasalarida havo doimo toza bo'lishi shart. Buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, polni ho'l latta bilan artib turish zarur. Bolalami burundan chuqur va bir maromda nafas olishga o'rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yosh-gacha zo'r berib o'sadi, 7 yoshdan 10 yoshgacha yurak o'lchovlari va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana shu davrda yurakning ta-yanch to'qimasi obdan shakllanib, markaziy va periferik nerv sistemasi yaxshigina rivojlanadi.
Bola zo'r berib o'sayotganda qon yaratish a'zolari zo'riqib ishlaydigan va tashqi muhitning noxush ta'sirlariga juda sezgir bo'ladi. Bolaning ochiq havoda yetarli bo'lmasligi, haddan tashqari zo'riqish va gigiyena talablarining biror tarzda buzilishi, aksari kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun'iy nurlardan noto'g'ri foydalanish bolalar organizmiga, jumladan ko'migiga yomon ta'sir ko'rsatadi, natijada ko'mik yetilmagan qon tanacha-larini ko'plab ishlab chiqara boshlaydi.
Bolaning o'sib-unib borishi ko'p jihatdan hazm a'zolarining ishiga bog'liq. 6—7 yashar bolalarda sut tishlari tushib, o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Awal to'rtta katta jag' tish chiqadi, keyin sut tishlari qaysi tartibda chiqqan bo'lsa, xuddi shu tartibda tusha-di va o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qat-lami bolalarda kattalarnikiga qaraganda birmuncha yupqa bo'ladi. Shunga ko'ra tishlarni zararlanishdan asrash uchun tish parvari-shi qoidalariga bekam-u ko'st rioya qilish kerak.
7 yashar bolada hamma sezgi a'zolari yaxshi rivojlangan bo'ladi, biroq, ba'zilari, jumladan, ko'z o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko'rish uchun ko'zni ma'lum bir tarzda moslashtirish zarur. Ko'zning ana shu xususiyati akkomodatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya ko'z gavhari shaklining o'zgarishiga bog'liq, odam yaqinda turgan narsalarga qaraganda, ko'z gavhari bo'rtsa, uzoqda turgan narsalarni ko'rganida, aksincha yassilanadi. Ko'zning turli masofalardagi narsalarni ko'rishga moslashish xususiyati yosh ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Bolalarda ko'z gavhari ancha elastik bo'lganidan o'z shak-lini tez o'zgartirib oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa, maktabda o'qishni endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kes-ish va ularni yopishtirish, yozish va o'qishga tobora ko'proq vaqt-larini sarflaydilar. Mashg'ulotlar paytida boshlarini ancha engash-tirib ishlaydilar. Mashg'ulotlar uzoq davom etganda—ko'z pardasidan qonning aylanib o'tishi qiyinlashadi, shunga ko'ra ko'z ichki bosimi ortib, ko'zning oldingi-orqa o'qi asta-sekin uzayib boradi.
Maktabda o'tkaziladigan ta'lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini va gigiyena talablarini hisobga olmasdan uyushtirilsa, bu ular organizmining rivojlanishida turli salbiy o'zgarishlar yuzaga keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |