Amaliy mashg’ulоt №10
Tanafusslar. Ularni tashkil etish
Tanaffusda o'quvchilar dars jadvali bo'yicha bir fan xonasidan boshqa fan xonasiga tashkiliy ravishda o'tishlari kеrak.O'quvchilar dars jadvalida ko'rsatilgan joyda, ya’ni katta tanaffus paytida maktab oshxonasida ovqatlanadilar.Tanaffus paytida o'quvchilar maktab koridori (dahliz) ning tomonidan xarakatlanishi, yugurmasliklari oldinma-kеtin yurishlari, past gapirishlari, atrofdagilarga hurmat bilan muomala qilishlari kеrak.O'quvchilar tanaffus paytida navbatchi o'qituvchi va o'quvchilarni talablariga faqat bo'ysunishlari shart. Maktab dirеktori, uning o'rinbosarlari va o'qituvchilar xonasiga o'quvchilar faqat ruxsat so'rab kirishlari mumkin. Tanaffus paytlarida o'quvchilar mashg'ulotlar o'tadigan sinf yoki fan xonalaridan uzoqlashmasliklari kеrak.
Jahon mamlakatlari Finlandiyaning so‘nggi 40 yil ichida ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini e’tirof etilish bilan bir qatorda, ularning ushbu muvaffaqiyat sirini kashf etish istagi kun sayin kuchayib boryapti. PISA(Programme for International Student Assessment)ning xalqaro tadqiqoti natijasi shuni ko‘rsatdiki, Finlandiya dunyo bo‘yicha tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, matematik va o‘qish savodxonligi bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, finlandiyalik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida maktab ta’limiga adaptatsiya jarayoni oson kechadi va bolalarda stress holati deyarli kuzatilmaydi.
Birinchi sinfga chiqqan o‘quvchi hali maktab tartib-qoidalariga ko‘nikmagan bo‘ladi va bolalar bog‘chasidagi o‘yinlarni, u yerdagi erkin muhitni qo‘msaydi. Shu bois, Finlandiya qonunchiligiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir o‘quv kunida 75 daqiqalik tanaffus vaqtiga ega, ya’ni bir soatlik darsda 45 daqiqani mashg‘ulot bajarib, 15 daqiqasini ochiq havoda o‘yin o‘ynab o‘tkazishadi. Birinchi sinf o‘quvchilari esa maktabda kuniga 4 soat vaqtini o‘kazsa, undan bir soati o‘yin bilan o‘tadi. Tanaffuslarda, dam daqiqalari deyiladi, o‘qituvchilarimiz qahva ustida hamkasblari bilan suhbatlashish, fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda har ikki taraf — ham ta’lim oluvchi, ham ta’lim beruvchi — dam oladi; o‘yin o‘ynash orqali bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi, masalan, o‘zaro muloqot qilish, boshqa bolalar bilan guruhlarga birlashish, jamoa bo‘lib ishlash kabi.
Shu 15 daqiqalik tanaffuslarda bolalarga to‘liq erkinlik beriladi, istasalar maktab hovlisida turli harakatli o‘yinlar, kompyuter o‘yinlarini o‘ynashlari, ota-onasi va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilishlari ham mumkin. Maktab hovlisida bolalar xavfsizligi uchun javob beruvchi nazoratchi bor. Kuzatuvlarga qaraganda, shunday dam daqiqalarida bolalar yoziladi, charchoqlari chiqadi va keyingi darsda e’tiborliroq va faolroq bo‘lishadi.
Fri-pley, ta’lim psixologiyasi bo‘yicha olim Entoni Pellegrinining ta’rificha, bolaga ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatini beruvchi tanaffuslardir. Bunda bola nafaqat dam oladi, balki muloqotga kirishadi, birlashadi va birgalikda muqobil yechim topishni o‘rganadi, ya’ni ham hayotda, ham akademik bilimlarni egallashda zarur ko‘nikmalarni rivjolantiradi. Bunday tanaffus daqiqalari bolalarga mustaqil bo‘lishni o‘rgatib, ularga bildirilgan ishonchni oqlash mas’uliyatini yuklaydi hamda hordiqdan keyin sinfda faol ishtirok, diqqat «jonlanadi». Bunday hayotiy zarur fazilatlarni kichik yoshdanoq bolada shakllantirish va rivojlantirish muhim, deb o‘ylayman. Tan olish kerakki, bunday dam daqiqalaridan, biz, o‘qitvchilar ham manfaatdormiz. Negaki, ular hamkasblar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish va tajriba almashish uchun juda qulay imkoniyat beradi.
Darslar o'rtasidagi tanaffuslar o'quv kuni davomida o'quv-chilarning dam olishlari uchun mo'ljallangan.
O'n daqiqali tanaffus darsdan keyingi charchoqni bosa olishi ko'p yillik kuzatuvlarda tajriba yo'li bilan aniqlangan, 2-yoki 3-darsdan keyingi katta tanaffus 30 daqiqa davom etishi kerak. Ma-halliy sharoitlarga qarab, 2 va 3 - darslardan davom etadigan ikkita katta tanaffus bo'lishi mumkin.
O'quv mashg'ulotlarini uyda tashkil etishga qo'yiladigan asosiy gigiyena talablaridan biri — bu mashg'ulotlarning kundalik mud-datiga rioya qilishdir. Maxsus tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, uy vazifalari 1-sinfda 30—40 minut, 2-sinfda 1 soat, 3—4-sinflarda 1,5 soat, 5—6- sinflarda 2 soat, 7—8- sinflarda 2,5 soat, 9—11-sinflarda ko'pi bilan 3 soat davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |