Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Parta turlari va ularning nomerlarini aniqlash



Download 1,22 Mb.
bet94/107
Sana21.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#689662
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

Parta turlari va ularning nomerlarini aniqlash
Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bola­lar qaddi- qomatining to'g'ri rivojlanishini, o'qish davrida ko'zning salbiy ta'sirlanmasligini ta'minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob beradigan partalar bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan gigiyenik talablarni hisobga olgan holda taxtadan yasalgan ikki o'rinli („Erisman partasi") partaga ba'zi bir o'zgarishlar kiritilib, 5994—64 raqamli davlat standard bo'yicha temir oyoqli ikki va bir o'rinli parta tavsiya qilingan.
Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning bo'yiga qarab o'zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig'i ikkita taxtadan iborat bo'lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o'taydi. Hozirgi vaqtda o'quvchilar uchun 15 sm oralab belgilanadigan bo'y balandligi qabul qilingan, o'quv­chilar mebelining davlat standartlari shu ko'rsatkichga muvofiq ishlab chiqilgan.
1—3- sinf o'quv xonalari uchun А, В, V turdagi partalar ishlab chiqariladi. „A" turdagi partalar bo'yi 130 sm gacha bo'lgan bolalar uchun, „B" turdagi partalar bo'yi 130—145 sm, „V" turdagi partalar bo'yi 145—160 sm li bolalar uchun mo'ljallangan. Parta o'rindig'ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3—3/ 4 / qis-miga teng bo'lishi lozim.
Partaning o'quvchi qaddi-qomati to'g'ri bo'lishini ta'minlaydigan asosiy parametrlari parta suyanchig'i bilan o'rindig'i orasining to'g'ri nisbatda bo'lishidir, ya'ni differensiatsiyasidir. Differensiatsiya deb parta chetidan o'rindiq tekisligigacha bo'lgan tik chiziq bo'ylab o'tgan masofaga aytiladi.
Differensiatsiya musbat, nol, manfiy bo'lishi mumkin. Manfiy ko'rsatkich gigiyena talablariga javob beradi, bunda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan vertikal chiziqchaga bo'lgan nisbatda ichkari kirgan bo'ladi. Nolga teng bo'lganda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan ver­tikal chiziq bilan bir tekis turadi. Differensiatsiya musbat bo'lganda o'rindiqning old qismi partaning orqa chetidan tushirilgan ver­tikal chiziq orasidagi masofaga teng bo'ladi. Masofa nolga teng va, ayniqsa, musbat bo'lsa, o'quvchi qo'llarining bilak qismini parta yoki stol ustiga to'g'ri qo'yishi uchun oldinga engashishga majbur bo'ladi. O'tirib ishlashga noqulaylik, zo'riqish va o'quvchini tez charchatib qo'yadigan sharoitlar yuzaga keladi.
Differensiatsiya musbat bo'lganda yozish vaqtida o'quvchi o'ng yelkasini pastga tushirishga majbur bo'ladi, bu tana asimmetriya-siga hamda umurtqa pog'onasining qiyshayib qolishiga olib keladi, shuningdek ko'zdan kitob yoki daftargacha bo'lgan masofani uzaytiradi.
Suyanchiq masofasi stol qopqog'ining orqa chetidan gorizontal bo'ylab stul suyanchig'igacha bo'lgan masofadir. Bu ko'krak qafasi ( old-orqa) diametridan ko'pi bilan 5 sm keladigan oraliq bo'lishi kerak. Suyanchiq masofasi kichik bo'lsa, stol qopqog'i ko'krak qafasiga taqalib qoladi, nafas va qon aylanishi buzilib, o'tirib ishlash noqulay bo'ladi, statilk og'irlik ortadi, odam tez charchab, ish qobiliyati pasayadi. Suyanchiq masofa katta bo'lganida o'quvchi stolga suyana olmay, tananing markazi tayanch nuqtasiga nisbatan oldinga suriladi. Manfiy ko'rsatkich 3—5 sm bo'lganda, gigiyenik jihatdan eng yaxshi natijaga erishiladi.
O'rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to'piqning uzunligiga hamda poyabzalning 1—2 sm poshnasi balandligining yig'indisiga teng bo'lishi kerak.
Partaning o'quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan baland­ligi o'quvchi o'tirganda pol sathidan to'g'ri burchak hosil qilgan tirsagining balandligiga teng bo'lishi kerak.
Parta ustki qismining o'tiravchiga nisbatan 15° pastga og'ishi gigiyenik talablarga javob beradi.
Partalar va stollarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo rangga bo'yalgani ma'qul, bunda yorug'likni qaytarish koeffitsienti 35—55% atrofida bo'ladi. Shuningdek,stollar va stullar ham gigiyenik talablarga javob beradi. Shu bois ham hozir sinflar stol va stullar bilan jihozlanayapti.
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o'tqizish ularning to'g'ri rivojlanishiga ta'sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish