Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch – harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og`ir yuk kutarganda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi; natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog`ining tovon-panja va boldir muskullarida og`rik bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlilikni tug`ilgandan keyin yuzaga kelishi sababalari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal qiyg`izish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzallarida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor berish kerak. Etizboringiz - Etizboringiz
- uchun
- raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |