? Ijtimoiy - psixologik holat bo’lgan o’spirinlik qanday ifodalanadi?
+ Bu - o’spirinning kattalar jamoasining to’liq a’zosi bo’lishga tayyorligini sub’yektiv boshdan kechirishi sifatida kattalik hissining vujudga kelish davri bo’lib, bu his mustaqillikka intilishida namoyon bo’ladi;
?O’spirinlik davrida vujudga keladigan yangi xususiyatlar nimalardan iborat?
+ Ularning o’qishga ongli munosabati; bu yosh davri boshdan kechiriladigan his - tuyg’ularning boyligi va turli - tumanligi bilan boshqalardan farq qiladi, hayotiy maqsad, baxt, burch, sevgi kabi falsafiy - axloqiy muammolarga qiziqish ortadi; o’z - o’zini anglash ham sifat jihatdan o’zgacha xarakter kasb eta boshlaydi;
?O’spirinlarning kasb tanlash muammosi va o’z - o’zini aniqlash qanday namoyon bo’ladi?
+Maktab bitiruvchilarining ko’pchiligi u yoki bu darajada o’zlarining kelajaqlarini belgilab boradilar. Lekin ulardan ayrimlari o’z hayotiy yo`llarini aniqlay olmaydilar. kasbiy o’z - o’zini aniqlay olmaslik esa murakkab ichki nizolar, tanlagan kasbidan ko’ngli kolish kabilar bilan bog’liq jiddiy kechinmalarga olib kelishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |