Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya’ni kortikosteroid gormonlari ishlab chiqarilishini tartibga soladi.
Tireotrop gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya’ni undan ajraladigan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi.
Gonadotrop gormoni erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o‘smirlarda esa balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi.
Laktotrop gormoniayollarda sut bezlari funksiyasini boshqaradi.
Lyutenlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo‘lishini boshqaradi. Gipofizning orqa bo‘lagidan oksitotsin va vazopressin ajraladi. Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin gormoni organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya’ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5—99% i qonga qayta so‘rilishini boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo‘lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so‘rilish jarayoni buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |