Topshiriq: 1.Fotoeffektning 1-qonuni ta’riflang.
2.Fotoeffektning 2-qonunini ta’riflang.
3.Fotoeffektdan qaerlarda foydalaniladi?
Asosiy adabiyotlar
1.Djo’rayev M. Fizika o‘qitish metodikasi. T.TDPU., 2010.
2.Mirzaxmedov B. va b. Fizika o‘qitish metodikasi. 1- va 2- qismlar. T., TDPU., 2010
3. M. Djurayev, V.Sattorova. Fizika o’qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent-2015.
4.Sadriddinov N, Raximov A, Mamadaliev A, Jamolova S. Fizika o’qitish uslubi asoslari. Toshkent, O’zbekiston, 2006.
5.O’rta maktabda fizika o’qitish metodikasi. Molekulyar fizika. Elektrodinamika. Toshkent “O’qituvchi” 1992.
6.P.Xabibullaev, A.Boydedaev, A.Baxromov, M/Yo’ldasheva. 8 – sinf uchun darslik. Toshkent 2010.
7.A.T. Glazunov, I.I. Nurminskiy, A.A. Pinskiy. O’rta maktabda fizika o’qitish metodikasi. Toshkent, “O’qituvchi” 1996.
17-09, 17-10, 17-11. 09.03.2020. 4-para
24-mavzu: «Radioaktivlikning kashf etilishi». Siljish qoidasi» mavzusini o‘tish metodikasi. Reja:
1.Tabiiy radiaktivlik .
2.Radiaktiv yemirilish qonuni.
3.Radiaktiv izotoplarni olish va ulardan foydalanish.
Tayanch so’zlar:tabiiy radiaktivlik, radiaktiv yemirilish, radiaktiv izotop, foton. “Atom yadrosi fizikasi” bo’limini o’rgangunga qadar o’quvchilar fizika kursida fotonning massasi va impul’si, nisbiylik nazariyasining asoslari haqida bir muncha bilimga ega bo’lgan edilar. Moddalarning atom tuzilishi kimyo va fizika fanlarida o’rganiladi. Kimyo fanida atomning elektron kobigi tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan va D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi, fizikada esa atom energiyasining diskret holatlari, chiziqli spektrlarning paydo bo’lishi hamda atom yadrosi masalalari o’rganiladi. SHuningdek atom va yadro tuzilishi - zarrachalarni sochilishiga doir Rezerford tajribasi, neytron va nozitronning kashf qilinishi, radioaktivlikni kashf qilinishiga doir Iren Kyuri va Frederik Jolio Kyuri ishlari va boshqa fundamental tajribalari analiz qilish asosida o’rganiladi.
Radioaktivlik. 1896 yil frantsuz olim Bekerel moddalarning o’z-o’zidan nur chiqarishini aniqlanadi. Bu hodisaga tabiiy radioaktivlik deb nom berildi. Radioaktivlik hodisasini Mariya Skladovskaya-Kyuri va uning eri P’er Kyuri davom etirdi. Ular radioaktivlik hodisasini tadqiq qilib yangi kimyoviy element topdilar. Ulardan biriga Mariya Skladovskaya-Kyurining vatani Pol’sha sharafiga Poloniy deb nom berdilar. Nixoyat juda kuchli nurlanish qibiliyatiga ega bo’lgan yana bir element kashf etildi. Bu elementga radiy (Ra) deb nom berildi. Radiy radioaktiv element bo’lib, uning yemirilish reaktsiyasi quyidagicha:
Sun’iy radioaktivlik. 1919 yil Rezerford azot yadrosiga - zarralar bilan bombardimon qilib radioaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan kislorod izotonini hosil qildi.
Sun’iy hosil qilingan atom yadrolari natijasidagi radioaktivlik sun’iy radioaktivlik deyiladi.
Yadrolarning bo’linishi. Sekin neytronlar ta’sirida yadrolarning bo’linishi natijasida uran yadrosi 2 taga parchalanadi. Hamda bittadan uchtagacha neytron hosil bo’ladi. Bu bo’linishda parchalarning kinetik energiyasi, radioaktiv nurlanish energiyalari bilan birgalikda taxminan 200 m.E.V. energiya ajraladi. Hosil bo’lgan neytronlar boshqa uran yadrolarini parchalaydi. Bu reaktsiya uran yadrosi bo’linib tomom bo’lguncha davom etadi. Bu reaktsiyani uzluksiz zanjir reaktsiya deyiladi (1-rasm)