5.6-rasm .Yolg‘iz yutilish (chizig‘i) polosasi yaqinida yuz beradigan dispersiya va absorbsiya egri chiziqlari Dispersiyaning elektronnazariyasi atomlarning xususiy tebranishlari tushunchasidan foydalanib, tebranuvchi zarralar (elektronlar va ionlar) tabiatini aniqladi, modda va yorug‘lik to‘g‘risidagi tasavvurimizni chuqurlashtirdi. Dispersiyaning elektron nazariyasi asoslari bilan birmuncha batafsilroq tanishaylik. Yuqorida aytganimizdek, yorug‘lik bilan moddaning o‘zaro ta’siri mohiyati tushayotgan to‘lqin maydoni ta’sirida modda elektronlari (va ionlari)ning tebranishlari natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi to‘lqinlar bilan birlamchi to‘lqinlarning interferensiyalanishidan iborat. Demak, sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunlikka bog‘lanishini keltirib chiqarish uchun dielektrik singdiruvchanlikning o‘zgaruvchan elektr maydon chastotasiga qanday bog‘langanligini topamiz, so‘ngra (5.9)
Do'stlaringiz bilan baham: |