Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

 
 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.Tut ipak qurti kapalagining tashqi ko‘rinishi qanday? Erkak kapalaklar bilan urg‘ochi 
kapalaklarning tashqi ko‘rinishidagi farqlarni aytib bering. 
2.Tut ipak qurti kapalaklarning nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish organlarining 
anatomik tuzilishini tavsiflab bering. 
3.Pillalardan kapalak chiqishining sutkalik ritmikasi va bu ritmikaning o‘zgarishiga
 
yorug‘lik 
qanday ta’sir etishini so‘zlab bering. 
4.Pilladan kapalak chiqish jarayonini tavsiflang. 
5.Urg‘ochi va erkak kapalaklarning qo‘shimcha jinsiy organlarni tavsiflab bering. 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
V BOB 
5.1.Tut ipak qurti embriologiyasi 
Tut ipak qurti tuxumdonining tuzilishi va rivojlanishi 
 
Rivojlanib tuxumga aylanuvchi urg‘ochi jinsiy hujayralar ishlab chiqaradigan 
jinsiy bezlar tuxumdon deb ataladi. Qurtlik bosqichida tuxumdonlar boshlang‘ich 
holatda bo‘ladi. Ular och sariq rangli, noto‘g‘ri uchburchak shaklidagi ikkita bezdan 
iborat bo‘lib, qurt qorin qismining beshinchi bo‘g‘imdagi po‘sti ostida, xuddi yarim 
oy shaklli dog‘larning ikkinchi jufti turgan yerda joylashgan. Tuxumdonning har bir 
ichki qismidan biriktiruvchi to‘qima payi ketgan. Bu paylar yaqindagi to‘qimalarga 
birikib, tuxumdonni ma’lum bir holatda tutib turadi. 
Tuxumdonning ichki qismi bel naychasidan yuqorida joylashgan bo‘lib, 
anchagina uzun payi bor, bu payning orqa uchi ipak qurti qorin qismining yettinchi 


bo‘g‘imigacha yetib boradi. Bu pay jinsiy pay deb ataladi, keyinchalik bu paydan 
tuxumdon rivojlanadi.Tuxumdonning pardasi biriktiruvchi to‘qimadan hosil 
bo‘lgan. Har qaysi tuxumdonning ichki bo‘shlig‘i uchta to‘liq bo‘lmagan to‘siq 
bilan to‘rtta kameraga bo‘lingan. To‘siqlar to‘la bo‘lmaganligidan jinsiy pay 
boshlanadigan joy yaqinida kameralar bir-biri bilan qo‘shilib, umumiy bo‘shliq 
hosil qiladi. Ipak qurtlarining ipak boshlang‘ich tuxumdoni kameralarida birlamchi 
jinsiy hujayralar – ovogoniyalar va bir qancha epiteliy hujayralari bo‘ladi, bular 
follikulyar hujayralar deb ataladi. 
Ipak qurti o‘sib borgan sari uning tuxumdoni ham kattalashadi va shakli ham 
anchagina o‘zgaradi. Qurtlarning uchinchi yoshidayoq tuxumdonlarning ichki 
kameralari uzunlasha boshlaydi. Kameralar asta-sekin uzun naychaga aylanadi. 
Bu naychalarning uzunligi tuxumdon uzunligidan bir necha marta kattalashib 
ketishi sababli ular tuxumdonning umumiy bo‘shlig‘iga juda egri-bugri holda 
joylashadi, beshinchi yosh oxiriga borib esa tuxum naychalari boshlang‘ich 
tuxumdon ichiga o‘rnashgan tugunchaga o‘xshab qoladi. 
Qurtlik bosqichining oxiriga kelib, jinsiy payning oldingi bo‘limi 
yo‘g‘onlashadi va to‘rt qismga ajralib turadi. Bu qismlar tuxumdonning to‘rtta 
naychasiga tutashadi. Keyinroq borib, jinsiy payning ana shu bo‘limidan 
ovariollarning tuxum chiqaruvchi qismi hosil bo‘ladi. Qurtlar g‘umbakka 
aylangandan keyin tez orada boshlang‘ich tuxumdonlarning pardasi yirtiladi va 
tuxum naychalari g‘umbak qorin qismining umumiy bo‘shlig‘iga tushib turadi. 
Ovariollarning tuxum hosil qiluvchi va tuxumni chiqarib yuboruvchi qismlari 
ana shu vaqtdan boshlab, bir-biriga qo‘shilib ketadi va yaxlit naychalarga o‘xshab 
qoladi. Naychalarning tuxum hosil qiluvchi qismidagi tuxumlar ovariollar devoridagi 
muskullarning qisqarishi natijasida tuxumni chiqarib yuboruvchi qismiga o‘tadi. 
Kapalaklik bosqichida butunlay shakllanib bo‘lgan tuxumdon sakkizta uzun 
naychadan - ovariollardan iborat bo‘lib, ular urg‘ochi kapalak qorin qismining har 
qaysi tomoniga to‘rttadan joylashadi 
Har qaysi to‘rtta ovariolning oldingi qismlari ichki kamera bilan, orqa qismi 


esa juft tuxum yo‘li bilan birlashadi. 
Qorin bo‘shlig‘ining oxirida ikkala juft tuxum yo‘li umumiy toq tuxum yo‘liga 
qo‘shiladi, bu yo‘l tuxum chiqadigan teshik bilan tamomlanadi. 
Kichik yoshdagi qurtlarning boshlang‘ich tuxumdonlari kameralari ichida 
ovogoniylar deb ataladigan birlamchi jinsiy hujayralar, shuningdek, follikulyar 
hujayralar juda tez ko‘payadi. To‘rtinchi yosh boshlarida, ya’ni tuxum kameralari 
anchagina cho‘zilib, naychaga aylanib qolgan vaqtlar ularning orqa qismida 
differensiatsiyalangan (bo‘lina boshlagan) joy ko‘rinadi. 
98-rasm. 
Qurtning tuxumdoni ;
1-traxeyalari; 
2-bel naychsi; 
3-tuxumdoni; 
4-jinsiy payi. 
99-rasm.A. 
Qurtning kesib ko‘rsatilgan: 
tuxumdoni 
1-traxeyalari 2- tuxumdonnnng 
pardasi; 3-oogoniylar va follikulyar
hujayralari; 
4- jinsiy payi 


B Qurt tuxumdonida tuxum 
naychalarining rivojlanishi 
1- jinsiy payi. 
 
Ana shu joyda har qaysi ovogoniy uch karra bo‘linish yo‘li bilan sakkizta 
hujayra hosil qiladi, bulardan biri rivojlanib tuxumga (ovotsitga) aylanadi, qolgan 
yettitasi esa ana shu tuxumni oziqlantiruvchi hujayralar bo‘lib qoladi. Shu vaqtdan 
boshlab, tuxum hujayralari ko‘payishdan to‘xtaydi va ularning o‘sish davri 
boshlanadi. 
Differensiatsiyalangan (bo‘lina boshlagan) joy hosil bo‘lishi bilan 
ovariollarning ichki bo‘shlig‘i ayrim tuxum kameralariga bo‘linadi. Har bir kamerada 
o‘sayotgan tuxum va yettita oziqlantiruvchi hujayra bo‘ladi. Qurt rivojlana borishi 
bilan tuxum tez o‘sadi, oziqlantiruvchi hujayralar esa kichrayib bo‘rishib qoladi. 
G‘umbaklik bosqichida tuxum follikulyar epiteliy hujayralari hisobiga oziqlanadi, bu 
epiteliy tuxumdonning ichki devorini qoplab olgan bo‘ladi. Tuxum hujayra o‘sishdan 
to‘xtashi bilan epiteliy hujayralari maxsus modda ajratib chiqaradi, bu modda tuxum 
qobig‘ini hosil qiladi. 
Tuxumning ichidagi moddalar hosil qiluvchi va oziqlantiruvchi sariqlik 
hamda yadro deb ataluvchi pufaksimon tanadan iborat bo‘ladi. Hosil qiluvchi 
sariqlik bir jinsli tiniq suyuqlikka o‘xshash bo‘lib, u yadro atrofida va tuxumning 
ustida, qobig‘i ostida turadi. Hosil qiluvchi sariqlik qavatlari orasida 
oziqlantiruvchi sariqlik qavati bor, uning tarkibida ko‘p miqdor oqsil, yog‘ va 
glikogen donachalari bo‘ladi. Yadroning tarkibida esa ko‘p miqdor nuklein kislota 
bor. 


100-rasm.Tut ipak qurtlari 
tuxumning hosil bo‘linishi: 
a-tuxum naychalarining ichkn 
qismi va tuxum kamerasining 
shakllanishi;b -paychalarnnng 
tuxum hosil qiluvchi qismi orqa 
uchidagi ikkita tuxum kamerasi; v -
shakllanib bo‘lgan (etilgan) tuxum: 
1 -yosh jinsiy hujayralari: 
2- rivojlanayotgan tuxum 
hujayrasi; 
3 -oziqlantiruvi hujayralari; 
4- tuxumdon epiteliysi;
5-tuxum hujayra yadrosi; 
1 - urug‘, 3 - juft tuxum yuli
Har qanday organizm tanasining har bir hujayra yadrosida xromosom apparati 
bo‘ladi, bu apparat oqsildan hosil bo‘lgan alohida zarrachalar - xromosomlardan 
iborat. Har bir tur o‘simlik hamda har qaysi zot hayvonning ma’lum sondagi va 
shakldagi xromosomlari bo‘ladi. Xromosomlar hamma vaqt juft bo‘ladi. Masalan, 
odamda 23 juft, askaridada 2 juft, tut ipak qurtida 28 juft xromosom bor. Har qaysi 
juft xromosomning biri onadan (urg‘ochidan), ikkinchisi otadan (erkakdan) paydo 
bo‘ladi. Xromosomlar xromatin moddasidan iborat bo‘lib, bu modda tarkibida juda 
murakkab tuzilgan dizoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar bor. 
Bu kislotalar bo‘lajak organizmning irsiyatini belgilab beradi. 
Ipak qurtining birlamchi urg‘ochi jinsiy hujayralarida - ovogoniilarda, 
keyinchalik esa ovotsitlarda ham, ona tanasining barcha hujayralaridagi singari juft 
xromosomlar yig‘indisi bo‘ladi. Ammo g‘umbaklik davrining oxirlarida ovotsitlar 
yetilib, ikkiga bo‘linadi, buning natijasida xromosomlarning juftlik tartibi buziladi 
va yadrodagi xromosomlar soni ikki baravar kamayib ketadi .


101-rasm. 
Ovotsitning etilib 
bo‘linishi:1.- bo‘lina 
boshlashi;2 – birinchi
yo‘naltiruvchi tanachaning
hosil bo‘lishi; 3 –ikkinchi 
marta y etilib bo‘linishi;4-
ikkinchn y o‘naltiruvchi
tanachaning hosil bo‘lishi;5 
–birinchi yo‘naltiruvchi 
tanachaning bo‘linishi.
Bu jarayon xromatinning reduksiyasi deb ataladi va u quyidagicha sodir bo‘ladi: 
kapalak tuxum qo‘yayotgan vaqtda, tuxum toq tuxum yo‘lidan o‘tayotganda ovotsit 
yo‘naltiruvchi tanacha deb ataladigan mikroskopik hujayracha ajratib chiqaradi. 
Tuxum qo‘yilgandan keyin oradan 1,5 soat vaqt o‘tgach, ovotsit ikkinchi 
yo‘naltiruvchi tanacha ajratib chiqaradi. Yetilib ikkinchi marta bo‘linish natijasida 
juft xromosomlar bir-biridan uzoqlashadi - bir hismi tuxumda, ikkinchi qismi esa 
yo‘naltiruvchi tanachada qoladi. Bu vaqtda birinchi yo‘naltiruvchi tanacha ham ikkita 
qiz hujayraga bo‘linadi, bu hujayralarda xromosomlar sonining yarim yig‘indisi 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, yetilib ikki marta bo‘linish natijasida yetilgan tuxum hosil 
bo‘ladi, bu tuxumda xromosomlar sonining yarmi (gaploid) va uchta yo‘naltiruvchi 
tanacha bo‘lib, bu tanachalar tez orada so‘rilib ketadi. 
Tuxum ona individ, spermatozoid esa o’ta individ irsiyatini tarqatuvchi 
hisoblanadi. Urug‘lanish protsessida, bular qo‘shilgan vaqtda ayni tur (zot) uchun 
xarakterli bo‘lgan xromosomlarning normal soni va ularning juftligi tiklanadi, 
rivojlanayotgan yangi organizm esa ham ota, ham ona belgilarini o‘zida 
mujassamlantiradi.

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish