1-jadval
Namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasini o’zgarishini yorma mahxsulotini chiqishiga ta'siri
Namlash uchun sarflanayotgan suv temperaturasi, gradus
|
Yorma,
%
|
Qobig’i
ajralm
agan
don,%
|
Kepak, %
|
Mayda
langan
don,
%
|
Unga
aylanib ketgan
don,
%
|
Quritishda
maxsulot
larning kamayishi%
|
30.0
|
65,0
|
6,4
|
19,5
|
5,9
|
2,2
|
1.0
|
40,0
|
67,0
|
6,0
|
19,0
|
5,5
|
2,0
|
1,0
|
50,0
|
64,0
|
7,0
|
19,5
|
6,0
|
2,0
|
1,5
|
Namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasi 30,0 gradus, 40,0 gradus, 50,0 gradus bo’lganda yorma va boshqa maxsulotlarni chiqishi o’rganildi.Tajribalar uch qaytariqda o’tkazilib o’rtacha qiymati topildi.Ma'lumotlar 1- jadvalga yozildi.
Tajriba natijalari shuni ko’rsatmoqdaki namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasi 30,0 gradus bo’lganda yorma chiqishi 65%, qobig’i ajralmagan don 6,4% kepak 19,5% bo’lgan. Bulardan boshqa maxsulotlar va quritishda maxsulotlarning kamayishi deyali o’zgarmagan. Bu ma'lumotlardan ma'lum bo’ldiki namlashga sarflanayotgan suvning temperaturasi past bo’lganligi uchun suv molekulalarining xarakati ham nisbatan sekin. Shu sababli bug’doyni po’stlog’i ichiga suv molekulalari kira olmay yaxshi namlanmagan.Shuning uchun po’stlog’i xam maydalanib ketganligi sababli kepakning miqdori ortgan,yorma chiqishi kamaygan.
Namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasi 40,0 gradus bo’lganda yorma chiqishi 67%, qobig’i ajralmagan don 6,0% kepak 19,0% bo’lgan. Bulardan boshqa maxsulotlar va quritishda maxsulotlarning kamayishi deyarli o’zgarmagan. Bu ma'lumotlardan shuni tushinish mumkinki namlashga sarflanayotgan suvning temperaturasi me’yorida bo’lganligi uchun bug’doyni po’stlog’i yaxshi namlangan. kepakning miqdori kamaygan, yorma chiqishi ortgan.
Namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasi 50,0 gradus bo’lganda yorma chiqishi 64%, qobig’i ajralmagan don 7,0% kepak 19,5% bo’lgan. Bulardan boshqa maxsulotlar va quritishda maxsulotlarning kamayishi deyarli o’zgarmagan Bu ma'lumotlardan ma'lum bo’ldiki namlashga sarflanayotgan suvning temperaturasi me’yoridan ortiq bo’lganligi uchun bug’doyni po’stlog’i ortiqcha namlangan. Kepakning miqdori ortgan,yorma chiqishi kamaygan.
Tadqiqod natijalari shuni ko’rsatdiki maqbul namlash uchun sarflanadigan suvning temperaturasi 40,0 gradus bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Bug’doyning namlanish vaqtini o’zgarishini yorma maxsulotini chiqishiga ta'sirini o’rganish.
Tajriba namlash uchun sarflanayotgan suvning miqdori 3,5,0% va namlash uchun sarflanayotgan suvning temperaturasi 50,0 gradus, namlanish vaqti 0,5soat bo’lganda yorma va boshqa maxsulotlarni chiqishi o’rganildi.Tajribalar uch qaytariqda o’tkazilib o’rtacha qiymati topildi.Ma'lumotlar 2- jadvalga yozildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |