Tadqiqot ob’ekti. Oziq-ovqat mahsulotlariga, chunonchi, bug’doydan olingan yormaga bo’lgan ehtiyojni yil davomida qondirish maqsadida bug’doydan yorma olish texnologiyasini tadqiq qilish va bu usulda yormani ko’proq chiqishini taminlash maqsadida texnologiyaning elementlarini takomillashtirishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
Tadqiqot metodi. Namlikni aniqlash metodikasi
Tegirmon va yorma zavodlarida donga gidrotermik ishlov berish avtomatik ravishda nazorat qilish va sozlash sistemalariga ega bo'lgan murakkab mashina va apparatlar bilan bir qatorda, yana oddiy namlovchi mashina va namiqtiruvchi bunkerlarda olib boriladi. Bularning hammasi texnologik sxema orqali bog’langan bo'lib, donning xossalariga ta’sir qilishni ketma- ketligini belgilaydi.
Gidrotermik ishlov berish jarayonida donga suv va issiqlik bilan ta'sir qilinadi. Bu jarayonni rejimlarini aniqlovchi o'lchamlarga (parametrlarga) quyidagilar kiradi: namlik, temperatura, bosim va jarayonni davom etish vaqti.
Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berishning quyidagi usullari qo'llanadi:
Sovuq konditsionerlash usulida;
Tezlashtirilgan konditsionerlash usulida;
Issiq konditsionerlash usulida.
Biz tajribani o’tkazganda sovuq konditsionerlash usuli metodikasidan foydalandik.
Sovuq usulda don temperaturasi 14-20 C0 bo'lgan suv bilan namlanadi va bunkerlarda namiqtiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi. Tezlashtirilgan usulda don to'yintirilgan bug’ bilan buglantiriladi va keyin sovuq suvda yuviladi. Issiq konditsionerlash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil isitgichlarda (ultratovush, yuqori chastotali toklar, infraqizil nurlar ) qizdiriladi. Donni maydalovchi mashinaga (I-Yormalash sistemasini valli dast- gohiga) yuborishdan oldin qo'shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut davomida namiqtirish bu gidrotermik ishlov berish usullari uchun majburiydir. Bu donni yuqori qobiqlarini (meva va urug'’ qobig’i, aleyron qatlami) namlash uchun kerak bo'lib, qobiqlarning egiluvchanligini (elastikligini) oshiradi, qobiqlarni juda ham maydalanmaydi, kepakni katta bo'lakchalarini hosil qiladi va g’alvirlarda undan oson ajraladi. O'zbekiston Respublikasidagi tegirmonlarida donga gidrotermik ishlov berishning sovuq konditsionerlash usuli qo'llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi va boshqariishi oddiy lekin namlangan donni namiqtirish uchun ko'proq bunkerlar hajmi talab qilinadi. Sovuq usulda donga gidrotermik ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi: tozalangan donga namlab qayroqlovchi mashinada ishlov beriladi, qo'shimcha namlanadi va namiqtiriladi. Yuqori shaffofli don ikki marta namlanadi va ikki marta namiqtiriladi. Yorma ishlab chiqarishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish rejimlarini ko'rsatkichlari taxminiydir, chunki har bir don partiyasi o'zini boshlang’ich xossalarini har xilligi bilan va namlikni o'zgarishiga individual reaksiyalari bilan tavsiflanadi. Tegirmonlarda texnologik jarayonlarni tashkil qilish va olib borish qoidalari asosida injener-texnolog tanlagan gidrotermik ishlov berish rejimlarini laboratoriyada va ishlab chiqarishda un tortish yo'li bilan bilan tekshirib ko'rishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |