Yorma mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ta’sir ko’rsatuvchi omillar. - Yormalar kimyoviy tarkibiga ko’ra oqsil va kraxmalga (dukkaklilardan tashqari) boy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Ayrim yormalarda kraxmal miqdori 85 % gacha va hatto undan yuqori bo’ladi, oqsil moddalar miqdori esa 9-16 %gacha bo’lishi mumkin. Yormalarda oz miqdorda moy, uglevod va mineral moddalar mavjud. Kletchatka va gemmistellyulozaning arzimas miqdorda bo’lishi, yormalarning hazm bo’lishining osonlashuviga olib keladi. Uglevodlar yormaning yuqori kalloriyali bo’lishini ta’minlaydi. Yormada V guruh vitaminlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |