(6-bet)
******
Yorkim izlasa sharti anga bir yor xojat,
Dil-u jon birla demak endi bir yor xojat.
Talab aylarda anisina kerak bo‘lsa sahih,
Joni zinda biri bo‘l ham dili bedor xojat.
Rozi dil ul shahi xo‘bni debon aydimkim,
Orzumand jamolim manga diydor xojat.
Buyurub yor dedikim yuz ugurma mandin,
Sanga diydor kerak bizga talabgor xojat.
Murg’ ruhim manga der tan qafasi jonim iykosh,
Bulbulim gulshani aro ishrati gulzor xojat.
Shayh taqlidi muridg’a ermas olim,
Tarbiyat ilmig’a bir sohibi asror xojat.
Darddur davlati kunin izlarkim ani,
Talabinda yurmak ko‘chayu bozor xojat.
Mayl agar qilsa ko‘ngul jonib mashuq azal,
Shart bir tarbiyat suhbati abror xojat.
Dard ishinda nihondur qani tolib man anga,
Har ne qilsam ani bir tez xaridor xojat.
Vasli har bandai mo‘minga muyassar bo‘lsa,
Loyiq el aqlig’a qilmoq ani izhor xojat.
Ey Jaliliy nazar ahli yaqin ziynat dil,
Kim uzoq ziynat jamafush dastori xojat.
******
Ey yor aql kuta muncha sanga ne xojat,
Yeyilmak yugurmakni nafs-u havo ne xojat.
Bo‘lu yodi fidoda dushman qil zir boda,
Xaq jonibi iroda qil mosuvo ne xojat.
Bu yo‘lda boadab bo‘l ko‘b g’ayr sog’-u savolda,
O‘zga talab ko‘ngulda zavq-u safo nexojat.
Ey yor be bizoat yo‘q sanda zavqi toat,
Sanga pand-u nasihat shamu siyo ne xojat.
Bo‘lub yo‘l ahli giryon yoqib chirog’i iymon,
Sihat qilib hasta jon jabr-u jafo nexojat.
Yori fido talabsen ayrilma ro‘zi shab sen,
Rohi adab sen fiqhi xato ne xojat.
Umr o‘tdi yurmading yo‘l senga g’ami sog’-u so‘l,
Andishai qiz o‘g’ul, ota-ona ne xojat.
Qo‘ysang bu yo‘lga qadam mardona bo‘l qalam g’am,
Yurmak ey nuridiydam go‘yi havo nexojat.
Jaliliy izlar bor bo‘lsin xudo boxabar,
yolg’onchidin qil xazar yori dag‘o ne xojat.
******
Judo jononadin joni o‘lg’oli mehri jahon bois,
Ko‘ngul bo‘lmoqliqig‘a hasta fikri ani bois.
Agar bo‘lsang talabgori xudo begonalardin qoch,
Qilurg’a nuqs xolat suhbati bir-u juvon bois.
Suol etdim bir erdin yo‘l hijobi nedur ul aydi,
rohi maqsadig’a bil mone erur nom-u nishon bois.
Eyki olam murodidin qutul yo‘q ersa yurgung kaj,
Sabab nuqson bo‘lur andishai sud ziyoni bois.
7-bet
Mani forig’ etarki ofati uzluk vujudimdin,
Berib tavfiq ham bu amri xudoi mehribon bois.
Qilur toat umid vasl etib ma’shuqdin oshiqo,
Bo‘lub zoxid g’odig’a bihisht jovidoni bois.
Jaliliy ko‘jaye g’aflat erdi bexabar bedard,
Kitobati qarab bo‘ldi vasl erham fig’oni ko‘b.
******
Qilsa harkim tavba yo‘l yursa qilg‘oni abas,
shug‘lun botil ishda ko‘p bisyor bo‘lg’oni abas.
Tarki dunyo aylamakdur zikr-u toat sharti roh.
Ko‘jai g’aflati taqvo bo‘lsa yurg’oni abas.
Dedilar ahli tariqat pok bo‘sin tan ko‘ngul,
Lek zohir porso dil bo‘lsa vayrona abas.
O‘zligingdin tor mo‘yi ey shayxi boqiy senda bor,
Bo‘lsa shar qilding ajab kori parishoni abas.
Tavba mo‘min hurmidin qilsa jahoni mulkinda xo‘b,
Tangla bo‘lsa ro‘zi mahshardir pushaymoni abas.
Bahrai boshin ulug‘lar suhbatining nashosi,
Kimsa bir nodon bila yolg’on yugurg’oni abas.
Ta’nai ag’yordin qilma Jaliliy e’tiroz,
Xaq bilur joning ila ey foniy qul yolg’on abas.
******
Tilarsan ey ko‘ngul rohat murod mosuvodin kech,
Jafoga belni mahkam bog’la yo‘q ersa vafodin kech.
Tamanno
Tilarsan mavnini ey tolib avval mou minnatdin qoch,
Nazar qil jon uyiga bor bo‘lsa g’ayr andin qoch.
Ulug’ tarti har kim izlar yor bo‘lmoq saxd ur behast,
G’ubor dunyodin yuz mil ko‘ngul oshg’il tandin qoch.
Faqir benavolar suhbatida qil yuraging sof
O‘zidin o‘tmayin da’vo qilib man-man degandin.
Vujud masvo isyon erur dedilar ahli haq,
Xazar qil ijtinob ayla yaqin bo‘lg’il o‘zingdin qoch.
(Xazar qil ijtinob nafsing degandin qoch)
Qilurda zikr nafs urg’oli yo‘lingni xayriyyat birla,
Qilib xozir ko‘ngul andishai go‘r-u kafandin qoch.
Bo‘lu haq do‘sti amrinda foniy ey fard-u mando,
Valekin besiyobi sharm bo‘lg’oni roh zandadin qoch.
Ishing ey tavba ahli ehtiyot ayla basar zinhor,
G’ alatni rost bilg’oni ishi botin yomondin qoch.
Maqom imon erur mulk-u farog’at bobi-u vahdat,
Safar so‘yi maqom lomakon aylab makondin qoch.
Jaliliy ixtiyor et go‘shai uzlatni o‘lguncha,
Buyurgan mardum begona ham xalqo zamondin qoch.
******
Kor bori mo‘minning yodi xudo bo‘lsa muboh,
Ikki olam naqsh ko‘ngildin xudo bilsa muboh.
Dard xosil aylamak xotirg’a sabrim isyon solib,
Tavba istig’for ishi zikr-u sano bo‘lsa muboh.
Bu emas darveshlik dil bo‘lsa zohirg’a xilof,
Zohir-u botin muvofiq sarson bo‘lsa muboh.
Har kim izlar qurb emas mavjud tanholikda hech,
Yori qobil hamdami shom-u sabo bo‘lsa muboh.
Zikri tasbehi sanodiynidur natija qurbi vasl,
Tolib erg’a do‘st vasli muddao bo‘lsa muboh.
Yo‘l nishoni aylamak begonalardin e’tiroz,
Shartidur mard oshnog’a oshno bo‘lsa muboh.
Zavq diydori ta’ma sendin qilib ey mohi xusn,
Orzu bir sulton ishingda gado bo‘lsa nuboh.
Kim havas qilsa jamol yor bo‘lmoq ro‘zi shab,
Xizmatingda umr hech tinmay ado bo‘lsa muboh.
Ey Jaliliy kim havas qilsa maqomi tarbiyat,
O‘zlugi barham dil va jonifano bo‘lsa muboh.
******
Yora deb hol-u dilim bisyor harshom-u saboh,
Aylabon andin ta’ma diydori har shom-u saboh.
Ishq savdosi tushib boshimg’a Hirot manzilim,
Zavq diydorida bo‘ldim zor har shom-u saboh.
Chok siynam yosh diydamdin oqib beixtiyor,
Qildi bag’rim pora-pora va har shom-u saboh.
Erdi ko‘nglumki sayi mag’lub ko‘hi tiyra hol,
Zaxm dushmandin etib ozor har shom-u saboh.
Bo‘lmadi tun-kun o‘ti ro‘zi korim muddati,
Qatl dushman jang yo kuffar har shom-u saboh.
Go‘yki gohi bir dardi qabziyat bajonidil,
Man aytardim yodini takror har shom-u saboh.
Ey Jaliliy...
10-bet
Ishqqa bo‘lg’uncha komil-u moyil toat erur,
Jon tanida bori aylar chust-u chu javlon erur.
Jami hasratdin bo‘lub qismati gar aytsa boda tush,
Gum misol qatra bo‘lg’ay g’arq-u iymondir.
Shish jihatdin jilva qilsa husni dildor azal,
Aql jon-u dil kuyar beotash savzondir.
Oshiq-u mashuqdek jon bir bo‘lub jonon ayla,
Vasl bog’ida qilurlar har sori siyrondir.
Jon betahqiq aydi tabti qilmay orom qarar,
O‘rtanib qilg’ay talab dashtida oh-u afg’ondir.
Izlasa haqni Jaliliy kim budur rohi ravish,
Bo‘lmasa ahvoli mundoq jon emas yolg’ondir.
*****
Xoliq ichra o‘zni qilibdursa muqallad,
Tark etmayin ko‘nguldin nafs-u havo muqallad.
Xoliqdin fayz olib nafsi tirik ruhi o‘lub,
Maqsad yo‘lidin qolib tushti qofi muqallad.
Ko‘ngli to‘la mur-u har andisha jondin hazar,
Qildi bir aysh ixtiyor kori xato muqallad.
Yo‘li fikr-u hayolot kori bori zalolat,
Qilur elga hidoyat bo‘lmay fano muqallad.
Hayo yuzidin yo‘q manfaat so‘zidin,
Nuri botin ko‘zidin bo‘lg’an judo muqallad.
Suhbatda elni bisyor ko‘rsa qilur giryazor,
Bo‘lay debon e‘tibor aylar sado muqallad.
11-bet.
Dohil erni ko‘rmagan amrinda yo‘l yurmagan,
Menlikdin ayrilmagan ko‘ngli qaro muqallad.
Tariqat nedur bilmas manzili havoyi hush,
Dil mardumard nokas zohirg’a muqallad.
Shahar tig’a shod o‘lur qayg’udin ozod o‘lur,
Konig’a yori birodar yori xato muqallad.
Rasul sunnatin tutmay ……noz dil aytmay,
Qilur manzilga yetmay jonga jafo muqallad.
Ko‘ngli dunyoga to‘lg‘on ko‘ajib elni ko‘rgan,
Go‘yoki joni o‘lgan tani baqo muqallad.
Qulig’a sodiq emas o‘zi chin oshiq emas,
Haq yo‘lga loyiq emas hosil riyo muqallad.
Shayton nafs yori hamisha mudu kori,
Mudom ko‘r yori so‘yi sevo muqallad.
Ko‘ngil yo‘lni bilmas to‘da hoy-u havas,
Murid ahlig’a qilmas darmon ato muqallad.
Umri o‘tub yo‘l yurmay naf-u zararni bilmay,
Qo‘ymas ishin to o‘lmay banda havo muqallad.
Bari g’o‘l ko‘r-u kardur ablah dunyo nazardur,
O‘lguncha darbadardur mushily kori muqallad.
Jaliliy so‘zni kut qil emdi ko‘nglung agar,
Har jonda bo‘lsa makruh demas zora muqallad.
*****
Jurim xatolaridin tavba qilg’an iranlar,
Dushman adovatiga bel bog’lagan iranlar.
Tilim zikr olg’on murshid amrinda bo‘lg’an,
Havo yo‘lidin qolg’on chashmi giryon iranlar.
Zokir bo‘lub hamisha qilib toatni pesha,
Tarki hayol andisha uyg’otib jon iranlar.
Sha’ni orini tutarlar suyi tamom etarlar,
Maqsudig’a yetarlar mard-u maydon iranlar.
Ulug’lar suhbatida ucharlar quvvatida,
Yuqmagan holatida qurbi imon iranlar.
Joni hayot bo‘lg’an sarg’arib rangi so‘lg’an,
Nuri xudog’a to‘lg’an qilib javlon iranlar.
Xonumondin kecharlar jom-u vahdat icharlar,
Qanot bog’lab ucharlar sui jonon iranlar.
Qarab shafqat yurakda ko‘ngullari tilakda,
Zavqi harad yemakda mayli jondin iranlar.
Sha’ni xizmatiga borib siyoh ko‘ngli oqarib,
Xudoyiga yolborib diydagiryon iranlar.
Yurak bag’ri tilingan ishq domig’a ilingan,
Beshak holi bilingan sirru a’yon iranlar.
Xolatlari digargun mushil monandi mahzun,
O‘lub o‘lmasdin burun zinda bo‘lg’an iranlar.
Kuygan jon otashiga mahbub jon yo‘ldoshiga,
Borgan yonar qoshig’a nari suzon iranlar.
Dard ichra hosil o‘lgan ma’nega vasl o‘lg’an,
Murid komil o‘lg’an holi yetgan iranlar.
Nafs yo‘li tutulg’on o‘zlugidin qutulg’an,
Saodatlig’ ..........xos yazdon iranlar.
12-bet.
Jon ko‘nguldin o‘tgan aql-u hushin kam etgan,
Faqir-u fanog’a yetgan ma’neda kon iranlar.
Qo‘y ey Jaliliy havas dryo yuzida bir has,
Bo‘lgil haq ichra bekas mundoq yurgan iranlar.
*****
Desam roz-u dilim siynamda bir dard nihonim bor,
Hamisha mahrami jon tanda yori mehribonim bor.
Kechadur ruzgorim yora ham ofat bo‘lub hamroz,
Huzurim rohatim ko‘nglumda zavqi jonajonim bor.
Xaloyiq tan etarlar zora qilsam xolatim izhor,
Mening kar bo‘lsa olam munkar ne shak ne makonim bor.
Tiriklik ey jahon ahli emastur munda jon birla,
Ki jonon ishqda zinda hayot jovidonim bor.
Senga ravza zil bo‘ldi nasib ey zohida jannat,
Ul ey man oshuqi yorim qachon mayli jinoyatim.
Tilimdin muddatidur bo‘ldi roh dahriq kalom lafu,
Hrish ishq eturg’a hazoron dostonim bor.
Gar o‘lsam hamnishin dilda roh ortar mehri dil jondin,
Dame bo‘lsam huzuridin judo yuz ming fig’onim bor.
Hama jon etma mandin ey ajal qilg’il umiding qati,
Fano nuri yoqibtur bud-u borimni na jonim bor.
Jaliliy dahr aro qilsam agar hol-u dilim ravshan,
Fano dashtinda bir hush manzil mudhi makonim bor.
*****
Agarkim ko‘nglida mayli jahon naqshunkoridur,
Hamisha fikrida mashg’ul bo‘lmoq kor-u bor erur.
Ani tark etmak indallod kor e’tibor erur,
Yomonlar barchamizga haq rizosi kori zor erur.
Bu xolatdin na’uzabillad turmay e’tiroz aylang,
Ko‘ngulda dard bir osiyni roh suzukroz aylang.
Qo‘yub yuz suyi toat bandalik ajzu niyoz aylang,
Yoronlar barchamizg’a xaq rizosi girya zoridur.
Demang zinhor biz albatta mani mard falonim bor,
Har ishda xo‘b dono yog’ni yengata doni deb.
Solib zohirg’a isyonlarni yig’lang man yomoni deb,
Yoronlar barchamizg’a xaq rizosi girya zoridur.
Ko‘ngulning zavqidin mahrum qilmanglar bo‘lub foim,
Namoz shab davomat dard bo’lsun kunduzi solim,
Biz-u bizga hamisha xavf qilmoq tangridin lozim,
Yoronlar barchamizg’a xaq rizosi girya zoridur.
21-bet.
Emastur umr o’zdin mundin ketarsiz yo bugun tingla,
Qiling bo varaqni sizdin burun burun dunyg’a kelganlar.
Yomon-u yaxshilar bir-bir sharob mark ichtilar,
Bu sharbatdin qutulmas ichmaguncha boqiy qilg’anlar.
Borimizg’a vatan oxir qorong’u go‘rdur tahqiq,
Biling dunyo emastur maskanimiz ey musulmonlar.
Yutub barcha haloyiqni qaro yer ……..to‘ydum,
Yer ostinda bo‘lur tufrog’ oxir zinda bo‘lg’anlar.
Kerakkim bu man er bo’lg’ay hamisha dirid bo tavba,
Ku yor do‘zag’ o‘tig’a osiy betavba o‘lganlar.
Ko‘ngul nuri Xudo birla Jaliliy pok qil ravshan,
G’alat udir o‘zga ma’ni bo‘lmas so‘z tilda aytg’anlar.
*****
Yoronlar jon omonatdur ketur vaqtida jon oxir,
Qolurlar barcha yig’lashib o‘g’ul-qiz xonumon oxir.
Qutulmas hech bir mo‘min o‘lumning sharbatin ichmay,
Ajal olg’ay hamadin jon pir-u javon oxir.
Agar ko‘rsa ayshi ori olamda nuhdek bisyor,
Ne suvu olami ajal jon berdi bermas omon oxir.
Yugurma yelma ko‘b muncha jon beray nafas ey mo‘min,
Ki yo‘qtur suvu zarra birdin bori ziyon oxir.
Jahon mashal rabotidur yo‘l ustinda bino bo‘lg’an,
Qo‘nub bir kecha ko‘chgandek tamomi karvon oxir.
Ichib yeb tanda paydo qilg’aning ............go‘sht,
Yer ostinda qolib so‘rg’ay ilon bir kun chayon oxir.
Xaloyiq ushbu olamdin ketar shoh-u gado kim-kim,
Ajal hukminda yaksondur demas yaxshi yomon oxir.
Sihat qolmas o‘lu changalidin tanda bir a’zo,
Bo‘lur tufrog’ monandi ruku be ustuxon oxir.
Hayotingdur g’animat o‘zlugindin ey Jaliliy o‘t,
Bugun tingla sharobi mut icharsen begumon oxir.
*****
Mo‘min nasib dunyoda tangri jafo qilur,
Xos ul kishidur o‘zni balog’a rizo qilur.
Sevgan qulini ranj bila qilg’ay imtihon,
Sabr etsa pesha hazar tig’i oshno qilur.
Har banda ne do‘st agar tutsa ibtido,
Tavfiq anga rafiq hidoyat ato qilur.
Mardonavor yo‘lg’a qadam qo‘yg’an ahli ishq,
Bir necha umri haq talabinda ado qilur.
Xozir bo‘lub tariqat ahli banofi muhotaro,
Hardam bejon-dil bila yodi Xudo qilur.
Ishq o‘ti har ko‘ngulga agar ursa shu’la,
Eyki, jahon kasofatidin dilkusho qilur.
.........ning niyyat donoyi haq talab,
Zikr oltinda dushman jon zir po qilur.
Abla nishoni maslahati dunyo ko‘nglida,
Umr g’ariz harf bir ey havo qilur,
Mahluq bo‘lsang-u budu gar shoqi said,
Xalq o‘z komil qudrati birla Xudo qilur.
22-bet.
Qodir har ishga ojiz emas vojib ul vujud,
Birni faqir-u shoh birovni gado qilur.
Qilsam Jaliliy sadqa dilim birla yora arz,
Har mushkulimni yo‘q shaki hojat ravo qilur.
*****
Har kimki ishq lazzatidin bexabar erur,
Joni hayot emas ko‘zi ko‘r ......kar erur.
Mag’rur noz-u ne’mat dunyog’a bo‘lsa kim,
Band havoyi havas talab siym zar erur.
Ahli saodat ul kishidur tavba jo‘rimdin,
Aylab ichinda dard qo‘yi chashm tor erur.
Xo‘b hayoldin agar uyg’onsa tanda jon,
Dono ko‘ngul ishiga ajib diydador erur.
Xosoni haq xuziyda bo‘lg’ay tilak qabul,
Sadqa bila tilansa kishi bahrador erur.
Daryoyi benihoyat agar kimni qilsa g’arq,
Kum nuri zot ichra ne..........sir erur.
Shukr zodak do‘st erur jon ko‘ziga ham,
Olti jihatdin emdi manga javohgar erur.
Bo‘lg’il Jaliliy mard mendin bo‘lub xolos,
Kimki qutuldi bandidin ul mo‘tabar erur.
*****
Yo‘lg’a kirgan dard yoshlar yodi Xudo etarlar,
Tutub bir ishni mahkam maqsudig’a yetarlar.
Zokir bo‘lub hamisha ham tarki fikr andisha,
Vatan bir ganj go‘shi pinhonida tutarlar.
Qilib zikri davomat ishlari tarki odat,
Ko‘ngulda zavq rohat aysh-u huzur etarlar.
Qilib havoyi havasdin ruhi chiqib qafasdin,
Yig’ilib pesh-u sasdin yo‘lg’a ravon ketarlar.
Jon-u ko‘ngul uyg’onib haqni botilni tanib,
Jonon vaslig’a tolib bo‘lub jondin kecharlar.
Jazab otig’a minibon gushash to‘nin kiyibon,
O‘zlukdun ayrilibon vahdat mayin icharlar.
Tanho safar qilmayin nafs domig’a ilmayin,
Shayhidin ayrilmayin xizmatinda yurarlar.
Dunyo zikrin unutub hoyu havasdin o‘tub,
Bir mard etagin tutub mardona sai etarlar.
Tark aylabon mo‘min g’zablanib badashmon,
Qilib ayni ravshan jonon sari tutarlar.
Ma’ni ilab ma’rifat qilurlar zuhd toat,
Bilsang jomi vahdat sharobin icharlar.
Jaliliy dunyo otin dema hargiz safotin,
Darvishlar zohir botin orasta tutarlar.
*****
23-bet.
Biling darveshlik jurm gunohdin tavba qilmoqdur,
Xudo yodig’a jon-u dil bila mashg’ul bo‘lmoqdur.
Qilib faryod-u xato yozuqlaridin ko‘b,
Ko‘ngul zangarini ashk nadomat birla yuvmoqdur.
Taalluq rishtasin uzmak tabarruh aylamakdur ruh,
Havodin yuz o‘gurmak tangri farmonig’a o‘ymoqdur.
Tutub qoyim o‘zun haq buyrug’iga zohir-u botin,
Ne kim bo‘lsa rizoyi haqdin o‘zga ani qo‘moqdur.
Emas mumkin kishi yurmak roh dil so’yi haq tanho,
Kerak albatta sharti yori sohibdilg’a bo‘lmoqdur.
Mahqiq umridin ma’nig’a bo‘lg’an mard solik vasl,
Muqallad bu yuruqidin nishosi haq yo‘lidin urmoqdur.
Hazar qilmay talab dashtinda bong nafs shaytondin,
Qadam bu yo‘lg’a oshiq qul kerak mardona qo‘ymoqdur.
Ko‘nguldin ilhakdur rohid safot nafs ammori,
Qilib jon diydasin ravshan alomatlarni ko‘rmakdur.
Agar kelsa islohg’a zuhd-u ri birla,
O‘lum go‘r-u qiyomat vahimni xozirg’a bilmoqdur.
Tamosho rohi jononi qilg’an oraz-u oshiq,
Hijob g’ayr jon ko‘zgusidin pokiza qilmoqdur.
G’araz har tolibi sodiq tilasa jon agar mashuq,
Darig’ etmay tavaqquf bizni istar yor bermakdur.
Jaliliy so‘rsa sendin el nedur deb bahra botin,
Degil mutlaq vujud-u mosuvo illaddin qutulmoqdur.
Haqning rizosi toat qilmoq kerak yoronlar,
O‘lguncha qullug’unda bo‘lmoq kerak yoronlar.
Dunyo najas bilinglar mehridin ayrilinglar,
Yodi Xudo qilinglar o‘lmak kerak yoronlar.
Demang roh-u ravshani oson qatig’ bu ishni,
Ko ‘nguldin g’ullu g’ashni qo‘ymoq kerak yoronlar.
Jon tandadur omonat qilmay ani hiyonat,
Ya’ni barvaqt soat bermak kerak yoronlar.
Agar haqni izlasang bo‘lmay talabi nafsning,
Ma’nidin ma’ni tilang qilmoq kerak yoronlar.
Mardi dunyo nazarimiz ko‘r-u karmiz,
O‘lumdin bexabarmiz o‘lmak kerak yorornlar.
Haq zikridin bir nafs Xudo kechar umr abas,
Tarki havoyu hush qilmoq kerak yoronlar.
Toat dunyoni taloq qilsa ko‘ngul yaxshiroq,
Oxir borimiz tufroq bo‘lmoq kerak yoronlar.
Jamla kechar jahondin barcha yaxshi yomondin,
Zikr sud-u ziyondin kechmak kerak yoronlar.
Sharti rohi tariqat zikr-u sano ma’rifat
Ulug’lardin nasihat olmoq kerak yoronlar.
Jaliliy mard nodon demang zohir parishon,
O‘lturushub imtihon qilmoq kerak yoronlar.
*****
Yo‘lg’a kirgan oshiqlar oh-u fig’on qilurlar,
Jonluhdin tark mehr eyki jahon qilurlar.
24-bet.
Umid vasl jonon qilib yodin hamisha,
Talabgo‘yinda yugurub yelib javlon qilurlar.
Mardon haq talab ham oliydur himmatlari,
Aql-u dil-u jon fido bahra jonon qilurlar.
.....zamon seni chok shom-u saharlar kuyub,
Ishq o‘tida yurak ham bag’rini qon eturlar.
Xoliq ichradur tanlari begonadur lekin,
Botinda har dambadam tiyyi makon qilurlar.
Sohibdilidin aylab ta’lim jang qo‘lda,
Tig’ siyosat hamla so‘yi shayton qilurlar.
Tark ibtido dunyoni andishai oxirat,
Qiz-u o‘g’ul ko‘ngludin ham xonumon qilurlar.
Jazbi to‘nin kiyib ham ishq otig’a minibon,
Maydon harb ichra kori mardon qilurlar.
Izhor holatingni elga qilsang Jaliliy,
Seni deb yo‘ldin ozg’an botilmakon qilurlar.
*****
Hazin ko‘nglumda mehri dilbari nomehribonim bor,
Kuyarman hajrida bisyor faryod fig’onim bor.
Firoq o‘tig’a kuyursa mani boshdin oyoq avloyi,
Nedur choram qilurman jabr tanda toki jonim bor.
Bo‘lub kundin kun afzun ishq urdi hasta ko’nglumda,
Tahammal pesha qilgum tarku beustuhonim bor.
Yurak bag’rim yoqar ishq o‘ti mashal otash so‘zon,
Ado bo‘lmas kuyub hargiz chashmi notavonim bor
Haloyiqlar mani der telbayi majnun mard bema’ni,
Alarning tandin zarra ne sud-u ne ziyonim bor.
Tilakim yor vaslidur muyassar bo‘lma harchand,
Umidim qati emas hargiz qachon bo‘lmas makonim bor.
Jaliliy mard ablahdin qilur rozi dilin pinhon,
Vale donog’a derga sir hazoron dostonim bor.
*****
Tariqat maydonig’a qadam qo‘yg’an,
Oshiq qullar nuhi zori qilg’usidur.
Oh-u faryod urub tinmay yig’lamoqdin,
Tig’i hasrat birla bag’rin tilgusidur.
Dardi bo‘lub davo tilab yo‘lg’a kirg’an,
Zikr toat nuri birla ko‘ngli to‘lg’an.
Bir mauhaqqiq hurshididin tavba olg’on,
Nihoyat manzilig’a borg’usidur.
Tavba sharti mo‘min qullar kirsa yo‘lg’a,
Qachon qilg’ay birdam nazar sog’ so‘lg’a.
Mehr jonon qilib shavqat ushbu qulg’a,
Rohat mehnat, mehnat rohat bo’lg’usidur.
Muhitdin yuz o’gurgan erning ishi,
Bag’ri biryon bo’lub erur yo yurmishi.
Har dambadam diydasidin oqib yoshi,
Qizil mengzi sarg’aribon so‘lg’usidur.
Zavqi bila haqni talab qilsa harkim,
Rost yo‘lg’a xato qilmay yursa harkim.
Do'stlaringiz bilan baham: |