52-bet.
Xonumon egni jahon balki g’ariz jondin kechib,
Hosil etgil shavq-u zavq dard xolat ey ko’ngil.
Shish jihatdin qo’y qadam parvon bo’lsang mard roh,
Bo’lmasin ko’ksungda hech mehr-u najosat ko’ngul.
Bir muhqiq hurshididin ketib qilsang tavba ne,
Bo’lg’usi joningda ham iymonda rohat ey ko’ngul.
Komi dil qilma talab hargiz muqallad ey yor,
Qoch bulardin bo‘lsa marding to qiyomat ey ko‘ngul.
Mayl qilsang haq sari darvishlar qilmayin ol,
Bas bular irshoddur tilim xufrat ey ko‘ngul.
O‘z muroding birla yo‘l yursang dema yo‘l deb makon,
Sonsiz ofatdur bu yo‘lda bir hojat ey ko‘ngul.
Aldanib dunyo bila tuzma raboti ko‘hnani,
Lomakon dashtinda qil ziynat imorat ey ko‘ngul.
Zavq toat ko‘rmagaysen zuhddin qilma umid,
Bo‘lmag‘uncha senda to mehr-u muhabbat ey ko‘ngul.
Dema sahl ishdin Jaliliy bo‘ldi yo‘ldin bahrador,
Aql jon dil berib chn tobti qurbat ey ko‘ngul.
*****
Bo‘lsa dard ey ko‘ngul darmoni yetmaklik mahal,
Bilki, jondin kechmayin janona yetmaklik mahal.
Dard qil senda paydo quvvat komil erur,
Ishq mavji bo‘lmasa ummoni yetmaklik mahal.
Jondin o‘tmakdur qayg’u shuvo rahmat bor kuchi,
Bo‘lmasa bir bog; imorat joni yetmaklik mahal.
Xozir ayt ko‘nglungni topqaysen huzur ayshu-nush,
Dil parishon lazzati iymon yetmaklik mahal.
Zavqi pinhon izlasang qil tark shahvat orzu,
Qilmag’uncha ishrati pinhona yetmaklik mahal.
Cho‘st-u cho‘ taraf olam har jo‘nab qilmayin,
Sohibi dil komil er mardona yetmaklik mahal.
Oshno begonalardin bo‘l Jaliliy angla hol,
Leki sira holig’a begona etmaklik mahal.
*****
Uyg’on hayol uyqusidin ey banda dil bedor bo‘l,
Ma’ne tilarsen mardumi sohib dilig’a yor bo‘l.
Dard ahlig’a talabgor xudo,
Topsang agar andin nishon oldinda xizmatkor bo‘l.
Yor mahqiqdin bo‘lub jondin muri ahli murod,
Amrinda mahkum ro‘zi shab to tanda joning bor bo‘l.
Noqis muqallad amridin qilma yaqinliqni ta’ma,
Qochg’il bulardin …………….behad zinhor bo‘l.
Kim uni kibru gin uchun qilsa sanga ta’lim dil,
Qilma darig’ andin duo albatta minnatdor bo‘l.
Surdum bir ahli illaddin ne kasb etib bo‘ldum yaqin,
.......ko‘ngulda ko‘lda ko‘z qilib der talabi diydor bo‘l.
Rohi nasihat ixtiyor etsang Jaliliy dahr aro,
Mast mayi vahdat bo‘lub ko‘nglung botin hushyor bo‘l.
*****
53-bet.
Tilarsan dunyoda ey banda rohat yod jonon qil,
yoqib ishq o‘tig’a jon jigardiydangni giryon qil.
Bo‘lub g’ofil xaridin umr sahuda ko’churganga,
Yoqang tut tavba zori ham kafahingdin peshmon qil.
Umiding bo‘lsa ish oxirat toatg’a bog’lab bel,
To‘kub ashk nadomat ko‘zlarindin nola fig’on qil.
Agar inson komilsen o‘lumdin bo‘lma dam g’ofil,
Qo‘lungdin berma zikr-u toating ham xayr-u ehson qil.
Jahondur bevafo qilma ko‘ngul mehrig’a vosita,
Kuchung bor necha to quvvat jihod nafsi shayton qil.
Tutub bir dard komil erni bo‘lsa amrinda mustahkam,
Bu g’aflat ko‘yidin chiq ko‘cha digarda javlon qil.
Ko‘ngul haqning nazargohi erur ey banda bil tahqiq,
Ki aynihiningni ravshan loyiqi avval shohi xo‘bon qil.
Dema bir lahza g’ayridin bo‘lub yoron begona,
O‘zungni oshno ham suhbati mard xudodon qil.
Jaliliy qadar asnodin tilaki, aloqat,
Rohi dildur ...................kirganga oson qil.
*****
Jahon g’amida yo‘q shaki bo‘lg’usidur qaro ko’ngul,
Hosil etar zavq tark qilsa havas-u havo ko‘ngul.
Maslahat eyki jahondin o‘tmaguncha aysh kim,
Banda erur shish jihati pesh pesu qafo ko’ngul.
Fayz alhidin agar tobsa natija zarra,
Mayli balo boqmay hech jo‘nab mosuvo ko‘ngul.
bo‘lg’usi mahv g’illa g’ash nishonda holi tariq,
Hamdum hamnishin bo‘lub hamnafsi Xudo ko‘ngul.
Mast mayi ishq emas xosil dard zavq shavq,
Nafs uyidur xona devu maslahati savo ko’ngul.
Haq buyurub kalomida shartni ravshanu sirrih,
manzil aro makka zikr shona duo ko’ngul.
Yor Xudo inoyati bo‘lsa yo nisbat pir,
Kulba g’irbat erur maskan ozodha ko‘ngul.
Desa xabar xolatidin Jaliliy chin emas g’alat
Mahv bo‘lub aql jon qoldi tani fano ko‘ngul.
*****
Demak til birla haq yodini ey mar-u man davomat qil,
Yurakda urusida jonda hosil zavq rohat qil.
Ko‘nguldin tark fikr andisha xo’b xayolat qil,
Sahar vaqtida uyg’on ey banda toat qil.
Yaratg’an amr toat qildi so‘yi barcha mahluqot,
Saodatlig’...........................................................
Qilib ko‘nglungni ogoh tanda bo‘l mashg’ul mushradot,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Erur maqbul toat diydagiryon bo‘lub qilsang,
O‘g’ul qiynar xonumoning zikrdur jon dushmani bilsang.
Kechib begonalardin oshno sarig’a yuz ursang,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
54-bet
Emas rozi xudo mo‘min xato yo‘lig’a borg’andin,
Erursen chin qul ayrilma kecha kunduz peshmondin.
Ki bo‘lsa omon bo‘lmoq niyyatingda nafs shaytondin,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Qilur maqbul haq qilsang kuyub faryod zoringni,
Bo‘lub mashg’ul dunyoda unutma bir-u boringni.
Solib xotirg’a isyon birla o‘tgan ro‘z-u koringni,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Seni bor etti yo‘q yerdin o‘shal kim qadarsajon,
Buyurdi zikr toat tut dil-u joning bila farmon.
Agar sen orzu qilsang huzur jannati rizvon,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Qani Odam bila Havvo qani qavm tabori ho‘yish,
Tamomi bo‘ldilar yer birla yakson qolmadi sas sash
Visol do‘st qilsang oraz-u ..........darvish,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Dil-u jon birla qil tavba gunohdin ayrilay desang,
Degil bisyor yod-u haq ko‘ngul ravshan qilay desang.
Agar haq huzur tanida sohib izzat bo‘lmay desang,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Ona qornida berdi rizq ro‘zi tangri tuqquncha,
Ishq bo‘lmoq yemak ichmak uchun anduhkin muncha.
O‘lukdek yotmagin zinhor bejon to tong otquncha,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
Sanga etur Jaliliy oxirat behbudin silsiz,
Jonga qayg’usi kam bo‘lmas tafakkur aylasang harchand.
Desang farvo qiyomat mahsharida shod o‘lsang xursand,
Sehr vaqtinda uyg’on uyqudin ey banda toat qil.
*****
Ajib yo‘ldir tariqat ey yoronlar,
Sadqayi birla qadam bilib qo‘ysa harkim.
Vasl uyig’a yetar agar himmat qilib,
Qaro ko‘ngil qaro sani yuvsa harkim.
Zikr nuri birla bo‘lg’ay ko‘ngil ravshan,
Fikr-u fasod ketar ondin ishg’ol tan.
Mahv o‘lg’usi xotiridin mulk vatan,
Pir amrida istiqomat qilsa har kim.
Yo‘l nishoni fikri dunyo hech qilmas,
Zikr toat o‘zga ishdin zarra bilmas.
Eyki olam rohatini ko‘zga ilmas,
Ishq yo‘lig’a mard bo‘lub kirsa harkim.
Har ko‘nguldin agar tarki havo bo‘lsa,
Nafs shayton manlik andin judo bo‘lsa.
Bo‘lur tiyyi makon lutf Xudo bo‘lsa,
Yo‘l shartini qo‘lg’a mahkam olsa harkim.
Ahil tavba o‘tar xo‘b xayolotdin,
Zavqi ortib qilsa zikr-u ibodatdin.
Tarson erur g’ami ko‘r-u qiyomatdin,
Sadqa birla agar tavba qilsa har kim.
Tavba sharti tarkidunyo qilmoq kerak,
Shish jihatdin haqni xozir bilmak kerak.
55-bet
Xolis bo‘lub ko‘ngul yo‘lg’a yurmak kerak,
Darvishlik yo‘li budur yursa harkim.
Chu ohimdur kalomim yo‘l yurganimdin,
Jon diydasi birla bir-bir ko‘rganimdin.
G‘arq vahdat faqir fano bo‘lg’animdin,
Bayon etay maning birla bo‘lsa harkim.
Ma’ne so‘zin begonaga qilsam izhor,
Xaloyiqdin yetar ta’nu jafo bisyor.
Birdin to’ymas ma’ne zarra dili bemor,
Bilur agar joni suhbat bo‘lsa harkim.
Ey Jaliliy agar bilsang xabar yo‘ldin,
Bayon qilg’il ko‘ngli hasta xoliq eldin.
Tujjuhi botin tilim ayla tildin,
Yo‘ldin boray nishon mandin so‘rsa harkim.
*****
Talab ko‘yinda tinmay lahza yozdi valjalol ettim,
Qilib ko‘nglumni xozir tarki andisha hayol ettim.
O‘gurmay yuzni dushman haybatdin vaqt jang g’olib,
Bo‘lub kim-kim yuz zikr alarni poymol ettim.
Ko‘rub yuz ranj mehnat yuz jafo tafriqi ranjidin,
Ila chin o‘zga hech tobmay o‘zum g’arq visol ettim.
Ko‘rurman jon uyi to‘lg’on labo lab chirk dunyodin,
Olib ilkimga bir jorub pokiza halol ettim.
O‘jarg’a so‘yi jonon jon qushi mayl etti yo‘q olat,
Qilib himmat anga jon sirru bol ettim.
Vujud mosuvo bir ham etib maqsudi jon hosil,
Muyassar bo‘ldi ma’ne yo‘lni kamlikda kamol ettim.
Ayog’imdin boshimdur g’arq daryoyi uluhimmat,
Qulog’im kar ko‘zum omi zabonim gung-u lol ettim.
Ki nafs g’ayr zayl bo‘ldi mutlaq tiyra ko‘nglumdin,
G’ami shab ro‘zi ham tark hayol mahsul ettim.
Tobib bir yori ..................................................,
Jaliliy bir nihol ektim xatosiz bir kamol ettim.
*****
Sanga ey yor oshiq toati ohafi kerak lozim,
Tabarruh ruh so‘yi olam balo kerak lozim.
Qabul etmay dil-u joning............................
Ne kim bo‘lsa fidoyi xazrati mavliyo kerak lozim.
Havas qilsang rohi tahqiq yurmak jonibi maqsud,
Sarvari yo‘lni ko‘rgan hurshidi bino kerak lozim.
Qachon bilgani murid ahvolini dil murda noqobil,
Qilurg’a dars dil-u tilim bir dono kerak lozim.
Huzur dil erur ahli tariqat shart ham uzlat,
Maqomat o‘lg’ali ti kushi tanho kerak lozim.
Jaliliy qilsa har kim ixtiyor pand-o‘git elga,
Fano bo‘lmoq vujud ham manzili a’lo kerak lozim.
*****
Do'stlaringiz bilan baham: |