Yorkim izlasa sharti anga bir yor xojat, Dil-u jon birla demak endi bir yor xojat



Download 254,5 Kb.
bet2/3
Sana20.02.2022
Hajmi254,5 Kb.
#460944
1   2   3
25-bet.
Iroda vaslig’a bo‘lsa har kim,
Naf-u zarar nuqsonini bilsa har kim.

Haqni izlab agar toat qilsangizlar,


Toat ahli dunyo tarki bilsangizlar.

Pir armonida yugurub yelsangizlar,


Bo‘lsa kimga diydor oti ko‘rgusidur.

Yo‘l nishoni bayon qilay anglagaysiz,


Belni mahkam jon bergali bog’lag’aysiz.

Faryod urub shom-u sahar yig’lag’aysiz,


Ishq yo‘linda oshiq yig’lab kulgusidur.

Dunyo ayshi soatidur bilmak kerak,


Ne bor necha toat zikr qilmak kerak.

Murid murod amri bila yurmak kerak,


Ko‘ngli ravshan ruhi zinda bo‘lg’usidur.

Agar bo‘lsa kim muqallad birla chandi,


Mahkam bo‘lur taqlidga poyi bandi.

Zuhd toat bisyor etib havolandi,


Ko‘ngli qaroku pok jon o‘lgusidur.

Zavqi holat ey Jaliliy bo‘lsa senda,


Degil so‘zing bilib kim so’z izlaganga.

Qayu qulning joni hayot agar tanda,


Bo’lsa ma’ni so‘zdin ma’ni tuyg’usidur.

*****


Birodarlar biling tahqiq dunyo dushman jondur,
Ani har kimki tutdi do‘st beshak qalbi nodondur.

Munosib xo‘blaram ko‘rsatib bir fikr noboyist,


Xato yo‘lig’a boshlag’uchi dunyo nafs shaytondur.

Emas mumkin ofatdin qutulmoq banda mo‘min,


Va lekin bo‘lsa tavfiq hidoyat gar osondur.

Jahon zaqvqig’a g’ari bo‘lmoq ey banda emastur xo‘b,


Gar oxir barcha noz-u ne’mati yer birla yaksondur.

Xolis o‘lmoqni mundin qilsa maqsud talabi sodiq,


Ki bilsun sohibi dil suhbati dardig’a darmondur.

Ko‘nguldin bo‘lmag’uncha tarki mehr lazzati dunyo,


Yur yemagi so‘yi maqsud pokmon albatta yolg’ondur.

Jaliliy tarki ani har kimki qilmay desa pand elga,


Yomon ish mundin o‘tmas bilki bil nuqsoni yomondur.
*****
Umr o‘tdi g’ofil to‘ymaduq ey do‘stlar ey do‘stlar,
Mardi xudog’a o‘ymaduq ey do‘stlar ey do‘stlar.

Tinglab ulug’lardin javob bormay biroh nosavob,


Qilmang gunoh behisob ey do‘stlar ey do‘stlar.

Qilmoq kerak yaxshi amal xolis riyodin behalal,


Barchamizg’a kelgali ajal ey do‘stlar ey do‘stlar.

Kim qilsa toat besh namoz ko‘nglunda bosadoq niyoz,


Bo‘lg’usi onda sarafroz ey do‘stlar ey do‘stlar.

26-bet.
Ne bo‘ldi qilsaq toati qo‘rqub Xudodin soati,
Bo‘lg’aydi haqning rohati ey do‘stlar ey do‘stlar.

To‘ymay qolurmiz umr o‘tar maqsudig’a izlagan yetar,


Ajal yaqomizdin tutar ey do‘stlar ey do‘stlar.
Toat Xudoning buyruqi loqaylamoq ko‘rub xozir haq,
Barcha ketarsiz biz taqi ey do‘stlar ey do‘stlar.

Giryon bo‘lub shom-u sahar qilsaq namoz-u ro‘zi gar,


Shoyad haq etgaydi nazar ey do‘stlar ey do‘stlar.

Dunyog’a kelganlar qani mastona bo‘lganlar qani,


Man man degan erlar qani ey do‘stlar ey do‘stlar.

Qilsa Jaliliy subhi shom pand eshiting ey …….,


Barchamizg’a dunyo xarom ey do‘stlar ey do‘stlar.

*****
Ko‘ngul behbud birla bo‘lsa har kim komil insondur,


Va lekin hamdam g’ayr o‘lsa iymonig’a nuqsondur.

Hidoyat bilgusi tavfiq toat ham yana sharti,


Yurakda dard hasrat tilda zikr chashm giryondur.

Qilib taroj mol-u mulkin Ibrohim Adhamdek,


Tolibda kabi maqsud ne ofat-u xezondur.

Mayi vahdatdin ichgan oshiq jonbozning holi,


Jihatsiz betakalluf yordir ori namoyondur.

Agar solik umid vasl etib qilsa qadam yo‘lg’a,


Tolib bo‘lsa gar benuqson yur yemak yo‘lni osondur.

Qilib bir necha nodon ahd yodi haq bila lekin,


Buzub ahdin qilib bebahra tobe nafs shaytondur.

Fano mulkinda kim qildi vatan bunyod erur boqiy,


Ajal vayron etar mulk jahon harchand chandondur.

Muqallad jimg’ay tark et ta’ma qilsang ko‘ngulda fayz,


Muhaqqaq nishosi bil quvvat jon nuri iymondur.

Kim o‘lmay vasl etar jami haloyiq begumon beshak,


Qilib zulmat jon iymonda bisyor nuqsondur.

Jaliliy bo‘lsa gar boqiy vujudingdin osar mo‘yi,


Degan boshdin oyoq qo‘lung g’alat albatta yolg’ondur.

*****


Qilay sizlarg’a bir pand ey g’ofil dunyog’a kelg’anlar,
Ne rasvoliq abas muncha qilib sizga yugurganlar.

Iziga bosh qo‘yub toki Xudo yodidin ayrilmoq,


Ko‘rub loyiq munosib ey havo domig’a ilganlar.
Ki dard so‘yi g’ayr etmak nazar bir lahza ey mardum,
Ko‘rar turluk azobi go‘rda betavba o‘lg’anlar.

Savol etdim bir erdin haqqotinda ahli izzatkim,


Dedi sodiq atqoda xosil birla tavba etganlar.

Iloji har ko‘ngul bo‘lsa agar hasti biling tahqiq,


Erur menlikdin o‘tganlar sabab ma’niga yetganlar.

G’ami go‘r-u qiyomatdur sahih ey banda mo‘min,


G’alatdur qiz o‘g’ul andisha sen ko‘ngulda qilganlar.

Jaliliy mard-u asl domanin tut sof qil seni,


Qilurlar tark g’ulla g’ash murod amrinda bo‘lg’anlar.

27-bet.
Ishq ramzin har yurugan qalbi nodon anglamaz,
Bandalik aysh xuzulin band bo‘lg’an anglamaz.

Chashmi botin olatidur ko‘rgali jonon yuzin,


Oqil-u zohid raso mard musulmon anglamaz.

Ishq ko‘yinda yutar xun chekar oshiq mudom,


Bu olam zahmin kishi toy-u tamoyin anglamaz.

Yor eshiginda gadoliq aylaganlar vasl uchun,


Tanda joni mahv erur har johil inson anglamaz.

Ishq dardi bo‘lsa vorid har ko‘ngulga nogahon,


Yuz tabiyat ojiz kelib bu dardi darmon anglamaz.

Yor birligi banda ki in’om ehson qilsa baxsh,


Shod bo‘lg’ay vasl aro joninda nuqson anglamaz.

Umidi ro‘z azaldin har kim o‘lsa bejabr,


Qoldi g’aflat bahrida g’arq ahd-u paymon anglamaz.

Bo‘lma o‘zluk olaminda ey Jaliliy zinhor,


Kim hijob otinda qoldi joni jonon anglamaz.

*****


Judo bo‘lmoq manga mumkin emas ul yordin hargiz,
Dame ko‘z ko‘rmas o‘zga sholi diydordin hargiz.

Tamosho eruh jononi birla shod muzarram,


Hazar qilmas ko‘ngul hech fath ag’yordin hargiz.

Talab ko‘yinda bo‘lsang darid sen gado qil paydo ,


Ki ma’ni xosil o‘lmaz jubbu do‘stardin hargiz.
Fig’on-u nola beshak tutdi rohi dil ey solik,
Yo‘q o‘zga zarra sarmoya oh-u zordin hargiz.

Umid ey mehribon dilbar bu dunyo oxirat sendin,


Judo qilma meni sen ul guli ruxsordin hargiz.

Tilakim vasl erur ey shohi xubon bo‘lmayin mehrum,


Ilohiy qilma yuz bu ishda men nochordein hargiz.

Demas roz dil orif murda dil johilg’a bir harfi,


Ki pinhon sirni qilmaz voqif asrordin hargiz.

Tilarsan mag’firat ey banda mo‘min gunohingdin,


Dame ayrilma sodiq-u tavba istig’fordin hargiz.

Jaliliy quvvat iymon tilagil ahli ma’nidin,


Talab zavq aytma shayx botini murdordin hargiz.

*****


Kechib umrung abas ey banda g’ofil bilmading hargiz,
Gunohingdin pushaymon tavba toat qilmading hargiz.

Bo‘lub dunyo bila mag’rur yurdung man faloni deb,


G’arib-u benavolikni ko‘zga ilmading hargiz.
Kecha kunduz yelib yugurub jahon zavqinda mustahlak,
Qaro ko‘nglungni haq yodinda ravshan qilmading hargiz.

Qilib tavba gunohdin bo‘lmading shom-u sahar giryon,


Yurak bag’ringni hasrat tig’i birla tilmading hargiz.

Hayoling ro‘zi shab tuzmak jahon asbob olatin,


G’ami go‘r-u qiyomat soati yod etmading hargiz.

Hamisha niyating dunyoda bo‘lmoq sohibi izzat,


Bu botin zikrdin bir lahza ayrilmading hargiz.
28-bet.
Jaliliy bo‘lmag’uncha hamroh bir mard xoqoni,
Ko‘ngul yo‘lunda kimdur do‘st dushman bilmading.

*****


Tutursan zohiringni pokligin chashm dil omi,
Ko‘nguldin ko‘z ochib jonon sari yurmading hargiz.

Halohil noming xolatidin zohir ……


Keldi bir so‘z bayon etay tinglag’aysiz.

Qilib tavba bo‘lib murid yo‘lig’a kirgan,


Darvishlar holi nechuk anglag’aysiz.
Xavf rijobatday hollaridur,
Na’fi zohir dili xozir yo‘llaridur.

Yodi xudo birla hayot jonlaridur,


Rost bilib ko‘ngul mahkam bog’lagaysiz.

Agar tobe ko‘ngul haqdin hidoyatni,


Qarab nuri yoqar xo‘b-u hayolotni.

Qilsangizlar hush-u zavq ibodatni,


Ey muridlar ko‘ngul xozir saqlag’aysiz.

Ey mardi haq rizosida yurmaganlar,


Suhbatinda ko‘ngul xozir qilmaganlar.

Ey qarib vasl jonon bo‘lmag’anlar,


Jihod qiling tarki yo‘lda qolmag’anlar.

Ey tariqat ahli yo‘lg’a kirsangizlar,


Qarab vahdat haqdin ta’ma qilsangizlar.

Jondur hijob agar kecha bilsangizlar,


Jon bergali belni mahkam bog’laganlar.

Ko‘ngli yorur haq ahlidin tavba olg’on,


Gar bo‘lmasa siyna ravshan tavba yolg’on.

Ey iranlar suhbatinda xozir bo‘lg’an,


Darvishlar sahar turub yig’lag’aysiz.

Ko‘ngul shom-u sabo zokir bo‘lmag’uncha,


Dunyo zavqi zohiridin qolmag’uncha.

Mardi Xudo duosini olmag’uncha,


Ey yoronlar hoyi makon qilmag’aysiz.

So‘z Jaliliy desa aytur ko‘rganidin,


Yo‘lda bir-bir ayon voqe bo‘lg’anidin.

Boshdin oyoq bu g’azal yo‘l yurganidin,


Behamdullo so‘zi chindur g’alat bilmagaysiz.

*****


Hol ahlidin yoronlar lahza ayrilmag’aysiz,
Buyursalar har amri tahalluf qilmag’aysiz.

Dunyo najas bilinglar tarki lozim qilinglar,


....................................................................

Yuzlari nor handon damlari bo‘yi irfon,


Zohirlari parishon debon kam bilmagaysiz.

Muborak mard ma’ni qilur ko’ngul ravshani,


Joni bir judo tani holig’a yetmagaysiz.

Birlik maqomi bo’lg’an haq nuri birla to’lg’an,


O’zluk vujudi o’lgan ko’nglini ko’rmagaysiz.

Aytib sano tillari oynai ko’ngullari,


Oydin orig’ yo‘llari kirsangiz chiqmag’aysiz.
29-bet.
To yurmayin tariqat ko’rmay ranj-u mashaqqat,
Fano bo‘lmay ma’rifat xoliq ichra demagaysiz.

Odob birla bo‘lunglar buyuruqinda o‘lunglar,


Nasihatin olinglar to yo‘lda qolmag’aysiz.

Jaliliy yor joni sizlarga yo‘q makoni,


Bo‘lsangiz mehmoni haqni unutmag’aysiz.

*****


Parishonxotir o‘lmon tani ag’yordin hargiz,
Hazar tobmon kalom mardumi bemordin hargiz.
Ko‘ngul tobti sihat jon bo‘ldi jonon birla vasl andoq,
Emas mumkin Xudo bo‘lmoq dame ul yordin hargiz.

Talab ma’ni ne qil dunyoni tark ey mard bil hech kim,


Vafo ko‘rmas .........................................................

Gar o‘lsa qasding ey hojat g’avg’osidin o‘tmak,


Ko‘ngulda uchib har ne bo‘lmasun pand ordin hargiz.

So‘l aytim biroyerdin seni sof o‘lmoqni ta’lim et,


Kim ul aydi yo‘q o‘zga tavba istig’fordin hargiz.

Muyassar bo‘lmag’ay jonona vasli izlagan qulg’a,


Ki qilmoq birla g’ofil toati bisyordin hargiz.

Qilur habo ta’masidin vasling ayshi xubon,


Yuzung pushida qilma tolibi diydordin hargiz.
37-bet.
Jaliliy fahm qildi xo‘b holi sirda ma’nilik,
Go‘r-u nur el ko‘ziga mashal monandi bashar voiz.

*****


Qarab jonon izlagan qilg’usi jonin vidoe,
Mulk sabab vatandin xon-u mondin vidoe.

Eyki olam mehridin qilmoq ko‘ngulni sardo ham,


Oshno begonadin yaxshi yomondin vidoe.

Do‘stdin mehr-u muhabbat ko‘b ta’ma qilmoqturur,


Betavaqquf aylamak sud ziyondin vidoe.

Dil nazargohi Xudodur sharti onda bo‘lmasun,


Zarra harf savot ham ruhi ravonin vidoe.

Ul pari zavqi zavqi asar jonig’a aylab ham qilur,


Tarki tohir masiyat charm nihonidin vidoe.

Bo‘lsa dard ishq agar har bir ko’ngulga qildurur,


Lahzada dushvordin zavqi jahonidin vidoe.

Surtim vayron ko‘rub deng Jaliliy aybi ish,


Qildi ko‘nglum dunyoning pir-u javonidin vidoe.

*****


Yo‘l nishoni uchdur toat bo‘lg’usi zuhdure,
Qilsa har tolibg’a quvvat bo‘lg’usi zuhduri.

Zikrdin paydo bo‘lur beshak ko‘ngulda zavq agar,


Desa ko‘b mehr muhabbat bo’lg’usi zuhduri.

Nafi zohir zavq botin birla qilg’an bandaki,


Ziynati dil ruhi rohat bo‘lg’usi zuhdure.

Shish jihatdin bilsa xozir haqni yodi aylardakim,


Vasl ajri o‘rni jannat bo‘lg’usi zuhduri.

Bir necha nodon ko‘rub lozim o‘zga kasb etar,


Ko‘ngliga bisyor illat bo‘lg’usi zuhduri.

Mahv etib jonboz oshiq siynasidin naqshi g’ayr,


Zikr ko‘ngulda riyozat bo‘lg’usi zuhduri.

Zohir-u botin muvofiq tun Jaliliy qil bu ish,


Sudi fardoiy qiyomat bo‘lg’usi zuhduri..
*****

O‘tdi umrung ey birodar haqni bilmay vo darig’,


Soati xozir bo‘lub yodini qilmay vo darig’.

Chun hayoting bo‘ldi nafs dun savdosida,


So‘yi maqsud bir nafas bir lahza yurmay vo darig’.

Qarab jonondurki bo‘lg’ay ravshan andin jon dil,


Zir g’aflat qoldi joning bahra olmay vo darig’.

Soch oqarib sarg’ayib qish ketdi tandin quvvating,


Uyqudin birdam ko‘ngul paydo bo‘lmay vo darig’.

Qut dunyo bilan bo‘ldin ulug’ o‘zdin ketib,


Beva-yu bechoralar ne ko’zga ilmay vo darig’.

Aldanib dunyog’a umring o‘tsa bil gar qabih,


Jabr nuqson ziyon sudingni bilmay vo darig’.

Xolating ravshan Jaliliy erdi mashal aftob,


Ko‘b haloyiq qoldilar ogoh bo‘lmay vo darig’.

38-bet.
Bo‘lsa ko‘ngil qaro qilur nuri hidoyat yorug’,
Mashal chirog’ ila meshxona zulmat yorug’.

Hirs-u havodur sabab seni tutulmoq uchun,


Shaksiz etar jon uyin ganj-u qanoat yorug’.

Kimki davomat ayshi ko‘ngligadur pospon,


Bo‘ldi anga natijasi rohi tariqat yorug’.

Zikr jahondin bo‘lur jon ko‘ngul mardlik,


Zikr Xudo qilg’usidin diyonat yorug’.

Desam agar o‘z yo‘lum bir nazarinda bil mani,


Qildi qorong’uluq .......................yorug’.

Kimdin agar xuftam rohi tahqiq,


Bilnur anga begumon roh sulolat yorug’.

Bilki Jaliliy qilur zavq jahon dilsiyoh,


Zuhd sano ham aytar aytar zikr-u ibodat yorug’.

*****


Yorni man izlamak bir yordin qildim so‘rog’,
Biz kuygan diydagiryon zordin qildim so‘rog’.

Elga izhor aylamay harchand bo‘lsa ko‘nglum qabih,


Sirri pinhon voqifi bo‘lsang asroridin qildim so‘rog’.

Bo‘lg’oninda yo‘lda voqe jonga ofatman iloj,


Ahl ma’ni mard sohibkordin qildim so’rog’.

Ishq ramzin tolibi nodonlarg’a izhor aylamay,


Jonda dardi ishqi zavqi bordin qildim so‘rog’.

Yo‘l nishondin turluk ofatlarni ma’ni marifat,


Yor qobil mard xush raftordin qildim so‘rog’.

Jamla olam ey Jaliliy mast ichib g’aflat mayin,


Men jabr bir mard dil hushyoridin qildim so‘rog’.

*****


Kerak mo‘min ishi dunyoda bo‘lsa girya zori xavf,
Qilib takror tavbani hisob-u be shumori xavf.

Ziyoda bo‘lmag’ay zavq jahondin ko‘nglung,


Bo‘lur maqsud murodi ham iroda ixtiyori xavf.
Qilib ayni ravshan mehrob-u gulni mahv aylab,
Bo‘lub oromgohi ruhning sabr qarori bo‘l.

Budur tinmay so‘rog’ yod etib ko‘rsa gado yo shoh,


Muqim maskanu manzil tutub bo‘lmay diyori xavf.

Umid vasl etibki ki tutub yosh eyki ko‘zdin ko‘b,


Yutub xun jigar g’am g’ussa har dam dard yori xavf.

Jaliliy ro xabar talimdin qo‘yma qadam birdan,


Xoliq amrkim qilsa erur albatta kori xavf.

*****


Banda mo‘min Xudo yodinda bo‘lg’an yaxshiroq,
Bo‘lsakim begona haq yodidin o‘lgan yaxshiroq.

Soati dunyo uchun muncha ne hojat daru gir,


Umr qilg’uncha vafo chuyan yazdon yaxshiroq.

39-bet.
Zinda qo‘lg’a aysh rohat najot davlat ne emas,
Aylamak nazzora diydor jonon yaxshiroq.

Ey ko‘ngul pok t o‘zungni kech jahon savdosidin,


Tarki sandin bo‘lsa jamla charm isyon yaxshiroq.

Ish zavqi bo‘lsa senda toat roygan,


Zuhd taqvo jon hazar diydairyon yaxshiroq.

Qilma ko‘b muhmal hayol andisha ersang yo‘lg’a hech,


Ishq ko‘yida yurumak masal mardon yaxshiroq.

Dard dog’ so‘z erur bu yo’lda zodar ahli,


Bag’ri sadpora yuragi bog’lasa qon yaxshiroq.

Tark bo‘lsun ey ko‘ngul albatta sandin g’ullu g’ash,


Dil bo’lub xozir demak ko’b yodi sijon yaxshiroq.

Ey Jaliliy tolibi sodiq bu yo’lda ibtido


Bo’lsa dushman sihat so’yi nafas shayton yaxshiroq.

*****
O’lum haqdir biling boqiy tirik dunyoda qolg’an yo’q,


Yomon yaxshi o’tar kim-kim hamisha munda bo’lg’an yo’q.

Gunohidur ulug’ qilsa yemak ichmak g’amin banda,


Ado bo’lmay dame rizqi gar sani o’lg’anyo’q.

Sabab qarab ilohiy tarki dunyo zuhd-u toatdur,


Ki qilmay dunyoni rad zarra qurb-u bahra olgan yo‘q.

Qilur toatni zohid bahra jannat sim do‘zahdin,


Biroy haq qilib orifda mayl hur rizvon yo‘q.

Tariqat bir ajib yo‘ldur tanib chin ko‘gan albatta,


Olib in’om ehson ilohi yo‘lda qolg’an yo‘q.

Vafosiz dunyog’a bisyor sarf etma g’ariz umrung,


…………hech kimsa olib go‘riga borg’on yo‘q.

Tafakkurdin bo‘lur albatta beshak dil same torik


Agar bo‘lsa ko‘ngul zokir hayol nafs shayton yo‘q.

Jaliliy sof qil siynangni bo‘lsun jon ko‘zi ravshan,


Gar oyna olud bo‘lsa chin jononi yo‘q.

*****


Nishon ishqdur kelsa ko‘ngul izlar rizoyi ha,
Zan-u farzand mulk-u molini aylar fidoyi haq.

Tilarkim hosil etsa qarab o‘tub ranj taalluqdin,


Bo‘lub hozir demak har dam ayshi zikr-u sanoyi haq.

Muhabbat birla tarki jon qilib yor ostoninda,


Tilanib istanib bo‘lg’ay eshiginda gadoyi haq.

O‘gurgay bevafo begonalardin yuzni ahli dard,


Murodi ro‘zi shab ko‘ngulda bolsa oshnoyi haq.

Chiqarg’il panbi g’aflatni kim-kim jon qulog’idin,


Eshitib mardona lafzdin har dam nido haq.

Ko‘nguldin xo‘bbu dunyo tark bo‘lmay vasl emas mujud,


Agar siynangda rag’bat bo‘lsa dema mosuvoyi haq.

O‘gurmas yuz jafo ko‘rganda yuzni yordin oshiq,


Boshig’a qor yog’murdek agar yog’sa baloyi haq.

Aritg’il jon uyin shoyadki loyiq jonon,


Agar tan ichra jon sof o‘lsa bo‘ldi joyi haq.

Benuqson ey Jaliliy qilsalar har dam senga ta’na,


Malomat loyiqing hargiz emas bo‘lsang fanoyi haq.

40-bet.
Agar mehr-u muhabbat birla haqni sevsang ey oshiq,
Kerak shomi o‘tig’a parvona yanglig’ kuysang ey oshiq.

Huzr aysh rohat lazzat botin bo‘lur paydo,


Agar jon chashm birla husn jonon ko‘rsang ey oshiq.

Fig’on-u nola zori ajr erur yo‘l tushsa bilgil,


Kerakkim to tiriksen zohir toat qilsang ey oshiq.

Bek nega zuhd etsa tajalli jong’a ul soat,


Ketar aql ko‘ngul qolg’usi surat bilsang ey oshiq.

Umid vasl agar qilsang ta’ma o‘z tanda joningdin.


Kerak bag’ringni hijron tig’i birla tilsang ey oshiq.

Bahoiydur kishikim ko‘rmasa bu yerni ko‘z birla,


Bo‘lur ne shabe voqegar o‘zung o‘ltursang ey oshiq.

Bo‘lur manzil makon maqoming oxiri bir kun,


Sabr bir murid donodin so‘rub yo‘l yursang ey oshiq.

Jailiy zohir aylar ishq ramzin joni kuygandin,


Senga go‘r nuri muayyan ko‘b yugursang yelsang ey oshiq.

*****


Ko‘ngulda bo‘lsa paydo ishq etar faryodi or oshiq,
Ketib sabr-u qarori bo‘g’usidur beqaror oshiq.

Safar so‘yi vatan aylab ko’ngulda shu olamdin,


Kechib zavq-u jahon ham demas hushtibor oshiq.

Vujudi mahv bo‘lmay voqe o‘lg’an kashf xolatni,


Demas qurbat ani bir zarra qilmas e’tibor oshiq.

Tamannoyi vasl o‘gurmay yuz bururkidin,


Hamisha ko‘z tutub diydori bo‘lg’ay istar oshiq.

Talab dashtinda majnundek damida ahli olamdin,


Bo‘lub Layli murodi cho‘lni qilg‘ay ixtiyor oshiq.

Otib senga malomat el bo‘lub xalq ichra badnomi,


Qachon qilg’ay haloyiq tandin nomus or oshiq.

Jaliliy istiqomat qil agar yogsa balo toshi,


Boshinga qor yog’murdek mudu bergusi yor oshiq

*****


Kechib umrung aysh ey banda qilg’ansanda toat yo‘q,
Tutub sen dunyoni mahkam g’ami go‘r qiyomat yo‘q.

Xato ko‘b fe’l qo‘lungda emassen to‘g’ri yo‘lungda,


Parishon tiyra ko‘nglungda bejiz xo‘b hayolot yo‘q.

Ichingda maslahat sonsiz yurur sen bir tan jonsiz,


Agar tavba peshmonsiz o‘lursen onda rohat yo‘q.

Lahad ravshan savobingdin tavahhum qil azobingdin,


Gunoh behisobingdin ki zarra dard huzurot yo‘q.

Yurursen tobi shayton ketibtur quvvat iymon,


Yuraging ochsa so‘zon uchurmaklikka quvva yo‘q.

Qizing o‘g’lung o‘loldilar huzr ayshing oldilar,


Hijob rohi bo‘ldilar ko‘rarga chashmi ibrat yo‘q.

41-bet
Jahonning tark ulidur munosib yodlimudur,
Boshingda bu ne g’avg’odur sanga mundin muruvvat yo‘q.

Jaliliy izla roh haq tilab har dam rizoyi haq,


Agar bo‘lsang fanoyi haq ko‘ngulda zarra yo‘q.

*****


Ey jami xotir o‘lg’on ey rahnamo muhaqqiq,
Ey quvvat jism-u jon muqtado muhaqqiq.

Tarki jahon qilib sen o‘zlukdin ayrilib sen,


Ma’neda kon bo‘lub sen mardi Xudo muhaqqiq.

Ta’lim zikr olding xizmati Xudo qilding,


Naf i hiradni bilding bo‘lub dono muhaqqiq.

Ko‘ngil yo‘lig’a kirgan jonon sari yugurgan,


Ko‘z ochub yo‘lin ko‘rgon diyda bino muhaqqiq.

Jon-u ko‘ngulni ogoh qilib sirun ilallad,


Bo‘lub maqbul dargoh loyiq muhaqqiq.

Oyna sof bo‘lg’on nuri Xudog’a to‘lg’on,


El nafaiyg’a qo‘l urg’on hojat ravo muhaqqiq.

Senda dard sado qilib tark ham mosuvo,


Jahldin holingga eli yo‘ling ado muhaqqiq.

O‘zi birla tutoshqon dushmanig’a urushqon.


Jononi bir bo‘lishqon tole fano muhaqqiq.

Ko‘ngil bo‘lub sarafroz hosiling jabr-u niyoz,


Murg’ ruhi etni pardoz so‘yi samo muhaqqiq.

Ishg’ol taning o‘ttung borur manzilg’a yetting,


Birlikda vatan tutdung shom-u sabo muhaqqiq.

Yo‘ling ey yor oshiq ulug’larg’a muvofiq,


Bo‘lsa nasihat loyiq senga ravo muhaqqiq.

Jaliliy benavodur eshikingda gadodur,


Muhtoj-u bedavodur qilg’il davo muhaqqiq.

*****


Qilibsiz tavba tark lazzat mehri majoz aylang,
Chiqib g’aflat uyidin behuzur dil namoz aylang.

Ki jon borincha tanda xizmati bir shahboz aylang,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Bulardin talab erdi dard paydo bo‘lmag’ay hargiz,


Ochib ko‘z roh maqsadni ko‘rub yo‘l yurmagan hargiz.

Ko‘ngildin kibr go‘yi najl hasad ayirmag’oy hargiz,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Tanidur oshno monandil begona ermishlar,


Ichinda sani yo‘q but surti butxona ermishlar.

Ziyon-u sud bilmay aqldun devona ermishlar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Maqom tarbiyati senchi bo‘lmoq sof dil derlar,


Ki yani mag’si mafig’a bo‘lsun muttasil derlar.

Kishi ma’nesi yo‘q qilsa bu ish hol-u muhil derlar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Erur do‘z-u tariqat yuzlarin hargiz ko‘rub bo‘lmas,


Zamoni suhbatinda behururat o‘ltutrub bo‘lmas.

Havodindur buyurg’on amrni mahkam tutub bo‘lmas,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

42-bet.
Haloyiq domig’a mahkam iling’an ayrila olmaslar,
Nechukdur tarbiyat qilmoq murid hargiz bila olmaslar.

Dili majruhga darmon ato zarra qila olmaslar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Demakda pand-u azo yoki ajib mardi rasodurlar,


Tafakkur birla xalq ahvolin no‘yi tu yoronlar.

Dili botinda tobe banda nafsi havodurlar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Qilib o‘zni bu nodon tariqatlar gumon oshiq,


Haloyiq jami qilmoq o‘zlariga ko‘rdolar loyiq.

Erur xolatlari suhbatta ki sukut gohi notiq,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Ko‘nguldin yo‘l yurub man’nega vasl o‘lmoqni bilmaslar


Taaluq domig’a mahkam aylanib bir ne uzmaslar,

Yo‘li botlig’idin umr o‘tub bir zarra to‘ymaslar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Siyotin haybatdin goh qo‘rqub tiyra hol o‘lg’ay,


Ilojin hech topmay u kunda poymol o‘lg’ay.

Bu dam andisha behad qilib qilib koni hayol o‘lg’ay,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Erur niyyatlari tun-kun haloyiq jame qilg’aylar,


Tamom ro‘yi olam barchag’a maqbul bo‘lg’aylar.

Hamadin izzat-u ikrom xayr-u ehsonin olg’aylar,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

Bu aysh bir mardona loyiq bir yor qobildur,


Aning chunkim vujudi mahv o‘lub ma’neg’a vasldur.

Agar bo‘lmay fano qilsa kishi albatta botildur,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

…..
Ko‘ngulda makr hiyla maslahat bisyor qilg’aylar.

Maqom vaslig’a bu toifa inkor qilg’aylar,
Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.
Qilurlar izlagan haqni talab ravshan ko‘ngul aylab,
Yetar maqsudi oshiq ki eruhi kin oz dil aylab.

Jaliliy bizga tegar oroiti so‘z bizdin qabul aylab,


Yoronlar senchi noqis suhbatidin etar oz aylang.

*****
Talab ko‘ngulni Xudo yodi birla pok etmak,


Ko‘rub o‘zin ham din kam misol hok etmak.

Murid vaqtida bo‘lmoq murod amrinda,


Buyursa har ishin etkanda tursang etmak.

Agar murod haqiqatg’a yursa solik sharti,


Hamisha namruh faryod dardnok etmak.

Kishida bo‘lsa tamannoi vasl agar har dam,


Rido to‘kub ko‘zidin yosh yurakni chok etmak.

Yo‘l ahli dushmanig’a qilsa sulh ayni xato,


Kerak munosib anga qahr hashamnok etmak.

Havo sarig’a erur tolibida bir dam mayl,


Ne qilsa o‘zni balo foyda halok etmak.

Jaliliy martaba vaslni so‘rsa el sendin,


Degil benur hidoyat ko‘ngulni pok etmak.

43-bet.
Ma’ne so‘zin ma’rifatni birodarlar,
Hol ahlidin eshitib tinglasholing.

Judo bo‘lmay xos iranlar suhbatidin,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Jaram isyon birla o‘tkan umrimizdin,


Qilib tavba xato borg’an yo‘limizdin.

G’ayr naqshin yudub jon ko‘nglimizdin,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Kemagar o‘zi qilsa tangrim saodatni,


Ziyod etar kunin kunga ibodatni.

Unutmayin go‘r-u lahad qiyomatni,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Kuch-u quvvat tanimizdin ketmas burun,


Qilib toat qariliqg’a bitmas burun,

Ajal yaqomizdin chalib tutmas burun,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Haq rizosi uchun tarki havo qilib,


Nafs-u shayton dev mal’unni dushman bilib.

Darvishlar xizmatida yugurub yelib,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Ahli dunyo xalq birla bo‘lushmayin,


Mahkam dunyo matoig’a ko‘b yefushmayin.

Avliyolar suhbatidin uzoq tushmay,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Zavq holat paydo qilib ko‘nglimizda,


Sonsiz xatar yo‘limizda ey yoronlar.

Balo mehnat sog’imizda so‘limizda,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Uchmoh tilab zuhd qilg’an zohirlardek,


Tavba olg’an yo‘lga kirgan obidlardek.

Ishq o‘tig’a bag’ri kuygan oshiqlardek,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Pas tutub ko‘ngul xo‘b-u hayolotdin,


Mud-u tilab bir vasl haqiqatdin.

Yaratg’onni xozir bilib shish jihatdin,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Nihon oqarib ma’ne seni yaqin bilib,


Tig’i furqat birla yurak bag’ri tilib.

Vaqti sahar jamiyat zohir qilib,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

Haqdin topib ey Jaliliy bu holatin,


Darvishlar yurgan roh tariqatni.

Bir-birovdin olib pand nasihatin,


Keling do‘stlar yig’ilib yig’lasholik.

*****


Kim haq talab bo‘lsa anga avval kerak yor izlamak,
Yor himmati birla ani to tanda jon bor izlamak.

Jonona vaslidin qilib umid har shom saboh,


Ne jabr ne orom dil giryon bo‘lub zor aylamak.

Jonig’a ishq aylab asr bo‘lg’ay hayol g’ayr mahv,


Har dam bo‘lub maqsudi haq ko‘ngulda diydor izlamak.
44-bet.

Ko‘nglumda xozir yor erur olti jihatdin bas manga,


Aylarga maqsad o‘zgani ko‘nglum qilur or izlamak.

Derman haloyiq ichra pand dunyoni tark aylang maning,


Yo‘qtur tariqamda najas dunyoyi murdor izlamak.

Oson ko‘rub darvishlik zohirda mardum mayl etar,


Haqni bejon dil qatig’ bisyor dushvor izlamak.

Bu vajhdin olim bo‘lub bilgil Jaliliy marduvor,


Boqi tiriklik bunda jon boricha jumbor izlamak.

*****


Surtim xalq ichra boqiy tanda jonim yo’q mening,
Hirs dunyo zarra fikr xon-u monim yo‘q mening.

Bo’lg’ai ko’ngil uyidin aql hush fahm ruhi,


Hech bir andisha sud ziyonim yo‘q mening.

Ganj-u uzlat mulki vahdat ixtiyorim xalq emas,


Maskanim faqir fano o’zga makonim yo‘q mening.

.........nedur ajab qilsamda deb bo’lmas ani,


Chun bahor ayyomidek bodi xazonim yo’q mening.

Ko’b xalablar tutunmish yor turluk rang barang,


Lek sendin o’zga yori mehribonim yo’q mening.

Bud-u borim g’arq ........bahrinda andin asar,


Qolmadi mo‘yi nishon nom nishonim yo‘q mening.

Maskani ma’ne erurmen yo‘q ichimda harf savot,


Qayg’u g’am anduh fikrin onim yo‘q mening.

Holatimg’a jamli olam bo‘lsalar munkarni g’am,


Ko‘rganimda ko‘zga ravshan hech makonim yo‘q mening.

Gar nishon bersam Jaliliy qarab paydo qilganim,


Holi andin .......................yo‘q mening.

*****


Haqni sevgan mahbu qullar muhitdin,
Qilib tavba yodi Xudo etar biling,

Hamd-u sano zikr-u toat xozir bo‘lub,


Qilsa manlik botinidin ketar biling.

Kamol erdin zikr ta’lim olg’aninda,


Zavqi ortib yodi Xudo qilg’aninda.

So‘yi maqsad ko‘ngil ravshan bo‘lg’aninda,


Joni jonon birla suhbat tutar biling.

Shayxi dohil irodasi quyi tutg’an,


Zohir so‘nsa ani joyi shakar yutg’an.

G’ayr Xudo lazzatidin dil sovutg’an,


Muridlar maqsudig’a yetar biling.

Darvishlar shariatni tutub mahkam,


So‘ngra andin tariqatni bosib qadam.

Hajr o‘tig’a kuyub joni har dambadam,


G’am –g’ussa xun jigar yutar biling.

Kasb aylab murid haqdin olam adab,


Yo‘lg’a kirgan oshiq qilur ma’ne talab.

Agar qilsa kamol erni Xudo sabab,


Darvishlar borur yerga yetar biling.

Zikr haqdin topsa lazzat agar oshiq,


Tinmay qilur girya shom-u sahar oshiq.

45-bet
Vaqti talab gadoi darbadar oshiq,
Bo‘lsa beshak ma’ne yuzun ko‘rar biling.

.........ofatidin tobib muxlis,


Mahv bo‘lg’ay jon yuzidin hoy-u havas.

Qachon bo‘lur haq zikridin xudoi nafs,


Mardonavor oshiq himmat etar biling.

Oriflarning ibodati xolatlari,


Xufur joruh ucharda qanotlari.

O‘zga emas vasli jonon tila niyyatlari,


Bo‘lub payvasta haqni sevar biling.

Ey Jaliliy ko‘rganingni qalam tahrir,


Qildi ravshan elga mashalmohi manir.

Oshiq qullar unutmayin duo takbir,


To o‘lguncha bu olamdin o‘tar biling.

*****


Amal ey banda mo‘min qilursiz beriyo aylang,
Muvofiq sunnati shari Muhammad Mustafo aylang.

Tonib zinhor haq ahlig’a o‘zni oshno aylang,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Vafosiz dunyodur barcha ketarmiz oxiri mundin,


Kuni pardoz urub uchg’ay hammaning jon qushi tandin.

Kelur qarshu savob ehson toat etgandin,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Qo‘yung yuz bandalik sari chiqib g’aflat diyoridin,


Ko‘ngulni pok etib ushbu jahon naqshunkoridin.

Kechib farzand xon-u mon mulk-u moli boridin,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Jahon fikri bo‘lur go‘r ichra tingla mo‘r ham mori,


Munungdek bo‘lsa nuqson qilmoq andisha nedur kori.

Bilib xozir Xudoni loyiq etmak tavbayu zori,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Ko‘nguldin dur etib mehri g’ami dunyo abtar ne,


Benur dil berib tilim toat ........sari.

Yurakda dard xosil zavq dil toat qilib paydo,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Mendin tutmag’uncha mard ilkin ayrilib bo‘lmas,


Bu yo‘lda soni yo‘q illat kishi yurmay bilib bo‘lmas.

O‘lumdun so‘ng savob hosil biling hech kim etib bo‘lmas,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Mehnat birla har joniga bo‘lsa zinda o‘lmaydur,


..................................loyiq har banda bo‘lmaydur.

Agar jon chiqsa tandin tanin olamg’a kelmaydur,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.

Jahon mulkunda boqiy qolmag’ay miskin gado-yu shoh,


Hama farzand odamg’a bo‘lur yer osti manzilgoh.

Bo‘lung yodi Xudo birla qilib jon-u ko‘ngul ogoh,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.
46-bet.

Erur mo‘minga afzal yig’amoq bisyor ko‘ngluncha,


Emastur shod ma’noliq manzili bu dunyo o‘lguncha.

Jaliliy biz aytar sizlarga joni tanda bo‘lg’uncha,


G’animatdur tiriklik besh kun yodi Xudo aylang.
*****

Dunyo emas vatanimiz ey yoronlar,


Oxirat sari safar etmak kerak.

Jon omonat tanimizda berib bir kun,


Zir lahad vatan muqim bo‘lsaq kerak.

Abas yig’ib yig’ishturg’on munda qolg’ay,


Yaxshi yomon xayr-u ehson anda borg’ay.

Qilmishlarimizdin zarra-zarra surg’ay,


Barchasig’a bir-bir javob bersak kerak.

Dam g’animat dunyo biling soatidur,


Jamli qulg’a hukm haqning toatidur.

Zikri Xudo jon iymon rohatidur,


Yod etarda sharti xozir bo‘lsaq kerak.

Tavba qilg’an chin qul tinmay zokir bo‘lur,


Qachon bir dam haq yodidin g’ofil bo‘lur.

Nazarinda jarmi bir bir zohir bo‘lur,


Siz-u biz ham tavba mundoq qilsaq kerak.

Zavq-u dunyo ko‘nglumizda erur tilak,


Umr aziz bo‘lub o‘ti tobsak.

Nauzabillad tavba qilmay o‘lsak,


Qiyomat dashtinda hayron bo‘lsaq kerak.

Haq rasulning muborak tillaridin,


Bo‘ldi dorid so‘z yurugan so‘zlaridin.

Mutu aqbol on tamutu hollaridin,


Bu yer-u qolarin barcha omonat tutsaq kerak.

G’illa g’ashdin orig’ tutub ko‘nglumizni,


Yodi Xudo birla tuzub yo‘lumizni.

Ta’ma qilsaq nihoyati holimizni,


Ey jaliliy haqda foniy bo‘lsaq kerak.

*****
Menga ey mehrubon dilbar tarahhum nogahon qilding,


Solub ko‘nglumga mehringni ishim oh-u fig’on qilding.

Oquzib ob-u diydam muddati jondin bu vodiyda,


Tinmag’ay visolingda yurak-bag’rimni qon qilding.

Fig’on nolayu zori qilib yurdum gadomonand,


Umid visol etib ko‘yingda har sori devona qilding.

Tutub ilkimni mahkam ishq bo‘ldum vale o‘shida,


Tariqim jazbi yo‘lum oshiqi dorilamon qilding.

Ajib bir hikmatidur aql yetmas gar-u koring’a,


Dil-u jonimda xosil qarab otimni yomon qilding.

Parishon xalq aro mandin zabun yo‘q kimsa olamda,


Sihat ko‘nglum tinim tir malomatg’a nishon qilding.

Jaliliy davlatidur benihoyat tark etib o‘zluk,


Fano dayrinda emdi hush-u tan manzil-makon qilding.

*****
47-bet

Umidim yorning hayoli munis jonim mening,
Quvvat tan rohati dil nuri iymonim mening.

Sadoq xulosamda andin bo‘lmayin lahza judo.


Bir dam bo‘lsam to‘kar qon chashmigiryonim mening.

Soldi mehrin siynam ichra oldi mandin aql-u hush,


Ul nakor nozanin ul mohitobonim mening.

Zuhd etar zohid bir oy hur qasur,


Suhbat jonon behisht hur-u g’ilmonim mening.

El makon aylarki qilmishman biroh bodashro‘i,


Haq bilur albatta beshak rost-u yolg’onim mening.

Ishq o‘ysam go‘yo bo‘ldum hayot jovidon,


G’ayri bo‘lg’uncha ham olfat bexatar o‘lganim mening.

Roz-u dil desam Jaliliy zavq dono aqlidin,


Lek bilmay ta’n etar el sirri pinhonim mening.

*****


Yo‘q shaki zarra biling bu yo‘ldin o‘tsak kerak,
Yo bugun tingla borib yer qo‘ynida yotsaq kerak.

Besh kundur mulk-u dunyo bizda ..............................


Har ne jon ko‘nguldin barcha sovutsaq kerak.

Ne.......olamda bo‘lsaq shoh-u davron besh kun,


Bir-bir etganlar hisobin begumon bersak kerak.

Bevafodur umr dunyo ham munungdek ey aziz,


To vafo qilg’uvchi ko’b yodi Xudo qilsaq kerak.

Izlasang haqni yoronlar bizga loyiq ish biling,


Mard-vafo amri birla o‘ltutub tursaq kerak.

Orzumiz bo’sa manzil mulki vahdat vasl yor,


Zohir va botin yomonlardin judo bo’lsaq kerak

Sayr qilmoqdur tariqat yo’lida tanho mahal,


Yor qobil mard solih buyrug’in tutsaaq kerak.

Ishq ulug’ davlat erur haqdin biling ey ahli dil,


Gar ta’ma qilsaq havodin yuzni do’ndursaq kerak.

Bahra tahqiq sharhi noz dohil hufeyi,


Ey Jaliliy ishq o’tig’a o’zni kuydursak kerak.
*****

Sevub ey do’stlar dunyoni band siym zar bo’lmang,


Xudo yodin ku yodi rohat besamar bo’lmang.

Tiqib mahkam quloqg’a .........g’aflati gumroh bo‘lmang,


Bugun tingla ajal kelgay o’lumdin bexabar bo‘lmang.

Balo shak mo’min kamol ko’nguldin tobtilar rohiy,


Erur maqbul toat qilsakim vaqti sahrgohi.

Ketarmiz ushbu olamdin yoronlar havoimona havoiy,


Bugun tingla ajal kelgay o’lumdin bexabar bo‘lmang.

Qani dunyog’a kelg’an hazrati Odam qani Havvo,


Tamomi bo’ldilar yer ostida mad’um nosido.

Qiling bovar so‘zum ey aql guti xalq nosano,


Bugun tingla ajal kelgay o’lumdin bexabar bo‘lmang.

Emas makon bilinglar doimo dunyoda qolg’aysiz,


Munungdek bo‘lsa umrungiz ne deb mashg’ul bo‘lg’aysiz.

Ketar tandin omonat jon gumonsiz bir kun o‘lgaysiz,


Bugun tingla ajal kelgay o’lumdin bexabar bo‘lmang.


48-bet.
Abasdur magar fikr hayoli mo‘i qilg’anlar,
Talash nafs aytib behuda har jonib yugurganlar.

Qilurman sizga pand nafs zinda joni o‘lganlar,


Bugun tingla ajal kelgani o‘lumdin bexabar bo‘lmang.

Qaro bo‘lsa ko‘ngul qilg’uchi ravshan yod sejondur,


Hayol andisha botil fikr yodi iymong’a nuqsondur.

Kim haq yodinda bo’lmay ko’rsa umr Nuh yolg’ondur,


Bugun tingla ajal kelgani o‘lumdin bexabar bo‘lmang.

G’animatdur tiriklik do’stlar yodi Xudo aylang,


Ko’ngulni sho’r sho’ridindur tarki mosuvo aylang.

Saharlarla uyg’onib erlik biringizdin duo aylang,


Bugun tingla ajal kelgani o‘lumdin bexabar bo‘lmang.

Tu ham murkdin qilmoq Jaliliy barchag’a loyiq,


Gar olam bo’lsa yo johil agar zohid agar fosiq.

Qiling toatni bahr haq bo’lub diydorg’a oshiq,


Bugun tingla ajal kelgani o‘lumdin bexabar bo‘lmang.

*****


Bu yo’lni oson dema ko’b jabr-u jafo ko‘rsang kerak,
Shom-u saharlar o’rtanib ishq o’tig’a kuysang kerak.

Andoqku yorsen bo’lub ko’b jon ham ko’nguldun ayrilib,


Xalq ichra jonsiz tan qolib o’lmas burun o’lsang kerak.

Ey talab sobit qadam go’shish ziyo ayt dam badam,


har xabar ko’b jabr-u sitam ko’rganda sabr etsang kerak.

Hol ahlidin tobgay ishing avval qadam haq yo’ldoshing,


Tinmay oqar ko’zdin yoshing Nuhi zori qilsang kerak.

Ko’nglung ishi bo’lsa olam qolmas harf-u savot kalom,


Ma’ne bo’lub sobit mudom menlikdin ayrisang kerak.

Qolmay libos ichra badan ne hadki bo’lg’ay tuman,


Pushida aql jon-u tan pinhon erur bilsang kerak.

Azim safar yo’lg’a ravon qilg’anda sayr-la makon,


Jong’a tajalli nogahon bo’lsa fano bo’lsang kerak.

Sayr-u ilallad g’oyatikim tobti ushbu holati,


Umid etib bu davlati xondin ta’ma uzsang kerak.

Sardin Jaliliy so‘zlasang yor muvaffaq izlasang,


Elga nasihat gar desang avval o‘zung qilsang kerak.

*****


Tavba qilding gunohdin yodi Xudoda bo’lg’il,
Eyki jahondin o’tgil zikr va sanoda bo’lg’il.

Mardonavor gar kel yo’lg’a umid vasl et,


Qo’yma talab tiriksen bu muddaoda bo’lg’il.

Qilsang ta’momi bu soqiy azaldin,


Faryodi oh zori qil oh-u dod-a bo‘lg’il.

Bo’lg’um desang farog’at muqim manzilda,


Tarki et vujud mutlaq ko‘hi fanoda bo‘lg’il.

Kechar mulk vatandin muhbu qul sharti sen ham,


Hayr-u ehson qilurda har dam ziyoda bo’lg’il.

So’rdum rohi dil nechuk deb mard-u ahlidin,


Der amr kamolda sen shom-u sabohda bo‘lg’il.

Qilsang ta’ma Jaliliy maqom intihodin,


Albatta o’zlugung qil foniy baqoda bo‘lg’il.

49-bet.
Tavba nuridin bo‘lur ma’lum zahm sog’ so‘l,
Shish jihatdin ochilur jonboz oshiqlarg ‘a yo‘l.

So‘ngra andin jonlari jononi bo‘lg’aylar suvul,


Tavba shakli pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Poklar yurgan yo‘li roh tariqat bilsangiz,


Jon fido jonong’a albatta lozim qilsangiz.

Neki bo‘lsa tavba tilda dil parishon yursangiz,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Ushbu tavbadur nabiylar valiylar tu tiylar,


Barcha olamdin kechib manzil maqom ti etilar.

Ranj-u mehnat dardu olam bisyor g’ussayi yu tilar,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Har kishida tavba gar maqbul hazrat bo‘lg’usi,


Ko‘ngli ravshan ruhda ham zavq rohat bo‘lg’usi.

Joni beorom tanda ko‘b ibodat bo‘lg’usi,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Zuhd toat bir amri birla bo‘lsa yaxshiroq,


Talab sodiq hamisha zikr qilsa yaxshiroq.

Seni se xo‘b-u hayolotdin arilsa yaxshiroq,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Nafsidur darvishlarni magar birla aldag’on,


......vaqti quvvati ...................................

Magar shaydo ko‘rsatib haq yo‘lni mahkam bog’lag’on,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Ne qilursiz ey yoronlar tilda demakda muni,


Bo‘lsa jon dil hayol andisha roh ko‘b tun kuni.

Xurmati yo‘q haq qatinda tilda ayg’on tavbani,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Gar zaboni bo‘lsa tavba jonda rohat bo‘lg’ani,


Ruhi zinda dard paydo qarab bo‘lmag’ay.

Ro‘zi shab ko‘nglunda jabr xo‘b-u hayolot bo‘lg’ali,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

Ey Jaliliy tavba noqisg’a etimod,


Sof tut o‘zni gunohdin latif haq qilg’il ko‘ngul.

Anbiyo-yu avliyo yurgan bu yo‘l barcha murid,


Tavba sharti pok bo‘lmoqdur tan-u jon ko‘ngul.

*****


O‘tub umring gunohdin tavba qilmassen ayo g’ofil,
Ajal tutmay yoqandin hech to‘ymassen ayo g’ofil.

Taningda bo‘ldi paydo bilmading jondin alomatlar,


Soch soqol oqarmay sarg’arib tish ketdi quvvatlar.

Qorong’u tunlari ko‘ngilda parishon bo‘ldi niyyatlar,


Alarni zikr aytib yig’la bo‘lub giryon to‘kub yoshing.

Bo‘lur itoat buyursa haq qorong’u go‘rda yo‘ldoshing,


Xatar oldingda sonsiz qayg’u qilmassen ayo g’ofil.

Tutub nafs-u havo mahkam yo‘lungni bilmading hargiz,


Tutub bir lahza xozir yod jonon qilmading hargiz.

Hamisha qayg’u g’am .........ayrilmading hargiz,


Nega yoziqlaring xotirg’a solmasang ayo g’ofil.

*****



50-bet.
G’araz umrung abas yemak yugurmakdin ado bo‘ldi,
Kecha kunduz jahon fikrida ko‘ngul qabiqro bo‘ldi.

Hijob ostida qoldi murg’ ruhing mubtalo bo‘ldi,


Ichib yeb hirs shahvati birla to‘ymas sen ayo g’ofil.

Emas dunyo maqomikim kishi andin vafo ko‘rgan,


Agar g’orat ko‘ngilni qilsa ming jabr-u jafo ko‘rgan.

Nazar jon diydasi birlakim etsa bevafo ko‘rgay,


Olam ranji munungdek bo‘lsa qo‘ymassen ayo g’ofil.

Ulug’lardin eshit shom sahar pand nasihatni,


Ko‘nguldin qil uzoq andisha xo‘b-u hayolotni.

Belingni bog’la mahkam berma qo‘ldin zuhd toatni,


Berib kuch quvvating bor necha yurmassen ayo g’ofil.

Tutar mahkam ko‘ngulni shish jihatdin fikr mo‘min,


Ne bilsun ko‘rma darz avhol zon.

Ketib g‘aflat g’ubori bo‘lmayin jon diydasi ravshan,


Jaliliy holatidin zarra zarra to‘ymassen ayo g’ofil.

*****


Xatodur ....banda ishing doim abad bilgil,
Gunohing behisob-u be………….bilgil.

Baqosi yo‘q bu molk-mulkung hirad bilgil,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Qani sendin qani bizdin burun kelgan musulmonlar,


Tamomi bo‘ldilar bir-bir qaro tufroqda yaksonlar.

Rabot ko‘hna sendin qoldi bog’ ko‘shk ayvonlar,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Rasuli haq Mustafo Mahmud kechtilar olamdin,


Yana ham bo‘lsa jondin motaqaddamdin.

Ki boqiy munda qolmas hech bir farzand Odamdin,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Qani bo‘bgar siddiq amrishmoni hirar,


Edilar pok nuqsondin ham yoron bexabar.

Bu olamdin ketarsen bilmaqomi maskaning digar,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Xudodin barchamizg’a ………amri farmondur,


Demakliq ham qulg’a hamisha yodi sejondur.

O‘g’ul qiz mehri gar bo‘lsa ko‘ngulda dushman jondur,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Agar ko‘ngulda dunyo orzusi bor gumrohsen,


Najosat jame chun bo‘lma mudom aql go‘yisen.

Qaro ko‘nglunni haq zikri bila qil pok agar sen


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

G’araz umrungni o‘tkarma abas dunyog’a aldanib,


Sahar tur zikr-u toat qil suchuk uyqudin uyg’onib.

Ketarsen yo bugun tingla kafan to‘nig’a cho‘lg’anib.


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Agar olamda haq ichra g’ariz mo‘tabar bo‘lsang,


Ne sud oxir bulardin ayrilib bir kun ketar bo‘lsang.

Agar sultoni olam yo gadoyi darbadar bo‘lsang,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Yelib-yugurub kecha kunduz ajab g’ofil sen ey g’ofil,


G’ami dunyoga bog’lu ko‘glung ey johilsen ey johil.

*****


51-bet.
Unutma yod haqni lahza bo‘lsa aqling ey oqil,
Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

Nasihatni darig’ etma Jaliliy ko‘b xaloyiqdin,


Agar zohid agar obid o‘gurma yuzni fosiqdin.

Uruj et so‘yi alui kech alayiq ham uyqidin,


Qorong’u go‘r oxir manzilingdur tor lahad bilgil.

*****


Bir nasihat bo‘lsa mayling so‘yi jonon ey ko‘ngul,
Qil talabgo‘yinda bo‘l fatanu xizon ry ko‘ngul.

G’aram so‘yi kabi maqsudi qilsang boxabar,


Bo‘l bu yo‘lda sani yo‘q illat farovon ey ko‘ngul.

Dard istab hosil yurakda ishqi o‘yg’il o‘zgadin,


Bir murid hosil emas bir mushkul oson ey ko‘ngul.

Rost anglab qul dushman ixtiyoring bermagil,


Neki der bari g’alat bil qul yolg’on ey ko‘ngul.

Do‘st rahmin sezib dushman bildurur bo’lsa agar,


Yori tavfiq-u hidoyat nuri yazdon ey ko‘ngul.

Bo‘lmayin safoyina kashf o‘lsa turluk xolat emas,


Magar talabis havodur nafs shayton ey ko‘ngul.

Qil qabul etur Jaliliy qarab qolmas notham


Ishqi uyzon tavba ishq ahlidin olg’on ey ko‘ngul.

*****


Ayo mo‘min gunohingdin qilibon tavba toat qil,
Demak haq zikrni bisyor to o‘lguncha odat qil.

Ne no‘yi ruzgoring kechsa sabru istiqomat qil,


Dili har dambadam tinmay g’ami go‘r qiyomat qil.

Nasixatdir agar bilsang yirog’ oxirat qilsaang,


Musulmon mo‘mini bo‘lsang g’ami go‘r qiyomat qil.

Tiriklik bil g’animatdur Xudoning amri toatdur,


Ketar joning omonatdur, g’ami go‘r qiyomat qil.

Gunohingdin qil istig’for bo‘lub shom sahar biror,


Debon zikr Xudo bisyor, g’ami go‘r qiyomat qil.

O‘lolding gar Xudo bo‘lding ki faqir havo bo‘lding,


Balo oshno bo‘lding g’ami go‘r qiyomat qil.

Ajib sarkashti odamsen tutub dunyoni mahkam sen,


O‘lumdin turfa beg’amsen g’ami go‘r qiyomat qil.

Ko‘ngulga pospon bo‘lsang erur davlat omon bo‘lsang,


Shahanshohi jahon bo‘lsang g’ami go‘r qiyomat qil.

Najas dunyoyi bepoyon qilibtur elni sargardon,


O‘lum borin qilur vayron g’ami go‘r qiyomat qil.

Tutub mahkam havo yo‘lung bo‘lubtur qabqaro ko‘ngul,


Nechuk kechgay havo holing g’ami go‘r qiyomat qil.

Jaliliy tavba isyondin qil ayrilma peshimondin,


Umiding bo‘lsa sejondin g’ami go‘r qiyomat qil.

*****
Ixtiyor etsang agar roh tariqat ey ko‘ngul,


Do‘stni sev dushmaang’a qil adovat ey ko‘ngul.

Dushman haq dunyo ham hirs havodur kibrgin,


Do‘st sevmak ko‘b demak yodin qil odat ey ko‘ngul.



Download 254,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish