) rohatlanish, zavqlanish: O, muazzam Enasoy daryosi! -Ur-re-e-e'.-u boychechakni qo'lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi. Hay- hay, qanday mazali.
buyurish: Hay-hay, tegma.
undash, ta’kidlash: Hay-hay, yigitlar bu yoqqa!
fikrdan qaytarish: Hay-hay, shakkoklik qilmang
ajablanish, taajjub, hayrat: -Voy-bo’-deb yubordi u. -Yerimiz muncha chiroyli! О'h-ho’, -dedi Hayitvoy qo'rqqanidan kо'zlari ola-kula bo'lib.
dard-alam, og‘riq, hasrat tuyg‘usi: Oh zolim falak, yiqil boshimga! Men uning qo’lini qattiqroq qisdim. Matluba "voy" deb yubordi. Eh, zolim boylar!
e’tiroz, norazilik: -E-e. yeb bo'pti, kо’kyol deydilar uni!-dedi Isoq bobo kuyib-pishib.
cho‘chish, vahima: O! Ho’kiz yo’q, og’il kо’cha tomondan teshilgan. O! Bu qanday dahshat!
Nutq jarayonida so‘zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan,o‘zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo‘l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash,ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi,lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi.
Shuningdek, undovlar og‘zaki so‘zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo‘llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo‘llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida, ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o‘zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda undovlar qo‘llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo‘llanilmaydi. Sababi rasmiy doiralarning xatlari har qanday ehtiroslardan xoli bo‘ladi.
TAQLID SO‘ZLAR
Tabiatda insondan tashqari juda ko'plab tirik jonzotlar yashaydi. Ularda ham o‘ziga xos nutq apparati mavjud. Mana shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qaqolashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak- atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir bo'lib turadi: narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil ovozlar hosil bo'ladi. Inson o'z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid qilishga urinadi. Tilshunoslikda shunday ovozlar taqlid so'zlar atamasi bilan yuritiladi.
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so’zlar hisoblanadi:taqir-tuqur, qars-qurs, gup, taka-tum-tak, g'ir-g'ir, miyov- miyov, yalt-yult, lapang-lapang, gumbur, shov-shuv, dir-dir, dag'-dag‘, pish-pish, taq-tuq,taraq, gumbur-gumbur, shitir-shitir, duv-duv, qars-qars, tap, sharaq, shalop, lip-lip, jimir-jimir, dik-dik,milt va h.k.
Taqlid so'zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |