YUKLAMALARNING MA’NO TURLARI
So'roqva taajjub
yuklamalari
|
Kuchaytiruv- ta’kid
yuklamalari
|
Ayiruv-
chegaralov
yuklamalari
|
Gumon
yuklamasi
|
Inkor
yuklamasi
|
O’xshatish-
qiyoslash
yuklamalari
|
Akademik litsey darsligiga bu tasnif kiritilmagan
|
-mi, -chi,
-a(-ya)
|
-ku, -u, (-yu), -da, - oq,
( -yoq), ham, hatto, nahotki, axir, g’irt
|
-gina(-kina,
-qina), faqat, faqatgina, atigi, xolos
|
-dir
|
na...,na..
hech, sira.
|
go’yo, go’yoki, xuddi, naq
|
Yuklamalardan -mi,-gina(-kina, -qina),-oq (-yoq) o'zi qo'shilayotgan so'zga qo'shib yozilsa, -ku, -a,(-ya) -da, -chiyuklamalariesao'zibirikibkelayotganso'zdanchiziqchabilanajratibyoziladi.
1. So'roq-taajjubyuklamalarigapning mazmuniga so’roq-taajjub ma'nosini yuklovchi yordamchi so’zlardir: -mi,-chi,-a,(-ya). Misol:I) Muattar Zokirovna-chi? Lobarxon-chi? Xatini ham ololdingizmi?-dedi va sabrsizlanib Sodiqning og'ziga tikildi. 2) Jardagi ariqlarda bir paytlar to‘lib suv oqqanini bilasan-a?!
Yozuvda -mi yuklamasi so’zga qo’shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
-chi yuklamasi so'roq ma’nosidan tashqari buyruq, iltimos, xohish, ta'kid (uqtirish) ma’nolarini bildiradi.
2. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari gapning ma’lum bir bo’lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalardir.
Bunday yuklamalarga quyidagilar kiradi: Hatto, nahotki, ham, axir, g’irt singari so’zlar va
–ku,-u (-yu), -da,-oq (-yoq) qo’shimchalari.Yozuvda -ku,-u (-yu),-dayuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo'shib yoziladi.
Misol: Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da go'zalroq, bundan-da farovonroq bo'lishiga ishonaman. Mol о'tlaydigan, bolalar chillak о'ynaydigan yer-da! Shundoq deydi-yu, egasi ming poylasin, о'g'ri-bir. Hoy ehtiyot bo’l, bola! Daryo bilan hazillashib bo'lmaydi-ya!
3. Ayiruv-chegaralov yuklamalari o’zi qo’shilayotgan so’zning ma'nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat, -gina (-kina,-gina) yuklamalaridir.Bulardan faqat, atigi, xolos sof yuklama, -gina(-kina,-qina) vazifadosh yuklamadir.
Masalan:Bu haqda Shahnozagina biladi.Ushbu gapda -gina yuklamasi Shahnozani o’sha voqea jarayonidan ayirib-chegaralab ko’rsatmoqda.
4. O'xshatish-qiyoslash yuklamasi so’z yoki gapga o'xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go'yo (ki), naq, bamisli kabi yordamchi so’zlardir.Masalan:Otasining xuddi о 'zi. Go'yo sharpa о'tganday bo'ldi. Orif akaning naq kо'nglidagidek ish bo'ldi.
5. Gumon yuklamasi gap mazmunigagumon ma’nosini yuklovchi -dir qo’shimchasidir. Masalan: Sizni yo’qlab kelgandir? Balki u bizni kutib turgandir.
Eslatma: -dir yuklamasi -man,-san qo'shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo’shimchasi -dir bilan shakldoshdir. -dir yuklamasi urg’u olmaydi. Masalan, 1. Bu gaplardan uning xabari yo'qdir. 2) U musobaqa g’olibidir.Birinchi gapda -dir gumon ma’nosini ifodalab yuklama vazifasini bajargan bo’lsa, ikkinchi gapda g’olibiso’zini kesim sifatida shakllantiruvchi bog’lamadir.
6. Inkor yuklamalari gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, aslo, na...na, tugulkabi so’zlar inkor yuklamalari sanaladi.
Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitilmadi. To’rt mucham sog’, do 'stlarim bar havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na о 'tmishimdan.
Bunday yuklamalar qo’llanganda, gapning kesimi, asosan, inkor shaklida bo’ladi.
ES LAT M A
Yuqorida keltirilgan yuklamalardan -ku, na... na yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo'lsa, qolganlari uslubiy betaraf yuklamalar sanaladi.
Ko'p o'rinda bir yuklamaning o'rnida ikkinchi almashtirish mumkin bo'ladi. Masalan,Faqat (yolg'iz) sen kelmading.
ESLATMA:
1. -u(-yu), -da yuklamalari bir o’rinda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari ,boshqa o’rinda bog’lovchi vazifasida qo’llanadi.
-da yordamchisi yuklama vazifasida qo’llanganda, ko’pincha uning o’rniga ham yuklamasini qo’yish mumkin. Nosir Oxun eski bo'lsa-da, ozoda libosda edi.
-da bog’lovchi vazifasida qo’llanganda va bog’lovchisi bilan erkin almashtirish mumkin.Masalan: Birrovzalgakirdi-da, chiqibkeldi.
2. -gina(-kina,-qina)shakllariot, sifat, ravishgaqo'shilib, ma’nonikuchaytirish, erkalash, ta’kidlashuchunishlatiladi. Masalan, ukaginam, qizgina, yaxshigina, sekingina, ko'pgina, ozgina va boshqalar.
3. Na...na bir o’rinda inkor yuklamasi, ikkinchi o’rinda esa, inkor bog’lovchisi bo’lib keladi.
yuklama sifatida qo’llanganda kesim inkor shaklda bo’ladi. Na uyda topolmayman, na ishda.
bog’lovchi sifatida qo’llanganda esa tasdiq shaklda keladi. Bu yerda na ofat, na kulfat, na g’am bor.
4. Ham yuklamasi bog'lovchi vazifasida ham qo'llaniladi. Bunday vaqtda qaysi vazifada (yuklama yoki bog'lovchi vazifasida) kelayotganligini farqlash kerak bo'ladi.
ikkita o'zaro teng munosabatga kirishgan so'zlarni bog'lab, vabog'lovchisi bilan almashtirish mumkin bo'lsa, ham bog'lovchi vazifasida qo'llangan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |