Ko’makchilarning ma’no turlari.
Uchun, sababli, tufayli sabab ma’nosini bildiruvchi ko’makchilar.
Uchun, maqsadida maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchilar.
Uchun ko’makchisi harakat nomidan keyin kelsa, maqsad ma’nosini ifodalaydi. Misol,
Shaharga o’qish uchun kelganmiz (maqsad holi)
Ukamga o’qigani uchun mukofot berishibdi (sabab holi)
Haqida, to’g’risida mavzu ma’nosini ifodalovchi ko’makchilar.
Keyin, oldin, avval payt ma’nosini ifodalovchi ko’makchilar.
Sari, tomon, bo’ylab, qarab kabilar yo’nalish ma’nosini ifodalaydi.
Qadar chegara ma’nosini ifodalaydi.
Bilan, orqali vosita ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilardir.
Izoh: Bilan vositasi ba’zan payt yoki holat ma’nolarini ham ifodalaydi.
Ukam o’z fikrini ishonch bilan isbotladi. (holat ma’nosi)
Hovliga kirishim bilan o’yin-kulgu boshlandi. (payt ma’nosi)
Tashqari ko’makchisi o’ziga xoslik ma’nosini bildiradi.
Yuklama
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o ‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi.
Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go’yo, go’yoki, naq, hech, sira, nahotki, na...na so'zlari;
2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu,-da, -a singari qo‘shimchalar kiradi.
Ularning birinchi guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha yuklamalar sanaladi.
Yuklamalarning ma’no turlari
Yuklamalar:
1.So'roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a (-ya)
2.Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari: hatto, -ku, ham, nahotki, -u (-yu), -da, -oq (-yoq), axir, g’irt
3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, -gina (-kina, -qina), atigi
4.O’xshatish-qiyoslash yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi, naq
5.Gumon yuklamasi: -dir
6.Inkor yuklamalari: hech, sira, na... na
-и (-yu), -da yordamchilari o‘rniga va bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa, bog‘lovchi vazifasida, boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi. -da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‘pincha uning o‘rniga ham yuklamasini qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Gapning mazmuniga so‘roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga so‘roq yuklamalari deyiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so‘zga qo‘shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat va -gina (-kina, -qina) yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi.
Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, -qina) vazifadosh yuklamadir.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
Hatto, nahotki, ham, g irt singari so‘zlar, -ku, -u ( -yu), -da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda -ku, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi.
So’z yoki gapga o ‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go'yo(ki) kabi yordamchi so‘zlar o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi.
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi –dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -san qo‘shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo‘shimchasi -dir bilan shakldoshdir. -dir yuklamasi urg'u olmaydi.
Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, aslo, na...na kabi so‘zlar inkor yuklamalari sanaladi. Bunday yuklamalar qo‘llanganda, gapning kesimi, asosan, inkor shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |