Yordamchi so’z turkumlari



Download 16,82 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi16,82 Kb.
#644101
  1   2
Bog'liq
0.Ko\'makchi, yuklama


Yordamchi so’z turkumlari

Yordamchi so’z turkumlari deb, mustaqil atash ma’nosiga, mustaqil so’roqqa va mustaqil sintaktik vazifaga ega bo’lmagan so’zlarga aytiladi. Ular 3 turga bo’linadi:


1.Ko’makchi
2.Bog’lovchi
3.Yuklama


Ko’makchilar
Ismlardan keyin qo’llanilib, ularni hokim so’zga bog’lab keluvchi “bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, yanglig’, tufayli, uzra, sababli, haqida, to’g’risida, qadar, avval, keyin, oldin, so’ng, bo’lak, boshqa, o’zga, asosan, qoshida, tomon, sifatida, oldida, ustida, ostida, boshlab, tashqari, ko’ra, deb, atab, deya, qarab, qaramay, qaraganda” kabilarga ko’makchilar deyiladi.
Savol: So’z kabi gapning ham turi va xili matndagi o’rniga qarab ma’nolari ko’p. Noto’g’ri hukmni aniqlang.
A)Yordamchilarning barchasiga oid birliklar qatnashagan
B)Matndagi bog’lovchi uyushiq egani bog’lab kelgan
C)Bir o’rinda yuklama qatnashgan
D)Atash mavzusini yo’qotish darajasiga ko’ra ko’makchining faqat bir turi qatnashgan
(Xato hukm izohi keyingi mavzuda)
Sof va vazifadosh ko’makchilar
Ko’makchilar o’z atash ma’nosini qay darajada yo’qotishiga ko’ra quyidagi ikki turga bo’linadi:
1. Sof ko’makchilar
2. Vazifadosh ko’makchilar
Umuman atash ma’nosiga ega bo’lmagan bilan, sari, uchun, kabi, singari, yanglig’, tufayli, uzra kabilarga sof ko’makchilar deyiladi.
Aslida atash ma’nosiga ega bo’lgan, biroq ba’zan atash ma’nosini yo’qotib, ko’makchi vazifasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan keyin, avval, oldin, so’ng, boshlab, boshqa, bo’lak, qarab, o’zga, muofiq, ko’ra, deb, deya, qaramay, qaraganda kabilarga vazifadosh ko’makchilar deyiladi.
Asosiy izoh. Yuqoridagilar ko’makchi vazifasida qo’llanilganida hech qachon ot, sifat, ravish, fe’l hisoblanmaydi. Aksincha, yuqoridagilar ot, sifat, ravish, fe’l bo’lganida ko’makchi hisoblanmaydi. Misol:
Hamkasblari qoshida uyatdan qotib turaverdi.
Dugonasining qoshida yuvishga ulgurmagan bo’yoq bor edi.
Atrofga qaramaysanmi, stolning ustida turibdi.
Bugun ham maqola ustida janjallashyapti.
O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l.
Sendan o’zga hech kim meni tushunmaydi.
Uning so’zlariga qarab shuni tushundimki, yashashdan umidi katta.
Gapning ham turi va xili matndagi o’rniga qarab ma’nolari ko’p.
Savol.
Quyidagilardan jo’nalish kelishigi bilan turlangan ismlarga qo’shilib kela oladigan nechta so’z yo’nalish ma’noisini ifodalay oladigan vazifadosh ko’makchi sanaladi? “tomon, sari, bo’ylab, qarab, tashqari, qadar, sayin”
A)1
B)2
C)3
D)4
Kabi savoldan ma’lum bo’ladiki, ko’makchilar qanday ma’no ifodalashi jihatidan hamda qaysi kelishikdan keyin qo’llanishiga qarab bir-biridan farqlanadi.
“Bilan, uchun, sari, sayin, kabi, singari, yanglig’ haqida, tufayli, tomon, uzra” kabilar bosh kelishikdan keyin qo’llanuvchi ko’makchilardir.
“Ko’ra, qarab, tomon, qadar, qaramay, binoan, doir, muvofiq, qaraganda” kabi ko’makchilar jo’nalish kelishigidagi ismlardan keyin qo’llanuvchi ko’makchilardir.
Izoh: Tomon” ko’makchisi bosh kelishikdan keyin ham, jo’nalish kelishigidan keyin ham qo’llaniladigan vazifadosh ko’makchidir.
Yuk mashinasi maktab tomon yurdi.
Yuk mashinasi maktabga tomon yurdi.
Tashqari, oldin, avval, keyin, boshqa, bo’lak, boshlab kabi ko’makchilar chiqish kelishigidan keyin qo’llanuvchi ko’makchilardir.
Ustida, ostida, qoshida, oldida” kabilar qaratqich kelishigidan keyin qo’llanuvchi ko’makchilardir.
Vijdoning oldida qanday javob berasan.
Kechagi o’yin ustida bahslashyapti.

Download 16,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish