Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi



Download 323,5 Kb.
bet2/33
Sana29.01.2022
Hajmi323,5 Kb.
#415459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5298571058515808880

IKKINCHI O‘QUV SAVOL
ODAMLAR VA MODDIY BOYLIKLARGA TA’SIR ETUVCHI YONG‘INNI XAVFLI OMILLARINING IKKILAMCHI TA’SIRLAR.
Quyidagilar, odamlar va moddiy boyliklarga ta’sir etuvchi yong‘inni xavfli omillarining ikkilamchi ta’sirlariga kiradi:
shikastlangan apparatlarning, agregat, qurilma, konstruksiyalarning qismlari, bo‘laklari;
shikastlangan apparatlar va qurilmalardan chiqqan radio aktiv va toksin (zaharli) modda va materiallar;
yuqori kuchlanishni konstruksiyalarning, apparat va agregatlarning tok o‘tkazuvchan qismlariga o‘tishi oqibatida hosil bo‘lgan elektr toki;
yong‘in oqibatida yuzaga kelgan portlashning GOST 12.1.010 bo‘yicha xavfli omillari;
yong‘in o‘chirish vositalari.
Yuqorida qayd etilgan omillarning barchasi, odam organizmi uchun xavfli ta’sir ko‘rsatadi va belgilangan ko‘rsatkichlarga etganida odamning o‘limga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratning odam organizmiga ta’siri aytarli darajada havoning namligiga bog‘liq: namlik qancha yuqori bo‘lsa, kritik harorat shunchalik past bo‘ladi. Yong‘inning nisbatan yuqori namlik bilan ajralib turuvchi boshlang‘ich bosqichi uchun kritik harorat 60-70oC atrofida bo‘ladi.
Odamning nurli oqimlarga bardosh berishi nurlanish jadalligiga bog‘liq nurlanishning jadalligi qanchalik yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, nurli oqimlarning ta’siriga odamning bardosh bera olish vaqti shunchalik kamayib boradi. 3000 Vt/m2 ga teng bo‘lgan jadallik, kritik jadallik sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu ko‘rsatkichda taxminan 10-15 soniya o‘tishi bilan og‘riq seziladi, bardosh berish vaqti esa 30-40 soniyani tashkil etadi.
Inson hayoti uchun xavf soluvchi yonishning zaharli mahsulotlarini konsentratsiyasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan boshqalaridan ajralib turadi. To‘liq yonmaslik mahsuli- uglerod oksidi o‘ta xavfli hisoblanadi. Uning 0,5%ga teng bo‘lgan konsentratsiyasi 20 daqiqa o‘tgandan so‘ng o‘lim bilan tugaydigan zaharlanishga olib keladi, uglerod oksidining konsentratsiyasi 1,3%ga teng bo‘lganida esa, odam, 2-3 marta nafas olish bilan o‘ladi.
Karbonat angidrid gazi (uglekislыy gaz) xavfsizroq hisoblanadi, chunki, u yuqori konsentratsiyalardagina (8-10%) inson hayoti uchun xavf solishi mumkin.
Kislorod konsentratsiyasini 14%gacha kamayishi inson hayoti uchun haqiqiy xavf soladi, uning konsentratsiyasi 10–11%gacha kamayganida esa, odam bir-necha daqiqadan so‘ng o‘ladi.
Alohida yong‘inlarda (polimer materiallarning yonishida) sianli vodorod (sianistыy vodorod), fosgen, azot oksidlari, oltingugurt, xlorli vodorod (xloristыy vodorod) va shu kabi toksin birikmalar atrof muhitga ajralib chiqadi. Mazkur birikmalarning deyarli kichik konsentratsiyasi ham insonning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Xonalar va evakuatsiya yo‘llarining tutunga to‘lishi, evakuatsiya qilinayotganlarning o‘zini yo‘qotib qo‘yishiga sabab bo‘ladi.

Download 323,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish