Eshiklarni o‘rnatilish tartibi. Zina kataklaridan tashqariga va vestibyulga olib chiqadigan eshiklar eni hisobdagi yoki «SHNQ 2.01-02-04» me’yoriy hujjatida belgilagan zina marshi enidan kam bo‘lmasligi kerak. Qolgan barcha hollarda evakuatsiya chiqish yo‘lining kengligi nosilkaga solingan odamni bemalol olib chiqishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Evakuatsiya chiqish joyi eshigi va evakuatsiya yo‘lidagi barcha eshiklar binodan chiqish tomoniga ochilishi kerak.
Eshik ochilishining yo‘nalishi quyidagi hollarda me’yorlanmaydi:
a) F1.3 va F1.4 turlariga kiradigan xonalarda;
b) bir paytning o‘zida to‘planadigan odamlarning soni 15 kishidan oshmaydigan xonalarda (A va B toifalariga kiradiganlardan tashqari);
v) maydoni 200 m2 oshmagan va doimiy ishchi o‘rin o‘rnatilmagan omborxonalarda;
g) sanitariya xonalarida;
d) 3- turdagi zina katagiga chiqadigan joylarda;
e) Qurilishi shimoliy iqlimida joylashgan binolarning tashqariga olib chiqadigan eshiklarida.
Qavatlar karidorlari, dahliz, xovli, foye, vestibyul va zina kataklari evakuatsiya chiqish yo‘llari eshiklarida ichkaridan kalitsiz oson ochilishiga halal beradigan qulflar bo‘lmasligi kerak.
Zina kataklaridan umumiy karidorlarga olib boradigan eshiklar va doimo havo yuborilib turadigan dahliz-shlyuzlarda o‘zi yopiladigan va tirqishlarni zichlaydigan moslama bo‘lishi zarur, yong‘in paytida havo oqimi tirab turadigan dahliz-shlyuzlar va tutunga qarshi sun’iy himoyalanadigan xonalar eshiklari yong‘in paytida yopish avtomatikasi bilan ta’minlanishi kerak.
Balandligi 15 metr dan ortiq bo‘lgan binolarda bu eshiklarning o‘tga chidamliligi E 15 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Evakuatsiya yo‘llariga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydigan chiqish joylari avariya chiqish joylari deb hisoblanib, odamlar xavfsizligini kuchaytiradigan tarzida ko‘rilishi mumkin. Yong‘in sodir bo‘lgan xolda evakuatsiya qilishda avariya chiqish yo‘llari hisobga olinmaydi.
Faqatgina muxandislik tarmoqlarini yotqizishga mo‘ljallangan texnik qavatlarda evakuatsiya yo‘llarini o‘rnatmasdan kattaligi 0,75x1,5 m. bo‘lgan eshik, 0,6x0,8 metrdan kichik bo‘lmagan lyuk orqali chiqish yo‘llari avariya yo‘llari sifatida qurilishi mumkin.
Maydoni 300 m2 gacha bo‘lgan texnik qavatlarda 1 chiqish yo‘li, keyingi har to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 200 m2 maydonda kamida bitta chiqish yo‘li ko‘zda tutilishi kerak.
Texnik erto‘lalardan chiqish binodan olib chiqadigan yo‘llardan ajratilgan bo‘lib, bevosita tashqariga olib chiqishi kerak.
Evakuatsiya yo‘llari SHNK 2.01.02-04 me’yoriy hujjat talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak, ularning tarkibiga lift va eskalatorlar bilan birgalikda quyidagi qismlar kirmasligi kerak:
-lift shaxtalarini to‘sib turadigan konstruksiyalar, shu jumladan, lift shaxtalari eshiklari yong‘inga qarshi to‘siqlarga qo‘yiladigan talablarga javob bera olmaganida liftdan chiqib, karidor orqali olib boradigan yo‘l;
-zina katagining maydonchasi karidorning bir qismi bo‘lganida zina katagining «o‘tish» qismi;
-binolar tomi, ekspluatatsiya qilinayotgan tom yoki tomning maxsus uskunalangan qismi bundan istisno;
- ikkidan ortiq qavat (pog‘onani)ni ulaydigan 2- turdagi zinalar hamda erto‘la va pastki qavatlardan olib chiqadigan zinalar (SHNK 2.01.02-04 da ko‘rsatilgan holdan tashqari).
IV darajada o‘ta chidamli binolar va SZ toifasidagi binolardan tashqari o‘tga chidamlilik va konstruktiv yong‘in xavfsizligi bo‘yicha barcha turlaridagi binolarda evakuatsiya yo‘llari uchun quyida ko‘rsatilgan materiallarga qaraganda yong‘inga xavfliroq bo‘lgan materiallarni ishlatish mumkin emas.