8. Salbiy va ijobiy energetik balanslarga ta’rif bering?
9. Jismoniy zo’riqish bilan energiya sarfi orasida qanday bog’liqlik mavjud?
10. Inson faoliyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omil nima?
18. Havflarning sinflanishi
Kalit so’zlar: Havf; havfsizlik; harakter; hususiyat; tadbir; Samara; faoliyat,
odam; mehnat; bolalik; o’spirinlik; keksalik, muhofaza; sabab; oqibat; texnik;
ekologiya; standart.
Amaliyotda xavfsizlik bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, ular
nazorati va hullas havfsizlikni boshqarishning samaradorligi bo’lishi
mumkin
bo’lgan xavflarning xususiyatidan kelib chiqib tashkil etilsa yuqoriroq bo’lar edi.
Buning uchun faoliyat hususiyati o’rganilishi kerak. Muammoga to’g’ri tashxis
qo’yilsa natijasi yaxshi bo’ladi.
Inson faoliyatining (umrining) bosqichlarini shartli ravshda quyidagicha
farqlash mumkin: tug’ilishgacha, chaqaloqlik, bolalik, o’spirinlik, yoshlik, mehnat
faoliyati va keksalik. Bu davrlar har biri o’ziga xos xususiyatga ega.
Insonni
tug’ilishgacha asosan onasi muhofazalaydi, chaqaloqlik davri ham asosan shunday
va atrofdagilar muhofazasida bo’ladi, o’spirinlik davrida atrofdagilar muhofazasida,
yoshlik- bu o’spirinlik bilan mehnat faoliyati bog’liqligi, mehnat faoliyatida ishlab
chiqarish, ya’ni mehnat muhofazasi va keksalikni mehnat faoliyatidan so’ngi
o’limgacha bo’lgan faoliyatidir. Bu davrlarda insonni xavflarga uchrash xarakteri
ham o’z hususiyatiga ega. Barcha davrlarda ham jamiyat va shaxs tomonidan
muhofaza choralari ko’riladi. Ko’riladigan muxofaza choralari yuqoridagi
faoliyat xususiyatlari bilan olib borilishi muhofaza darajasini samarali bo’lishini
ta’minlaydi. Onani qornidagi bola uchun shaxsiy himoya
vositalari kerak emas
yoki ishlab chiqarish korxonasida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi uchun homilaga
beriladigan muolija ham kerak emas. Keltirilgan fikrlardan kelib chiqib xavflarni
xususiyatlari bo’yicha quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:
•
Xavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga,
tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:
•
1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy,
texnikaviy, antropogenik (inson bilan bog’lik), ekologik, aralash (ikkita va
undan ortiq).
•
2. Maxsus standartlar buyicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
•
. Salbiy okibatlarning vaqt buyicha kelib chikishiga kura
xavflar impulsli va
kumulyativ (inson organizmida yigiluvchi) buladi.
•
4. Olib keluvchi oqibatiga kura: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat,
yong’in va o’lim xavflari.
•
5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.
•
. Yakkalashi buyicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan
bog’lik bo’lgan xavflar.
•
7. Kelib chiqish soxasiga kura: turmushga, sportga, yul – transportiga, ishlab
chikarishga, urishga oid xavflarga bulinadi.
•
. Tuzilishiga ko’ra xavflar odday va hosil qilingan (oddiylarning ta’sirida
hosil qilingan) bo’ladi.
•
9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar
bo’ladi.
•
Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior)
va u yuz
bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud .
•
Do'stlaringiz bilan baham: