“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
86
86
Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv keng tarqalib bormoqda. Ilmiy-texnik
inqilobning turli
mamlakatlarda turli darajada ekanligiga qaramay uning hozirgi bosqichi ham bozor, ham
ishlab chiqarishni baynamilallashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. ITI
zamonaviy qayta ishlab chiqarishda tashqi iqtisodiy aloqalarning roli о‘sishini keltirib
chiqaruvchi mustaqil omil sifatida namoyon bо‘lmoqda. Boshqa davlatlardan ajralgan holda
u yoki bu mamlakatda fan va texnikaning rivojlanishi muvaffaqiyatli bо‘lishi mumkin emas.
Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari о‘rtasida kooperatsiyalashuvning
jadal
rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarining paydo bо‘lishiga olib
keldi, ularni tuzish tashabbuslari kо‘pincha TMKlar hisoblanadilar. Ular uchun firma ichidagi
mehnat taqsimoti milliy chegaralardan chiqib ulgurdi va mohiyatan xalqaro mehnat
taqsimotiga aylandi. Shu asosida milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi darajasi oshib bormoqda.
Ochiq iqtisodiyot mamlakatning jahon xо‘jalik aloqalariga yanada kо‘proq qо‘shilishi asosida
shakllanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda eksportga mahsulot
ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalashuvga kо‘maklashish
va chet eldan kapital, texnologiya, malakali kadrlar kirib kelishiga kо‘maklashuvchi huquqiy
asoslarini yaratish bо‘yicha davlat tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi
kunda
Iqtisodiyot kо‘lami ustunliklaridan foydalanish.
Iqtisodiy kо‘lam nazariyasi asosida bozor hajmini kengaytirish, transaksion xarajatlarni
kamaytirish va boshqa imtiyozlar olishni ta’minlash.
Bu о‘z
navbatida, о‘zlarining ehtiyojlarini qondiradigan, mustaqil ishlab chiqarishdan
manfaatli bо‘lgan katta hajmli bozorlarga bajonidil kirib
keladigan bevosita chet el
investitsiyalarining e’tiborini tortadi.
Qulay tashqi siyosiy muhit yaratish.
Kо‘plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi
davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy
sohalarda bir-birini
tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
87
87
Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish.
Mintaqaviy integratsiya, kо‘pincha, JST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning
muzokaralari nuqtai nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan kelishilgan holdagi
bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: