Yо‘llari Reja



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana27.02.2023
Hajmi4,38 Mb.
#915089
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu

5.6.
 
Jahon moliya tizimi globallashuvining mohiyati va uning oqibatlari
 
Jahon moliya tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi va davlatlararo 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
94 
94 
valyuta-moliyaviy operatsiyalarni umumlashtiruvchi yagona unsur sifatida о‘ta muhim rol 
о‘ynaydi. Jahon xо‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida uning ahamiyati tobora 
oshib bormoqda. U xalqaro mehnat taqsimoti va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirib, 
mamlakatlararo tovar ayirboshlash hajmini oshiradi va xalqaro savdo о‘sishini 
rag‘batlantirgan holda, jahon xо‘jaligining yalpi о‘sishiga katta ta’sir kо‘rsatadi (xorijiy 
investitsiyalar oqimi kо‘p mamlakatlar uchun ishlab chiqarish kapitalining yetishmaslik 
masalasini hal qiladi, ularning investitsiya salohiyatini oshirib, iqtisodiy о‘sish sifatlarini 
jadallashtiradi). 
 
Moliya sohasining globallashuvi 
hozirgi kunga kelib ham milliy, ham jahon xо‘jaligida 
sodir bо‘layotgan eng asosiy jarayonlardan biri bо‘lib, unga 
bir qator ijobiy yoki salbiy 
xususiyatlar xosdir

Globallashuv sharoitida xalqaro moliyaviy operatsiyalar 
ishlab chiqarish jarayonlaridan 
ustuvorlik
qilmoqdalar. Moliyaviy soha rivojlangan mamlakatlarning YAIM va iqtisodiy 
tuzilmasida tutgan roliga kо‘ra real sektordan ustunlik qilmoqda. Moliyaviy bozorlarning 
ahamiyati, ularning kо‘lamida namoyon bо‘lib, narx-navo harakati real tovar bozorlariga 
kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar firma-kompaniyalari 
aktivlari tarkibida soxta kapital ulushi ancha yuqori bо‘lib, moliyaviy bozorlardagi 
operatsiyalardan tushgan daromadlar ular uchun ahamiyatli о‘rinni egallaydi. Hozirda 
rivojlangan mamlakatlar aholisi moddiy boyliklarning oddiy jamg‘aruvchilaridan faol birja 
о‘yinchilariga aylandilar: amerikaliklarning 45 foizidan ziyodi aksiya egalari hisoblanadilar. 
Ular о‘z mablag‘larining kо‘p qismini moliyaviy vositalar turlaridan biriga aylantirmoqdalar. 
Natijada moliya sohasi о‘z-о‘zini ta’minlovchi tizimga aylanib, ichki resurslar sohaning 
о‘sishi uchun sarflamoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sust rivojlangan iqtisodiy tizim va past eksport salohiyatiga ega 
spekulyativ kapital resipiyentlari (
obyekt ili subyekt, poluchayushiy (prinimayushiy) chto-libo 
ot drugogo obyekta ili subyekta, nazivayemogo donorom
), kapitalning harakatlanish jadalligi 
hamda an’anaviy va moddiy texnologiyalarni yaratish muddati о‘rtasidagi nomutanosiblikdan 
zarar kо‘rmoqdalar. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
95 
95 
Moliyaviy operatsiyalar 
jadalligi esa har qanday ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar va savdo operatsiyalaridan 
ustun kelmoqda. Moliyaviy sohaning jadal rivojlanishi butun dunyoni qamrab olish 
imkoniyatini bermoqda. Ekspertlarning baholashicha qimmatli qog‘oz va pul birliklarining 
faqatgina 10-15 foizigina moddiy kо‘rinishga ega, ya’ni real tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish bilan ta’minlangan, xolos. 
Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari ta’siri ostida moliyaviy soha о‘zining 
alohida tarmoq moliyaviy xizmat va vositalari doirasini kengaytirib, umumjahon darajasiga 
kо‘tarildi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bir vaqtning о‘zida 24 soat 
davomida deyarli barcha jahon birjalarida faoliyat yurgazish imkonini bermoqda. Bu esa 
moliya kapitali harakatini bir necha marotaba jadallashtiradi. 
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining yil sayin oshib borayotganligi birja 
о‘yinlarida qatnashayotgan aholi ulushining ham kо‘payib borayotganligidan dalolat beradi. 
Xususiy investorlar professional bilimga ega ham bо‘lmay turib, ommaviy axborot 
vositalaridagi axborot, konsalting firmalarining ma’lumotnomalari va boshqa manbalardan 
olgan ma’lumotlariga tayangan holda kо‘r-kо‘rona ish tutib, bularning natijasida moliyaviy 
bozorlar nobarqarorligi va tanazzullarga moyilligi oshib ketishiga sabab bо‘lmoqdalar. 
Moliyaviy bozorlarning globallashuvi va 
ning shakllanishi nafaqat 
axborotlashuv asosida, balki moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakatlanish 
cheklovloviga barham berilishi, ichki moliyaviy bozorlarni erkinlashtirayotgan va offshor 
markazlarni rivojlantirayotgan neoliberalizm tamoyillarining kengayishi natijasida ham yuz 
bermoqda. Kezi kelganda ta’kidlash joizki, kо‘pgina mamlakatlarda investitsiya rejimlari 
liberallashuvining kuchayishi bumi о‘tgan asrning 80-yillariga tо‘g‘ri keldi. Ular qatoriga 
xorijiy investorlarning milliy hususiylashtirish jarayonlariga keng jalb etilishi, soliqlarning 
pasaytirilishi, xorijiy investitsiyalarning hissali ishtiroki cheklovlarining bekor qilinishi va 
(возврашение в свою страну капиталов из-за границы) 
erkinlashuvi kiradi. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
96 
96 
 
Tijorat banklari tomonidan investitsiyalash masalalari bо‘yicha shо‘ba kompaniyalarni 
tuzishni man etuvchi qoidalarning bekor qilinishi, moliyaviy operatsiyalarni keng spektrini 
amalga oshiruvchi qudratli moliyaviy xoldinglarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Fond 
operatsiyalari kо‘p yillar davomida Citycorp, Morgan bank, Bank of Amerika hamda Merill 
Linch, Salomon Brothers, Goldman Saks kabi yirik investitsiya banklari tomonidan amalga 
oshirib kelinmoqda. Buning natijasida moliyaviy tashkilotlarning asosiy faoliyatlaridan qat’iy 
nazar, ularning diversifikatsiyalashuvi sodir bо‘lmoqda. Yirik banklar mijozlarni moliyaviy, 
investitsiya va tovar bozorlari bilan bog‘lovchi qudratli axborot tizimini shakllantirmoqdalar. 
Shu bilan birga axborotni egallash uchun mavjud bо‘lgan barcha kanallardan 
foydalanilmoqda. Banklar axborotni egallagan holda, bozor holati va unda faoliyat 
yurgazayotgan korxonalar tо‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi keng qamrovli konsalting 
xizmatlarini taqdim etmoqdalar. Konsalting xizmati yirik banklar daromadlarining 25 foizidan 
ortig‘ini tashkil etmoqda. Kо‘plab banklar ixtisoslashgan konsalting kompaniyalarini о‘z 
bozorlaridan siqib chiqarmoqdalar.
Shuningdek, bank va sug‘urta faoliyatlarining yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Yevropada 
banklar ulushi sug‘urtaning 19 foizini tashkil etmoqda. Masalan Fransiyada banklar sug‘urta 
kompaniyalari vazifasini tо‘la о‘z zimmalariga olib, bu sohada ustunlik qilmoqdalar. 
Shu bilan birga 
. Transmilliy banklar 
(TMB) global moliyaviy bozorlarning tо‘la huquqli ishtirokchisiga aylanishlari uchun о‘z 
shо‘balarini moliyaviy markazlarda tashkil etsalar, ularning ayrimlari bu shо‘balarni offshor 
hududlarida yaratmoqdalar. Moliyaviy markazlarda yig‘ilgan qadrsiz pullar offshor 
shо‘balariga yо‘naltirilmoqda. Ular yuqori foiz asosida kreditlar bermoqdalar va deyarli soliq 
undirilmaydigan foydani о‘zlarida jamlamoqdalar. 
Sо‘nggi davrda kuzatilayotgan tendensiyalardan biri shundaki, bozorlarda sug‘urta 
kompaniyalar, nafaqa va turli investitsiya fondlari moliya bozorlaridan banklarni siqib 
chiqarmoqdalar. Bu ayniqsa AQShda kuzatilib, u yerda aholi mablag‘lari nobank moliyaviy 
tashkilotlarga jalb etilgan umumiy hajmining ulushi 50 foizidan ortmoqda. Ushbu 
tashkilotlarning yalpi aktivlari 28 trln. AQSH dollar atrofida baholanmoqda. Bu 
investitsiyalarning 90 foizi fond bozorlariga yо‘naltirilmoqda. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
97 
97 
(Xedj-fond — 
investitsionniy fond, oriyentirovanniy na maksimizatsiyu doxodnosti pri zadannom riske ili 
minimizatsiyu riskov dlya zadannoy doxodnosti.) Ularning soni 3000 dan oshiq bо‘lib, 
aktivlari nisbatan kо‘p bо‘lmasada (400 mlrd. doll.), ularning moliyaviy bozorlardagi roli 
balanddir. Ma’lumki, rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlaridagi xorijiy kapitalning aksariyat 
qismi faqatgina xedj-fondlari tomonidan kiritilgan. 
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, moliyaviy bozorlar, moliyaviy xizmat kо‘rsatish 
tuzilmalari birlashib, yagona xalqaro bozor doirasida moliyaviy resurslar harakatlanishining 
hajmi va jadalligi yildan-yilga о‘sib bormoqdaki, bu ularning juda ham mobililigidan dalolat 
beradi. Mazkur jarayonning nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlari ham mavjuddir. 
Moliyaviy globallashuv milliy iqtisodiyotlarga katta xatar tug‘dirishi mumkin. Chunki 
globallashuv sharoitida bir mamlakatdagi nobarqarorlik boshqa mamlakat va hududlarga 
о‘tishi ehtimoli yuqoridir. 
Butun dunyo bо‘ylab harakatlanayotgan mobil moliyaviy kapital xalqaro iqtisodiy tizim 
mexanizmini nobarqarorlashtirmoqda. Ushbu kapital rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki 
bozorlariga joylashib, milliy valyuta kotirovkalari (kurslar о‘zgarishi) dinamikasini belgilagan 
holda, ustuvorlikni о‘z qо‘liga olmoqdalar. Investitsiya fondlari mablag‘larini boshqarayotgan 
xorijiy menejerlar moddiy ta’minlanmagan foyda ketidan quvib istagan paytda mahalliy 
moliyaviy bozorlar konyunkturasiga ta’sir etish imkoniyatiga ega bо‘lmoqdalar. 
Jahon moliya tizimida yuz bergan tub о‘zgarishlar uning funksiyalarini ham о‘zgartirdi. 
Uning imkoniyatlari va vazifalarining kengayishi esa bu tizimni tartibga solish zaruratini 
vujudga keltirdi. 
 
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyasi muammosi tahlili tashqi iqtisodiy 
faoliyatni rivojlantirish muammolarini shakllantirish va milliy iqtisodnyotni isloh qilish 
jarayonida hal etiladigan ustuvor vazifalarni aniqlash imkonini beradi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligi, ular tomonidan e’lon qilingan integratsiya maqsadlari 
real integratsiya jarayonining tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
98 
98 
baynalminallashuvining erishilgan darajasi bо‘yicha integratsiya tuzilmalarini farqlanadi. 
Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari о‘rtasida kooperatsiyalashuvning jadal 
rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish- investitsiya komplekslarining paydo bо‘lishiga olib 
keldi, ularni tuzish tashabbusi TMK hisoblanadi. Kо‘plab integratsion birlashmalarning 
muhim maksadi ularda ishtirok etuvchi davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va 
boshqa noiqtisodiy sohalarda bir-birini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir. 
Iqtisodiy integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligi jarayoni bо‘lib, u xо‘jalik 
mexanizmlarini yaqinlashuviga olib keladi, davlatlararo kelishuvlar shaklini oladi va 
davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi. 
Xalqaro ixtisoslik asosida ishlab chiqarish hamkorligi, odatda, xalqaro integratsion 
jarayonlarning yuksak darajadagi taraqqiyotini aks ettiradi va bu kо‘rsatkich turli 
mamlakatlarning firmalari о‘rtasidagi aloqalarida namoyon bо‘ladi. Ilmiy tadqiqot ishlaridagi 
hamkorlik faoliyatida eng muhim yо‘l - sohadagi samaradorlikni tahlil qilishdir. 
Globalizatsiya jarayoniga rivojlangan davlatlar, xususan AQSH taklif etganday jiddiy e’tibor 
berish vaqti yetdi. U eng zaruriy va chetlab bо‘lmaydigan vazifa. Dunyoda kambag‘al 
kishilarni asosiy ehtiyojlarini qondirishga erishishdan boshlash lozim. Endi - globalizatsiya 
samarasini kо‘rish bо‘yicha murakkab ishlarni boshlash zarur. 
1.
Global iqtisodnyotga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar. 
2.
Ishlab chiqarishni baynalminallashuvi haqida fikrlaringiz. 
3.
Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv haqida tushunchangiz. 
4.
Ishlab chiqarish hamkorligining о‘ziga xos belgilari. 
5.
Globallashtirish jarayoniga rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish haqida fikringiz. 
6.
Jahon iqtisodiy munosabatlari haqida tushunchangiz. 
7.
Firmalarni integratsiya jarayonlariga qanday jalb etish mumkin. 
8.
Transmilliy korporatsiyalarni va TMBlarni qanday tashkil etiladi? 
9.
Milliy xо‘jaliklar о‘rtasida chuqur barqarorlashga о‘zaro hamkorlik. 
10.
Globallashtirishdagi nuqsonlarni ta’riflab bering. 
1.
SH.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. / 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV 
99 
99 
– Toshkent: О‘zbekiston, 2017. -488b. 
2.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: 
О‘zbekiston., 8-jild. 2000 yil, 365-366 betlar. 
3.
R.Kurugman, M.Obsfeld. Mejdunarnaya ekonomika. Teoriya i politika. 5-y mejdunarodniy 
izdanie. Piter 2003. 
4.
I.Grigoriy, Menkyu Prinsipi makroekonomike. 2-y izdanie. Piter 2003. 
5.
I.Muhammedov A.E., Raximova M.R., Ashurova D.S., Sunnatov M. "Xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiyotini tartibga solish” О‘quv qо‘llanma. G.: TDIU. 2004. 
6.
A.Rasulov, A. Bedrinsev, A.Akilov. “О‘zbekiton tashqi faoliyati va jahon xо‘jaligiga 
birlashishi”. Toshkent 1996. 
7.
www.uzreport.com
 – О‘zbekiston yangiliklari sayti 
8.
www.informika.ru
– Informatsiya, innovatsii, investitsii 
9.
www.uza.uz
 – О‘zbekiston axborot agentligining rasmiy veb sahifasi 
10.
 
www.ziyonet.uz
– Образователний портал включает в себя всю необходимую 
информацию для молодежи, преподавательей, а также других заинтересованних ... 
11.
 
https://gtmarket.ru/ratings/kof-globalization-index/info
 
– 
globalizatsiya 
indekslari 
kо‘rsatgichlari hisoblanadigan ilmiy-amaliy tadqiqodlar markazi rasmiy veb sahifasi. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish