VIII.20. Ta’lim berishda malakali xorijiy professor-o`qituvchilardan foydalanish samaradorligini oshirish Universitetning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini yaratish maqsadida Koreya respublikasidan 3 nafar,Rossiya Federasiyasidan 3 nafar,AQSHdan 1 nafar, Qozog`iston Respublikasidan 4 nafar professor-o`qituvchi o`quv-ilmiy jarayonga jalb etildi; 6 nafar professor-o`qituvchining safari pandemiya tufayli bekor qilindi.
Universitetni xalqaro e’tirof etilgan TOP-1000 talik reytingiga kiritish choralarini ko`rish maqsadida professor-o`qituvchilarimiz xamkorlik shartnomalari mavjud xalqaro universitet professor-o`qituvchilari bilan birgalikda Scopus bazasida ilmiy maqolalar va monografiyalar chiqarishni rejalashtirishgan. Bundan tashqari xorijiy talabalar sonini oshirish xam rejaga kiritilgan. Hozirgi kunda universitetda 92 nafar xorijiy talaba taxsil olmoqda.Talabalar almashinuvi dasturi bo`yicha xam ishlar bajarilgan, jumladan bakalavriat va magistratura ta’lim yo`nalishidan 5 nafari A.Pushkin nomidagi LDUda 01.02.2020-30.06.2020 y muddatida stajirovka o`tab kelishdi.
20.12.2019- 20.01.2020y muddatida Qozog`iston Respublikasi Xalqlar do`stligi universitetining ilmiy izlanuvchilari, 05.01.2020- 26.01.2020y. muddatida Koreya davlati Busan universitetining doktorant va ilmiy izlanuvchilari, 20.01.2020- 25.01.2020y muddatida Qozog`iston Respublikasi SILKWAY xalqaro universitetidan 10 nafar ilmiy tadqiqotchilar TDPUda malaka oshirish va stajirovka o`tab ketishdi.
TDPU o`zbek tili va adabiyoti kafedarasi dosenti S.Adilova AQSHning Arizona universitetida 26.05.2020-10.07.2020y onlayn tarzda dars o`tishi rejalashtirilgan.
2019/2020 o`quv yillarida AQSHda Xyubert Xamfri va “International Competencies and Mobility in Psychology project” dasturlari dorasida 2 nafar; Belorussiya davlat universitetida 2 nafar, Buyuk Britaniya Angliya Norvich til o`rganish universitetida 2 nafar, Rossiya Federasiyasi, Moskva pedagogika davlat universitetida 4 nafar, Leningrad davlat universitetida 1 nafar, Sergey Berezin nomli tibbiyot institutida 1 nafar, Latviya universitetida 1 nafar, Turkiya Anadolu universitetida 1 nafar professor-o`qituvchilar malaka oshirish hamda ilmiy ishlarni tadqiq etish bo`yicha stajirovka o`tab kelishgan.
Maxsus pedagogika fakulteti tayanch doktoranti Toxtiyarova SHaxnoza 15.01.2020- 29.02.2020 YAponiya davlatining JICA tashkiloti tomonidan «Sistema podderjki lyudey s ogranicheniyami v umstvennom i lichnostnom razvitii» mavzusidagi o`quv kursida malaka oshirib qaytdi.
Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasiga 11 nafar ilmiy-tadqiqotchi va doktorantlarning xorijiy stajirovkasi pandemiya tufayli bekor qilindi.