“Yo`l xaritasi” bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot


I.2. “Pedagogika” ta’lim sohasi o`quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish



Download 37,58 Kb.
bet2/6
Sana12.07.2022
Hajmi37,58 Kb.
#779294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ТДПУ йул харита 02 03 2020 ред (4)

I.2. “Pedagogika” ta’lim sohasi o`quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4623-sonli qarori 4-bandidagi vazifa, 1. Umumiy o`rta ta’lim maktabi va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bitiruvchi sinf (kurs) o`quvchilarining pedagoglik kasbiga layoqatini pedagogik-psixologik tashxis etish asosida aniqlash bo`yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining takliflari ishlab chiqilib, o`rnatilgan tartibda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim qilindi. SHuningdek, mazkur tartibni joriy etish yuzasidan universitet mutaxassislari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida tashkil etilgan ishchi guruh muhokamasida faol ishtirok qilib, universitet tomonidan kiritilgan takliflar inobatga olinishiga erishildi.
“Pedagogika” sohasi ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari 2020/2021 o`quv yili 1-kurslarida o`quv jarayoni uchun o`zgaruvchan, ilg`or xalqaro tajribalarni o`rganish asosida kredit-modul tizimiga mo`ljallangan o`quv reja va fan dasturlari (sillabuslar) loyihalarini xorijiy hamkor M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti, Moskva pedagogika davlat universiteti hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda loyihalarini ishlab chiqish nihoyasiga yetkazildi. SHuningdek, o`qitishning kredit-modul tizimiga mo`ljallangan o`quv reja va fan dasturlari loyihalari ishlab chiqishda maktabgacha, umumiy o`rta, akademik lisey va professional ta’lim muassalarining yangilangan o`quv reja va DTSlarida o`zgarishlarni inobatga olgan holda universitetda tashkil etilgan ishchi-ekspertlar guruhi tomonidan tahlil qilinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4623 – sonli qarori bilan o`quv dasturini o`zlashtirish to`liq 4 yillik davrni talab qilmaydigan pedagogik ta’lim yo`nalishlari - musiqa ta’limi, jismoniy madaniyat, texnologik ta’lim, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, maktabgacha va boshlang`ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport bo`yicha oliy ta’lim muassasalarida 3 yillik ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2020-2021 o`quv yilidan boshlab qayd etilgan ta’lim yo`nalishlari bo`yicha o`qish muddatini 3 yilga kamaytirish bo`yicha tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Bu esa, quyidagi qator vazifalarni muvaffaqiyatli hal etildi:

  1. 3 yillik ta’lim dasturlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish va xalqaro ekspertizadan o`tkazish;

  2. o`quv jarayonini tashkil etishda nazariya va amaliyot uyg`unligini ta’minlashga erishish, amaliy kompetentlikka yo`naltirib o`qitish maqsadlarini ko`zda tutish;

  3. o`quv jarayonlarini tashkil etishda kredit-modul tizimi ustuvor tamoyillarining to`liq ta’minlanishiga erishish;

  4. professor-o`qituvchilarni yangi o`qitish tizimiga maqsadli qayta tayyorlash;

  5. talabalarning o`qitishning ilg`or va yangi shakllariga didaktik va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  6. ta’lim yo`nalishlarini zamonaviy o`qitish tizimiga mos moddiy-texnik va metodik ta’minotini yaratish;

Qayd etish lozimki, o`quv muddati qisqarayotgan yo`nalishlar bo`yicha mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlarida o`rta maxsus ma’lumotga ega kadrlar tayyorlanadi hamda asosan bilim-ko`nikmaga ega bo`lgan o`rta maxsus ma’lumotli kadrlar oliy ma’lumot olish uchun talabgor hisoblanadi. O`rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga 4 yil davomida nazariy bilimlarni o`qitish ayrim fanlarning takroriga sabab bo`lib kelayotgan edi. Kadrlar tayyorlash muddatini qisqartirish umumkasbiy fanlar tarkibidagi ayrim fanlarni modul sifatida mutaxassis fanlar tarkibiga kiritish, fanlarni optimallashtirish natijasida dars soatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshirilishi ko`zda tutildi.
Mazkur yo`nalishlar bo`yicha kadrlar tayyorlash muddatining bir yilga kamayishi o`z navbatida, o`quv xarajatlarining kamayishi, jumladan, ta’limga ajratilgan budjet xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, pedagogik oliy ta’limni yangi rivojlanish bosqichi va jahon talablariga mosligini ta’minlash uzluksiz ta’limning sifati va samaradorligini oshirish, kreativ muhitni qaror toptirish, mustaqil-ijodiy faoliyatni samarali tashkil etish, jamiyatni pedagoglashtirish, pedagoglik kasbining obro`si va nufuzini oshirish uchun muhim imkoniyat yaratildi.




Download 37,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish