Bankning daromadlilik darajasi. Bu bankning
kelgusida o‘sishi uchun yetarli bo‘lishi nuqtayi nazaridan
uning daromadi yoki foydasini tavsiflovchi omil –
ko‘rsatkichdir.
5. “L”
(Liquidity)
Bankning likvidlik darajasi. Bu bankning oddiy va
kutilmagan majburiyatlarni yo‘qotishlarsiz bajara olish
uchun zarur darajada mablag‘ bilan ta’minlanganligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichdir.
[303]. Banklar faoliyati va ishonchliligini baholashni «CAMEL»
reyting tizimi misolida ko‘rib chiqamiz. Unga binoan banklar 5 ball
bo‘yicha baholanadi. Nazoratdan o‘tgan bankka har bir komponent
bo‘yicha alohida reyting bahosi berilib, so‘ngra barcha faoliyat bo‘yicha
umumiy reyting bahosi asosida baholanadi. Reyting bahosining eng
yuqori darajasi 1 ko‘rsatkichi bilan belgilanib, bunda qaysi
komponentda bunday baho berilsa, demak u xalqaro me’yorlarga to‘liq
javob berish darajasida tashkil etilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |