Ikkinchi yondashuvda
esa aktiv va passivlarning real hayotga mos
kelmasligi asos qilib olingan. Chunki eng katta bank ham moliya-kredit
siyosatidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy inqirozlar va boshqa o‘zgarishlardan
kafolatlanmagan. Bunday o‘zgarishlar ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish yo‘lidan borayotgan davlatlarga xos bo‘lib, u bank likvidligini
ta’minlash zaruriyatini, ya’ni tijorat banklari aktivlari va passivlarini
samarali boshqarishni talab qiladi.
Aktivlarni boshqarish
nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga
asoslanadi:
Birinchidan,
tijorat bank mablag‘larini qisqa muddatli ssudalarga
berganda uning likvidligi saqlanadi. Bu qoida ba’zi g‘arb davlatlari
qonunlarida o‘z aksini topsa-da, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali
zaxiralar» nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |