aktiv va passivlar
tarkibiy tuzilishining muvofiqlik darajasiga
bog‘liq. Bank tomonidan likvidlikni yetarli darajada saqlab turish foyda
olishga qaratilgan harakat bilan muvozanatlashgan holda amalga
oshirilishi darkor, ya’ni ko‘proq foyda olish maqsadida aktivlarning
samarasiz joylashtirilishi likvidlik holatining yomonlashuviga olib
keladi.
Aktiv va passivlarni boshqarish sifati
bankning pul fondlarini
tashkil etish, ular narxlarini shakllantirish va joylashtirish jarayonlariga
taalluqlidir. Ushbu jarayon asosan balans hisobotida aks ettiriladi. Aktiv
va passivlarni boshqarishning eng maqbul yo‘li qisqa muddatli
likvidlikni past bo‘lgan instrumentlarga joylashtirish orqali yuqori foyda
olish orasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |