Yillarda O’zbekistonda paxta yakkahokimligi Uning dahshatli oqibatlari



Download 66,9 Kb.
bet3/6
Sana20.04.2023
Hajmi66,9 Kb.
#930723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobiq ittifoq davrida paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari

2.Uning dahshatli oqibatlari
O`zbekistoning maxsus xodimlari Moskva ―mahalliy vazifalar foydasiga umumdavlat manfaatlarini o`nutib quyish‖da aybladi. Markazning deriktiv yo`lyuriqlariga muvofiq ustunlik faqat paxtachilikka qaratildi. Shuningdek belgilangan rejani bajarish yo`lida milliy rahbarlarga va busiz ham paxtazorlarda og`ir mehnat qilayotgan qishloq mehnatkashlariga nisbatan jazo tazyiqlari kuchaytirildi. Natijada 1952 yilda O`zbekiston davlatga 2 mln. 367 ming t. paxta topshirdi, bu 1940 yildagiga nisbatan deyarli ikki baravar ko`p edi.
Biroq bu o`sishga agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi obyektiv sog`lom jarayonlar tufayli emas, balki o`zbek dehqonlarini ayovsiz ishlatish hisobiga erishildi. Paxta yakkahokimligini mustahkamlashga qaratilgan bu imperiyacha siyosat respublika qishloq xo`jaligining umumiy ahvoliga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Masalan, 50-yillarning boshlarida O`zbekiston ekin maydonlarni urushdan oldingi darajasiga yetkazib bo`lmadi. Don ekinlari yalpi hosili 1940 yildagi 615.1 ming t.dan 443 ming t.ga, uzum 1302 ming t.dan 840ming .t.ga, poliz ekinlari 331.9 ming t.dan 153 ming t.ga tushib qoldi. Ayni vaqtda sabzavodlar hosildorligi gektariga 152 t. dan 73 t. ga, poliz mahsulotlari 84 t.dan 66 t. ga tushib qoldi.
Va hokazo1. Paxtadan tobora ko`proq yalpi hosil olishga erishish siyosatining yaqqol ifoasi yangi o`zlashtirilgan yerlarda paxta yetishtiradigan xo`jaliklarni jadallik bilan tashkil etish bo`ldi. Ittifoq deriktiv organlari 1056 yil 6-avgustda ―O`zbekiston SSR va Qozog`iston SSR da Mirzachulning qo`riq yerlarinio`zlashtirish tug`risida‖gi qarorni qabul qilgandan keyin paxtachilik xo`jaliklari tashkil etish mo`ljallangan edi2. Makur qarorga muvofiq 162 yilga kelib Mirzacho`lda 300 ming gektar qo`riq yerlarlar o`zlashtirilishi va 34 paxtachilik davlat xo`jaliklari tashkil etish muljallangan edi.
Qo`yilgan vazifalarning bajarilishini ta`minlash uchun O`z SSR ministrlar kengashi huzurida Mirzachulni so`g`orish va o`zlashtirish bo`yicha boshqarma— ―Glavlagolodnostepstroy‖ tashkil etildi. ―Glavlagolodnostepstroy‖ negizida irrigatsiya va sovxozlar qo`rilishi bo`yicha O`rta Osiyo Bosh boshqarmasi – ―Glavsredazirsovxozstroy‖ yuzaga keldi. Mirzacho`l bilan birgalikda markaziy Farg`ona yerlari ha faollik bilan o`zlashtirildi. Surxondaryo, Zarafshon vohalarida, Amudaryo etaklarida ham yirik irrigatsiya-melioratsiya ishlari amalga oshirildi. Qarshi va Sherobod cho`llariga hujum keng avj oldirildi. Irrigatsiya ishlarining qizg`in tus oldirilishi 1955-1959 yillarda 160 ming ga.
Yangi yerlarni ishga tushirishga imkon berdi. 1965-yilda O`zbekistonning ekin ekiladigan maydonlari 350ming ga.ga ko`paydi, shu jumladan, so`g`oriladigan yerlar 200 ming ga.ga ortdi. Yirik qo`riq va bo`z yerlar massivlarining qishloq xo`jalik oborotiga kiritilishi respublikada paxta ekin maydonlarini kengaytirishga yordam berdi. Natijada paxta yetishtirish hajmi 1953-yildan 1964-yilgacha 2525,5ming t.dan 3671,4ming t.ga yetdi. Lekin hosildorlik pasayib ketdi. Masalan, 1956 yilda respublika bo`yicha har gektar yerdan o`rta hisobda 22.0 ts. paxta hosili olinganbo`lsa, 1962-yilda u pasayib, 19.2 ts.ni tashkil qildi3. Ko`pgina xo`jaliklarda xosildorlik bundan ham kamroq bo`ldi.
Vaqt masofasidan turib nazar tashlaganda, shu narsa yaqqol ko`zga tashlandiki O`zbekistonda ham, umuman, butun SSSR da bo`lganidek, qo`riq yerlarga ommaviy ravishda qilingan hujum rejalashtirish vaqtida mo`ljallangan natijalarni bermadi. Texnika siyosatidagi kamchiliklar tufayli vaziyat yanada chuqurlashdi. Paxta yetishtirish ustuvor hisoblangani sababli direktiv organlar paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalashga asosiy e`tiborni qaratdilar. Boshqa taroqlar esa e`tibordan chetda qolaverdi.Natijada, sabzavotlar ekishning mexanizatsiyalash darajasi faqat 24% ni, pichan to`plashda 24%ni, chorvachilik fermalarida va qoramollarni bo`rdoqiga boqish majmualarida 39%ni, parrandachilikda 42%ni tashkil etdi va hokazo.2
Bu yillarda O`zbekiston qishloq xo`jalik mehnatkashlarining 90% I asosan jismoniy mehnat bilan shug`ullanardi. Respublikaning ilmiy-texnikaviy imkoniyatlaridan esa yetarli darajada foydalanilmadi. Agrar sohani kadrlar bilan ta`minlash borasida ham muommolar keskinligicha qolaverdi. Yuqorida sanab o`tilgan yutuqlarga qaramasdan, partiyaning kadrlar siyosatidagi turg`unlik xollari tobora rasmiy tus olib bordi. Odatda kadrlar masalasidagi qo`pol xatoliklar haqida lom-mim deyilmas yoki ular mahalliy boshqaruv organlarining tashkiliy ishidagi ―kamchiliklar‖ deyilrdi, xolos, xo`jaliklarning amaliy faoliyatidagi xato va kamchiliklar ular ma`muriyati hamda mutaxasislarining samarali ishlamaganligi oqibati deb ko`rsatilardi. Statistikaning ko`rsatishicha, 0 yillarning boshlarida jamoa xo`jaliklari raislari, davlat xo`jaliklari direktorlari,bosh mutaxasislari, agronomlari, veterinariya shifokorlari va zootexniklar orasida amaliyotchilar soni 1,3%dan 5,7%gacha edi, jamoa xo`jaliklaridagi muxandis-texniklarning 36,3%, dehqonchilikdagi brigade boshliqlarining tegishli ravishda 74,7 va 54,5%, chorvachilikdagi ferma mudirlari va brigada boshliqlarining 73,1 va 52,4%i amaliyotchilardan iborat edi2.
Haqiqatan, so`nggi qayta qurish davrida ham rejaga sig`inish va har qanday yo`l bilan uni bajaish ustuvor qilib qo`yildi. Paxtachilikda ishlab chiqarish harajatlarini holisona Hisob kitob qilish, tahlil va nazorat etish, yalpi hosilni ko`paytirish bahonasida inkor etildi. Natijada, Paxtachilikda Eliktrenergiya,yoqilg`i-moy, mashina va agregatlar, mehnat resurslari, tayyor mahsulot va moliyaviy imkoniyatlar o`z xolicha ishlatildi. Chunonchi, 9.6% moddiy harajatlar paxta xom ashyosini qariyb 95% tannarxidan iborat bo`ldi. Ishlab chiqarishdagi noreallik oqibatida paxtakor dehqon rejani bajarish yo`lida kuniga 12-16 soatlab, dam olish kunlariyu bayram kunlari ham mehnat qildi. Chunki ish haqi to`lash tizimida bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga to`lanadigan ish haqi orasida iqtisodiy bog`lanish yo`q edi.
Masalan, mutaxasislarning hisoblashicha, dehqon g`o`za orasini chopiq qilish davrida kunlik normasini bajarish uchun o`g`ir ketmonni 50 ming marta ko`tarib taslash lozim bo`lib, faqat, 159 marta yerga ketmon o`rgani uchun1 tiyinga ega bo`lgan. Aholi jon boshiga oziq-ovqat islohotlari iste`mol etish esa yildan-yilga kamayib borgan. Masalan, 1980-1987 yillarda go`sht va go`sht maxsulotlari tegishli ravishda 31kg dan 26 kg ga, sabzavot va poliz mahsulotlari 177 kg dan 172 kg ga, kartoshka 29 kg dan 26 kg ga tushib qoldi va boshqa istimol maxsulotlarini yetishtirishda ahvol bundan ham past bo`ldi. Respublika aholisiga 1988-yili rejadagi 51,6 ming tonna poliz mahsulotlari, 126,4 ming tonna ho`l meva, sabzavot poliz mahsulotlari yetishtirish 17-23 %ga kamaydi. Umuman, Ozbekiston ho`l meva, 132,9 ming tonna uzum yetkazib berilmadi yoki ho`l meva, sabzavot bilan o`z aholisi ehtiyojlarini 57 %ga qondirib, sobiq Ittifoq buyicha 14-o`rinda bo`lgan.
Paxta yakkahokimligi (monokultura) keyingi bir necha yil ichida paydo bo‘lgan hodisa bo‘lmay, balki o‘zining qariyb yuz yillik rivojlanish tarixiga ega. Ma’lumki, o‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 90-yillarga borib, asosan, tugallandi. O‘lkamiz chorizmni va uning rivojlanib kelayotgan kapitalistik sanoatini birinchi navbatda arzon xom-ashyo manbai sifatida qiziqtirar edi. Agar 1886 yilda rus to‘qimachilik sanoati iste’mol qilgan paxta tolasining hajmi 123 ming tonnani tashkil qilib, shundan 96 foizi chet ellardan keltirilgan bo‘lsa, 1914 yilga kelib to‘qimachilik sanoati uchun jami 454 ming tonna paxta tolasi yetkazib berildi. Lekin bu tolaning faqat 48,7 protsentigina chet mamlakatlardan (Amerika va Misrdan) keltirilgan edi. Qolgan qismini esa O‘rta Osiyo xalqlari yetishtirdilar. Shunday qilib, 1886—1914 yillarda rus to‘qimachilik sanoatiga O‘rta Osiyodan paxta tolasi yetkazib berish 42 marta ko‘paydi. Agar 1888 yilda regionda 13,2 ming gektar sug‘oriladigan yerga paxta ekilgan bo‘lsa, 1914 yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 600 ming gektarga yetdi. 1916 yilga kelib paxtaga ajratilgan ekin maydonlarining umumiy hajmi revolyutsiyagacha maksimal nuqtaga —748 ming gektarga yetib, eng yuqori, ya’ni 301 ming tonna paxta tolasi tayyorlandi.3

Farg‘ona vodiysi revolyutsiyaga qadar ham O‘rta Osiyoda asosiy paxtachilik rayoni bo‘lgan. 65 foiz paxta maydoni vodiyda edi. Bu yerda monokultura o‘sha yillardayoq ildiz ota boshlagandi. Chunki sug‘oriladigan yerlarning 75 dan 100 foizigacha paxta ekilar edi.


1920—30 yillarda «paxta mustaqilligi uchun kurash», «paxta uchun kurash — sotsializm uchun kurash» shiorlari ostida yangi yerlar o‘zlashtirish hamda g‘alla va boshqa ekinlarni qisqartirish hisobiga paxta ekiladigan maydonlar jadal sur’atlar bilan kengaytirildi.
1914—1929 yillar orasida O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida paxta ekin maydoni 41,5 protsentga oshgan bo‘lsa, Turkmanistonda 38, Tojikistonda 28 martaga ko‘paydi. Shunga muvofiq ravishda g‘alla va boshqa donli o‘simliklar ekiladigan maydonlar bizning respublikamizda 31, Tojikistonda 50, Turkmanistonda 18 protsentga qisqardi. Shu bilan birga poliz, bog‘ va uzumzorlar bilan band bo‘lgan maydonlarni sezilarli kengaytirish imkoniyatlari ham cheklandi. Ilgari O‘rta Osiyoda g‘alla mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ichki rezervlar evaziga to‘la qondirilardi. Paxta ekiladigan maydonlarning keskin o‘suvi hisobiga o‘lkada don taxchilligi vujudga keldi. Agar 1927—1928 yillarda O‘rta Osiyoga tashqaridan 560 ming tonna don mahsulotlari keltirilgan bo‘lsa, bu qo‘rsatkich besh yildan keyin 820 ming tonnaga yetdi.
50-yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish uchun umumittifoq hashari boshlandi. Jizzax va Sirdaryo muzofotlarida, keyinchalik Qarshi va Surxon-Sherobod, Buxoro va Quyi Amudaryoda yangi-yangi paxta maydonlari ochildi. Bu esa 60-yillarning boshidayoq Amudaryo va Sirdaryo hamda Orol dengizida suvning keskin kamayishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, hozir respublika agrosanoati kompleksida paxtachilikning hissasi 70 foizni tashkil ztadi. Respublikadagi barcha ekin maydonlarining deyarli yarmiga, ya’ni 2 million gektardan ortig‘iga paxta ekilmoqda.
Shuni qayd qilish lozimki, jahon paxtachiligi allaqachon intensiv yo‘ldan, gektar hosildorligini oshirish hisobiga rivojlanmoqda. Keyingi 40 yil ichida jahonda paxta ishlab chiqarish 2 martaga oshgan bo‘lsa, paxta ekiladigan maydonlar 10 protsentga qisqardi. Bizda paxtachilikda ekstensiv yo‘l hamon saqlanib kelmoqda.
Qayta qurish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratlashtirish amalga oshirilayotgan bir paytda paxta yakkahokimligiga chek qo‘yish, paxta ishlab chiqarishni oqilona doirada chegaralash payti yetdi.
Tabiiyki, biz paxta yetishtirishdan butunlay yoki juda katta miqdorda voz kecholmaymiz. Gap monokulturani jilovlash, paxta ekiladigan yer maydonlarini jiddiy suratda kamaytirish ustida bormoqda. Agar xolisona fikr yuritadigan bo‘lsak, shuni aytish kerakki, iqtisodiy mustaqil respublika, butun xalq paxtachilikdan juda katta foyda ko‘rishi aniq. Chunki uni tashqi va ichki bozorda istagan mahsulotga ayirboshlash mumkin. U qimmati tezda buzilmaydigan mahsulot. Poliz, sabzavotchilik va bog‘dorchilik mahsulotlari esa bunday vazifani bajarmasligi mumkin.
Lekin paxta respublikaning o‘zida iloji boricha ko‘proq qayta ishlanishi va tayyor mahsulotga aylanishi uchun ham jon kuydirish lozim.
Joriy yilda respublikamizning 93 ta tumanida 75 paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilib, 701 ming gektar yer maydonida paxta hosili yetishtirildi. Natijada joriy paxta mavsumining 25 noyabr holatiga, ushbu klasterlar tomonidan 2065,3 ming tonna paxta (prognozga nisbatan 100,0%) yoki jami paxtaning 70 foizi, shu jumladan 95,3 ming tonna (yoki 5.1%) paxta terish mashinalari yordamida terib olish ta’minlandi.
Shartnoma majburiyatlarini ortig‘i bilan bajargan Farg‘ona viloyatidagi klasterlar 122,7%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 113,6%, Andijonda 108,4% va Xorazm viloyatida 106,5% paxta xom ashyosi yig‘ib olindi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 40 ta tumanda tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari yangi texnologiyalarda ishni tashkil qilganligi tufayli so‘ngi 10 yil ichida birinchi marta yillik hosildan yuqori hosil olindi.
Paxta terimiga 130 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari sotib olindi va so‘ngi 40 yil davomida ular yangilandi.
Hozirgi kunda butun dunyoda global muammo bo‘layotgan suv tanqisligi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari tomonidan paxta yetishtirish jarayonida alohida e’tibor berildi. Joriy yilda 4 ming 600 gektar paxta ekin maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi. Isroilning "Netafin", Xitoy Xalq Respublikasining "Qingdao Flourish Textile Machinery CO LTD" va ko‘plab mahalliy suvni tejovchi quruvchi tashkilotlar tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qurib bitkazilib mazkur texnologiya bo‘yicha paxta ekin maydonlari sug‘orildi.
Yana bir quvonarli jihati shundaki, ilk marotaba klasterlar tomonidan yurtimizda organik paxta yetishtirilishiga erishildi. Bunda Textile Technologies Group va Fanlar akademiyasi olimlari hamkorligida hech qanday kimyoviy yoki boshqa unsunlardan foydalanmagan holda organik paxta yetishtirildi va Yevropa kompaniyasi tomonidan sertifikatlandi.
Tadbirga so‘zga chiqqanlar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2019 yildagi ijobiy yutuqlari hamda sohani rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolari, qishloq xo‘jaligida paxtani ekin maydonlarida munosib joylashtirish va sifatli urug‘ navlari bilan ta’minlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari hamda suv ta’minotini mutonosib taqsimlash, zamonaviy paxta terish mashinalari va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish hamda xorijdan import qilish, shuningdek, 2020 yildan bosqichma-bosqich paxta terimini mexanizatsiyalashtirish afzalliklari, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, moliyalashtirishni takomillashtirish, kredit resurslaridan foydalanish tizimini soddalashtirish kabi mavzularda ishtirokchilarga taqdimotlar namoyish etishdi.
Tadbir so‘ngida, yil davomida samarali mehnat ko‘rsatib, klaster tizimini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan bir qator paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari faxriy yorlig‘ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan o‘simliklardan biri paxtadir. U dehqonning mashaqqatli, tinimsiz mehnati maxsuli. Paxta bahordan to kuzgacha quyosh nurida yetiladi va toblanadi. Shuning uchun ham o‘tmishda uni «Quyosh farzandi» deb bejiz aytishmagan.
Hozirgi zamonda paxta ahamiyati jihatidan metall, neft, g‘alla, gaz, oltin qatorida turadi. U tom ma’nosi bilan «oq oltin»dir.
O‘tmishda ota-bobolarimiz tabiiy ofatlar, qirg‘in urushlar va qahatchilik davrlarida ham paxtani ko‘z qorachig‘iday saqlab, uni avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan. Xullas, paxta qadim-qadim zamonlardanoq o‘zbek xalqi iqtisodiy va siyosiy turmushining ajralmas bir qismi hisoblangan.
O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: Birinchi bosqichda — qadimiy davrlardan to XIX asrning 60—70-yillarigacha, ya’ni Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olguncha, bu o‘lkadan chet mamlakatlarga, asosan, paxtadan ishlangan tayyor mahsulotlar chiqarilgan. Keyingi ikki bosqichda, ya’ni chor hukumati hukmronligi va Sovet davrida paxtaning deyarli hammasi xom ashyo sifatida olib ketiladigan bo‘ldi. Bu yerda nozik holatlar bor.
Arxeologiya qazuvlariga ko‘ra, bundan ikki ming yillar ilgari ham Farg‘ona vodiysida aholi paxtachilik bilan shug‘ullangan ekan. VII—VIII asrlarda yaratilgan manbalarda hozirgi O‘zbekiston tasarrufida, xususan Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va Xorazmda paxta yetishtirilgani, undan turli gazlamalar ishlab chiqarilgani haqida aniq ma’lumotlar uchraydi.
X asrga kelib ajdodlarimiz paxtachilik, to‘qimachilikni yuksak darajaga ko‘tarishgan, Samarqanddan 24 chaqirim narida joylashgan Zandana shahrida gazlama to‘qish keng rivojlangan edi. «Bu shaharda, — deb yozadi Muhammad Narshaxiy o‘zining mashhur «Buxoro tarixi» kitobida, — to‘qib chiqariladigan narsa — bo‘zni «zandaniychi», ya’ni, Zandana qishlog‘idan chiqadigan, deb ataydilar. Bu yerda u ham yaxshi, ham ko‘p bo‘ladi. Shu xil bo‘zdan Buxoroning ko‘p qishloqlarida to‘qiydilar va buni ham «zandaniychi» deb ataydilar. Chunki u avvalo shu qishloqda to‘qib chiqarilgan. Shu xil bo‘zdan Iroq, Fors, Kermon, Hindiston va boshqalar kabi hamma viloyatlarga olib boradilar. Barcha ulug‘lar va podshohlar undan kiyim qiladilar va ipakli kiyimlik bahosida sotib oladilar».
Buxoroda sifatli va bejirim gazlamalar ishlab chiqarishda Iskajkat qishlog‘i ham shuhrat qozongan. Umuman olganda, bu davrda gazlama to‘qish hunarmandchiligi keng rivoj topganki, Buxoro va Samarqand oralig‘ida joylashgan qishloqlarning deyarli hammasi bozorga o‘z gazlamalarini olib chiqqanlar. Toshkent, Farg‘ona, Isfijob (hozirgi Chimkent viloyati), Marv singari joylarda ham gazlama tayyorlash taraqqiy topgan.
Temur va temuriylar davrida mustaqil hamda markazlashgan davlatning yuzaga kelishi munosabati bilan paxtachilik, jumladan gazlama to‘qish o‘lkamizda ancha o‘sdi. Bu vaqtlarda ispan sayyohi Klavixoning so‘ziga qaraganda, paxta Kesh (Shahrisabz), Balx, Murg‘ob va ayniqsa, Samarqandda ko‘plab yetishtirilgan. «Marvdagidek ko‘p g‘alla va paxta, — deb yozadi tarixchi Istahriy, — hech qaysi tasarrufda yetishtirilmaydi. Hirotga keltiriladigan g‘alla va gazlamaning ko‘p qismi u yerdagi g‘alla va paxta mahsulini tashkil qiladi».
Xullas, paxtachilik asrlar davomida ishlab chiqarish kuchlari, hunarmandchilik hamda savdoning o‘sishida muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘lkada paxtachilik va gazlama to‘qishning rivojlanishida Volgabo‘yi, O‘rolbo‘yi hamda bepoyon Sibir shaharlari bilan aloqa muhim o‘rin egalladi. Shu boisdan, o‘sha zamon davlat arboblari va savdo ahli Volgabo‘yi davlatlarida o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun qizg‘in kurash olib borganlar. Ayniqsa, Xorazmning Volgabo‘yi xalqlari bilan aloqasi juda samarali kechgan. Ajdodlarimiz tayyorlagan mollar doimo xaridorgir bo‘lgan. O‘zaro mol ayirboshlashdan Volgabo‘yi xalqlari va Movarounnahr ahli manfaatdorlik tuygan. Har ikki tomonning manfaatdorligi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish barobarida, ayrim vaqtlarda siyosiy jihatdan birlashishga ham olib kelgan. Chunonchi, xorazmliklar VI asr oxirida Volganing quyi oqimida vujudga kelgan Hazar podsholigida o‘z ta’sirini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganlar. VIII asrning o‘rtalariga kelib, xorazmliklar mavqei shu darajada kuchaydiki, oqibatda Hazar podsholigi bilan Xorazm siyosiy jihatdan birlashib, Qrim va Azov bo‘yidan to Xorazmgacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olga! Hazar — Xorazm saltanati tashkil topdi. Bu holat X asrda ham yuz beradi.
Shuningdek, Volga bo‘yidagi ikkinchi yirik davlat — Bulg‘or podshohligi bilan O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalari qizg‘in tus olgan edi. O‘zbeklar rus knyazliklari, Turkiya, Eron va Kavkaz mamlakatlari bilan savdo olib borganlar.
XIII asrda Volgabo‘yida mo‘g‘ullarning Oltin O‘rda davlati vujudga kelib, Botusaroy (Astraxan yaqinida) va Berka Saroy (Volgograd yaqinida) shaharlari uning poytaxti hisoblanardi. U vaqtda ham movarounnahrliklar Volgabo‘yidagi o‘z mavqelarini yo‘qotmagan edi, hozirgi O‘zbekiston tasarrufidan u yoqqa juda ko‘p miqdorda turli gazlamalar, qisman paxta olib ketilgan.
XV asr o‘rtalariga kelib, Oltin O‘rda davlati parchalanib, uning o‘rnida Qozon, Astraxan Qrim, Sibir va No‘g‘ay xonliklari vujudga keladi.
XVI asrning ikkinchi yarmida rus davlati yuqorida sanab o‘tilgan xonliklarni bosib oladi Rus davlati shu tariqa O‘rta Osiyo bilan chegaradosh va qo‘shni bo‘lib qolgan. Shundan keyin har ikkk tomonning bevosita aloqa qilishiga imkoniyat tug‘ilgan.
Bepoyon Rus davlatida Sharq mamlakatlari, xususan O‘rta Osiyo mollariga — gazlamalarga ehtiyoj tobora oshib borardi. Ayniqsa, chekka o‘lkalarda yashovchi aholining bunday mollarga talabi ancha yuksak edi. Natijada, Volga va Sibir bilan asrlar davomida an’anaga aylangan aloqalar tobora rivojlanib bordi. Ko‘hna manbalarning shahodat berishicha, Volga bo‘yida joylashgan Astraxan shahri Rossiyaning O‘rta Osiyo, Eron, Kaspiyorti va boshqa Sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy-siyosiy aloqasini o‘rnatuvchi, rivojlantiruvchi markaz sifatida muhim o‘rin egallagan. U yerga o‘zbek savdogarlari 10 turdan ortiq gazlama olib borib turganlar. Masalan alacha, bo‘z, xom surp, bosma, oq surp, zandaniychi, qizil mato, mitkal, qalami, pardalar, belbog‘lar, ro‘molchalar, chodirlar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari kiyim-boshlar, ip-kalava va oz miqdorda paxta keltirilardi. O‘sha davrda o‘zbek gazlamalarini boshqa joylarda ham uchratish mumkin edi. Masalan, 1615 yili ikki o‘zbek savdogari Qozonga 7190 gaz gazlama olib borgan ekan. 1622 yili bir o‘zbek savogari 1650 gaz ip-gazlama, 230 gaz ipak gazlama, 20 ta pards va 150 ta belbog‘ni Nijniy Novgorodda, 1633 yili Otaquli hoji ismli savdogar esa 66530 gaz turli gazlamalarni Astraxanda sotgan. Xullas, XVII—XVII asrlar davomida va XIX asr boshlarida ham Movarounnahrda ishlab chiqarilgan turli gazlama va kalava iplar ko‘p miqdorda chet o‘lkalarga chiqarilgan. O‘zbek savdogarlari Astraxan, Orenburg, Troitsk orqali Nijniy Novgorod yarmarkasida turli gazlamalar, kiyim-kechaklar, ip-kalava, ipak, qimmatli toshlar, qorako‘l teri va boshqa mollar olib borgani ko‘pgina tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Sibir shaharlariga ikki qavatli zandaniychi, uch qavatli zandaniychi, enli va ensiz guldor gazlama, yaltiroq xom surp, ensiz bo‘z, enli qalami, rangdor qalami, oq doka, zarhal ipak gazlama, satin, belbog‘, ipak ro‘mollar, shuningdek to‘n, nimcha, kamzul, buxoro pardasi, dasturxon ham chiqarilgan. 1640 yili bir savdo karvonida 195690 gaz ensiz gulli chit, 4790 gaz enli chit, 539970 gaz ensiz xom surp, 7790 gaz enli xos surp, 2460 qalami, 260 gaz enli gulli mato, 2320 gaz doka, 37590 gaz buklama ip gazlama, 14750 gaz uchlama ip gazlama, 1722 ta chakmon, 1512 ta belbog‘ singari mollar Tobolsk bozorlariga olib kelinib sotilgan. Masalan, 1703 yilda Tyumenga 50000 gaz, 1714 yilda esa 16550 gaz, 1712 yili Taraga bir o‘zbek savdogari tomonidan 4460 gaz, 1705 yilda Yamishev ko‘liga 44400 gaz ajdodlarimiz to‘qigan ip-gazlama keltirilgan. 1745 va 1747—1750 yillarda Semipalatinskka 312600 gaz turli xil ip-gazlamalar olib borilgan.
O‘zbekiston va Sibir o‘rtasidagi savdo aloqasida Irbit yarmarkasi (hozir Sverdlovsk viloyatida) muhim o‘rin tutgan. Irbit yarmarkasida o‘zbek mollari bilan savdo tobora o‘sib borgan. 1838 yildagi yarmarka anjumanida Rusiya savdogarlaridan 850 kishi, o‘zbek savdogarlaridan 270 kishi va chet el savdogarlaridan 24 kishi qatnashgan.
Paxtadan to‘qilgan turli ip-gazlamalar va boshqa tayyor kiyimlar Orenburg shahri orqali o‘rolbo‘ylariga, xususan hozirgi Boshqirdiston va Tatariston muxtor jumhuriyatlariga olib ketilardi. Shuningdek, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar yashaydigan tasarruflarda ham asosan paxtalik gazlamalardan kiyim kiyish keng urfga kirgan edi. Tarixiy manbalarda Ozarboyjon, Armaniston va Gurjistonga ham ipak gazlamalar olib borilgani haqida ma’lumotlar mavjud. O‘zbek gazlamalarining xorijiy mamlakatlarga olib ketilishi o‘lkada paxtachilik ancha o‘sganidan darak beradi, albatta.
O‘zbek paxtasi Rusiyada katta qiziqish uyg‘ota borgan. Hatto rus hukumati paxta, qovun-tarvuz va uzum yetishtirishni o‘z o‘lkasida iqlimlashtirishga qaratilgan ba’zi choralarni ko‘rgan. Chunonchi, XVII asrning o‘rtalarida rus podshosi maxsus farmon chiqarib, Astraxandan chigit, uzum, qovun-tarvuz urug‘larini topib, ularni ekish uchun Moskvaga yuborish to‘g‘risida mahalliy hokimiyatga ko‘rsatma beradi. Farmonda, yuqorida ko‘rsatilgan narsalar Astraxandan topilmasa, ularni O‘rta Osiyodan keltirishga erishish va o‘zbeklarni bu ishga jalb qilish zarurligi ham ta’kidlangan. Podsho farmoniga binoan g‘o‘za chigiti, qovun va tarvuz urug‘lari Moskva yaqinidagi Izmaylov qishlog‘ida tajriba uchun ekib ko‘riladi. Lekin bu ekinlar harorat hamda tuproq tarkibining noqulayligi sababli yaxshi o‘smaydi.
Rus hukumati noiloj qolgach, janubda joylashgan Orenburgda paxta o‘stirishga alohida ahamiyat berdi. 1753 yilda Orenburg general-gubernatorining Sankt-Peterburgga yuborgan xabarida guberniyada Xorazmdan keltirilgan chigit ekilgani va g‘o‘zaning yaxshi rivojlanayotgani aytilgan edi. O‘sha yili ko‘karib turgan bir tup g‘o‘za namuna tarzida poytaxtga ham yuborilgan. Biroq, keyinchalik guberniyaga sovuq tushib, yam-yashil g‘o‘zalarni qiyratib ketadi. Pirovardida general-gubernator hukumatning yirik vakillaridan biriga quyidagilarni xabar qilgan edi: «Siz janobi oliylariga bir tup g‘o‘zani yuborgan vaqtimda, ekkan paxtamiz batamom pishib yetilar, degan umidda edik. G‘o‘zalarimiz bir necha ko‘sak tukkanda banogoh sovuq tushib, ularni juvonmarg qildi. Shu boisdan, kalomi ehtirom bilan siz muhtaram zotga besh donagina ko‘sak yuborayotirman».
XVIII asr oxirlarida rus hukumati bir sibirlik o‘zbekni Sibirda paxta yetishtirish maqsadida Buxoroga yuborib, sifatli chigit keltirish va paxta ustalarini bu ishga jalb qilish haqida maxsus qaror chiqaradi. Biroq bu urinish ham Sibirdagi iqlim sharoitining noqulayligi tufayli amalga oshmaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, Rusiyada noqulay iqlim tufayli paxta yetishtirishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun Chor hukumati o‘zbek xonliklarini bosib olish orqali paxtani qo‘lga kiritishni ham eng muhim vazifalardan biri, deb hisoblagan.
Rus to‘qimachilik sanoatining o‘zbek paxtasiga muhtojligi, ayniqsa Amerikada fuqarolar urushi vaqtida yaqqol ko‘zga tashlandi. Urush oqibatida Amerikadan Rusiyaga paxta keltirish ancha qisqardi. Natijada, Rusiya bozorlarida bir pud paxtaning narxi 4—5 baravar oshib ketdi. Paxta inqirozi tufayli o‘nlab rus to‘qimachilik korxonalari yopildi. O‘zbek paxtasiga talab kuchaya bordi. Chunonchi, 1862 yilda 1802 ming so‘mlik, 1863 yilda 2903 ming so‘mlik va 1864 yilda 6514 ming so‘mlik o‘zbek paxtasi Rusiyaga keltirilganligi bir qator tarixiy manbalarda uchraydi. Bu o‘sha zamon uchun katta mablag‘ni tashkil etardi. Garchand keyingi yillarda Amerikada vaziyat yaxshilanib, u yerdan Rusiyaga paxta keltirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, sarflangan xarajat miqdori rus sanoat egalariga 90 million so‘mga tushar edi. Bu, shubhasiz, gazlama tannarxini qimmatlashtirib yuborgan. Buning ustiga rus to‘qimachilik korxonalari gazlamalariga Yevropada talab kuchli emas edi. Shu boisdan Rusiyaga arzon baholi paxtaga ega bo‘lish va undan ishlangan tayyor mahsulotlarni sotadigan, talabchan bozor zarur bo‘lib qoldi. Bunga erishmak uchun chor Rusiyasi XIX asrning 60—70-yillaridan boshlab qonli va dahshatli urushlar evaziga o‘zbek xonliklarini bosib olaverdi. Ana shu paytda o‘zbek paxtachiligining birinchi davri tashqi kuch zo‘ravonligida nihoyasiga yetdi.
Xo‘sh, birinchi davr afzalliklari nimalardan iborat edi?
Avvalo, paxtadan olinadigan daromadning hammasi vatanimizda qolardi. Bu holat o‘lkada ishlab chiqarish kuchlari hamda moddiy va ma’naviy hayotning o‘sishida muhim o‘rin egallagan. Dehqon, hunarmand va savdo ahli mashaqqatli mehnatlari evaziga kelgan boylikning haqiqiy egalari hisoblangan. Paxtadan tayyorlangan mollarni ochiq va tashqi bozorga chiqarish qadim davrlardanoq o‘lkada ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik tarmoqlarini yuzaga keltirgan edi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urganch, Xiva, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda minglab kishilar ishlaydigan to‘qimachilik, tikuvchilik, bichuvchilik, bo‘yoqchilik va boshqa hunarmandchilik korxonalari mavjud edi. Biroq xonliklar davrida paxta me’yorida yetishtirilgan. Shuning uchun ham u vaqtlarda, «Birjivыe vedomosti» ro‘znomasining 1874 yilgi sonlaridan birida yozilishicha, o‘lkada, xususan Toshkentda oziq-ovqat shunchalik ko‘p va arzon bo‘lganki, bug‘doy va guruch bozorda haftalab qarovsiz yotgan Ular ruslar kelganidan keyingina qimmatlashgan. O‘sha ro‘znomada ta’kidlanishicha, bu paytda paxta narxi baland bo‘lgan. XVIII asr 90-yillarida Toshkentga kelgan rus elchilari shaharda pilla, paxta, shuningdek, bug‘doy, arpa, tariq, mevalardan: uzum, o‘rik, yong‘oq, olma, nok, qovun va tarvuzlar juda bisyorligini yozib qoldirishgan. 1813—1814 yillari Qo‘qon xonligida bo‘lgan Filipp Nazarov Farg‘ona vodiysida, asosan paxta ekilishini ta’kidlash barobarida turli mevalar ham serobligini uqtirib o‘tadi. Shubhasiz, ayrim joylarda chigit ko‘proq maydonlarga ekilgan bo‘lishi mumkin, lekin, umuman olganda, har uchala xonlikda paxta yakkahokimligiga yo‘l qo‘yilmagan. Paxta yakkahokimligi chor hukumati o‘zbek xonliklarini bosib olgandan so‘nggina yuzaga chiqdi. Ana shu paytdan e’tiboran paxtachilikning ikkinchi davri boshlanib, u to Oktyabr inqilobi g‘alabasigacha davom etdi.
O‘zbek xonliklarining birin-ketin chor hukumati tomonidan zabt etilishi birinchi navbatda mo‘may daromadni poylab yotgan rus savdo-sanoat vakillarini to‘lqinlantirib yubordi. Rus matbuoti, jumladan, «Russkiy vestnik» (1868 y.) ro‘znomasi O‘rta Osiyo boyligi faqat oltin va qimmatli toshlardan iborat emas, balki paxta, ipak va meva-cheva koni ham ekani haqida jar solib, avvalo paxtachilikni rivojlantirishga e’tibor qaratadilar. Shuningdek, ro‘znoma hozirdanoq Buxoro paxtasi Amerika paxtasiga nisbatan arzon tushayotganini bildiradi. Ammo Rusiyadagi manfaatdor doiralar o‘z xohishlarini tezlik bilan amalga oshira olmaydi. Chunki XIX asrning 60—70-yillarida chor hukumati asosan xonliklarni bosib olish v o‘lkada o‘z mavqeini mustahkamlash bilan band bo‘ldi. Ustiga-ustak mahalliy paxta ko‘p jihatdan rus to‘qimachilik sanoatiga mos tushmas edi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyoda uzoq asrlar mobaynida paxtaning mahalliy «malla g‘o‘za» va «qizil po‘choq» navi yetishtirilib kelingan. «Qizil po‘choq»ning chigiti ancha yirik, tolasi esa oppoq bo‘lgan. G‘o‘za tanasi qizg‘ish tusda bo‘lganidan unga «Qizil po‘choq» deb nom berilgan. Tolasining uzunligi 22—23 millimetrga yetgan. «Malla g‘o‘za» tolasining uzunligi 14—16 millimetr chiqib, rangi qizg‘ishroq, chigiti esa juda mayda bo‘lgan ekan. Bu nav faqat serhosilligi bilan ajralib turgan. Mahalliy g‘o‘za navlari orasida Xiva xonligi tasarrufida yetishtirilgan paxta sifati, mayinligi, tolasining uzunligi o‘rtacha 20 millimetrga yetishi bilan o‘zgacha qiymatlangan. O‘sha davr mutaxassislarining fikricha, Xiva paxtasi Amerika paxtasidan qolishmagan.
Buxoro xonligi tasarrufida yetishtirilgan paxta tolasining sifati va uzunligi jihatidan Toshkent va Farg‘ona vodiysi paxtasidan biroz ustunlik qilgan. Umuman olganda, mahalliy paxta hunarmandchilik to‘qimachiligiga moslangan bo‘lib, asrlar davomida ichki hamda tashqi bozor talabini qondirib kelardi. Dehqonlar paxtaning mahalliy iqlim, tuproqqa mos tushadigan navlarini yaratib ekishgan. Bundan tashqari paxta yetishtirishga hozirgidan ko‘ra kam suv sarflangan, bu dehqonlarning suvi kamroq joylarga ham chigit ekish imkonini tug‘dirardi.
«Malla g‘o‘za» navi o‘zining kam hosilligi va tolasining kaltaligi, umuman sifat jihatidan to‘qimachilik sanoati talablariga javob berolmay, Amerika paxtasiga raqobat qilolmasligi bilan asta-sekin o‘z mavqeini yo‘qota bordi.
«Malla g‘o‘za» navining xaridorlar talabini qondira olmayotgani O‘rta Osiyo chor Rusiyasi tomonidan zabt etilmasdan oldinoq ayrim savdo-hunarmandchilik vakillariga, xususan Rusiya bilan savdo-sotiq olib borayotgan kishilarga ayon edi. Ular daromadlari ko‘payishini ko‘zlab Amerika paxtasini o‘lkamizda iqlimlashtirishga uringanlar. Masalan, XIX asr o‘rtalarida yirik savdogarlardan biri X. Saidumarov Rusiya orqali Amerika paxtasi urug‘i va tolani chigitdan ajratadigan yevropacha qo‘l mashina (Jin)ni Buxoroga olib kelgan. Amerikaliklar navi kam hosil bersada, tolasi sifatli bo‘lgani uchun faqat Nijniy Novgorod yarmarkasiga sotish uchun olib borilgan. Lekin Buxoroda paxtaning bu yangi navini iqlimlashtirishga hali shart-sharoit yaratilmagan edi.4



Download 66,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish