Asosiy qsim
1. 50-70 yillarda O’zbekistonda paxta yakkahokimligi
Mustabid sovet tuzumining dastlabki kunlaridan boshlaboq qishloqni sotsialistik xujalikka aylantirish uchun ―kommunizmga sakrab o`tish‖, ―kommunizmga jadal yurish, ―kommunistik jamiyat qurilishini jadallashtirish‖ kabi shiorlarni amalgam oshirdilar. 1985 yil aprelidan esa boshlangan sunggi ―qayta qurish‖ ham yuqoridagi shiorlarning davomi bo`lib, kommunistik mafkuraga xizmat qildi. Bu shiorlar davrida million-million paxta xom ashyosini yaratuvchisi paxtakor dehqonning ma`naviy va moddiy manfaatlari cheklab qo`yildi. Chunki, 1917 yil oktabr tuntarishidan keyin vujudga kelgan siyosiy va noiqtisodiy xo`jalik yuritishning shakl va uslublari qariyb 74 yil davom etdi. Markazningiqtisodiy jabhadagi o`zboshimchaligi urush yillarida e`tiborsiz qolgan o`zbek qishloqlariga salbiy ta`sir ko`rsatgan edi. Chunki urush davrida imkon darajada qishloqdan (oziq-ovqat, xom ashyo, ishchi kuchlari va h.k.)olindi, lekin qishloqqa esa hech narsa berilmadi. Oqibatda qishloq xo`jaligi sovet agrar siyosatiningtobora yangi-yangi zararli illatlari o`zini namoyon qila boshladi. Stalin ma`muriyati kommunizmga jadal yurishdan iborat xayoliy rejalarini ro`yobga chiqarish maqsadida odatdagidek qishloqda ma`muriy tazyiq o`tkazishga zo`r berdi. Jamoa va davlar xo`jaliklaridan davlatga mahsulot yetkazib berishni keskin oshirish talab qilindi, bunda xo`jalik imkoniyatlaridan emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. Qishloq xo`jaligini yuksaltirish uchun yirik kapital mablag`lar talab qilinardi. Biroq ular yetarlicha berilmas edi. Urushdan keyingi davrda O`zbekistonning agrar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun umumiy mablag`lar hajmining bor-yo`g`i 7%i ajratildi2. Davlatning jamoa xo`jaliklariga ―yordami‖ asosan texnika yetkazib berishdan iborat bo`ldi, bu texnika esa MTSlar tassarufida edi. Shu bilan birga jamoa xo`jaliklari mahsulotlariga belgilangan xarid narxlari urushdan oldin qanday bo`lsa, shundayligicha saqlanib qoldi, vaxolanki, dehqonxo`jaliklari oladigan sanoat maxsulotlarining narxlari esa 20 baravar ortdi. Natijada davlat qishloq xo`jalik maxsulotlarini deyarli tekinga oladigan bo`ldi. O`zbekiston rahbariyati qishloq iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor edi, shuning uchun ham paxta yetishtirish bilan bir qatorda qishloq xo`jaligining boshqa tarmoqlarini ma`lum darajada bir xil qiymatga ega bo`lgan resurslar bilan ta`minlashga intildi. Xususan, respublika aholisining moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan oziq- ovqat ekinlarini ma`lum miqdorda yetishtirisha e`tabor berildi.
Qishloq xo‘jaligi va ichimlik uchun suv yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik hamda suvga aloqador boshqa muammolar o‘zbekistonliklarni yildan yilga ko‘proq bezovta qilyapti. Mamlakatda suvni tejab ishlatish borasidagi ishlar esa juda sust ketmoqda. Masalan, O‘zbekistonning asosiy qishloq xo‘jaligi maydonlarini sug‘orishda hozir ham 1970-80 yillardagi kabi bostirma sug‘orishdan foydalaniladi...
Kun.uz muxbiri bu borada mamlakatni kutayotgan qiyinchiliklar, sohaga yangi texnologiyalarni jalb qilish va umuman, suv muammolariga moslashish jarayonlari borasida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov bilan intervyu uyushtirdi.
— Haqiqatan ham yer sharida qurg‘oqchil mintaqalar bor. Markaziy Osiyo mintaqasi shunday hududlardan biri. Bu joylarda qurg‘oqchilik davriy ravishda takrorlanib turadi. Tariximizda qattiq qurg‘oqchilik bo‘lgan yillar ma'lum.
Men oxirgi yuz yillikdagi atmosfera yog‘inlari ma'lumotlarini tahlil qilib chiqdim va unda ma'lum bo‘ldiki, shu yuz yilda qishloq xo‘jaligi va umuman suvga bo‘lgan talab uchun bor-yo‘g‘i 7 yilda yetarlicha yomg‘ir yog‘gan ekan. Bu 100 foizdan 7 foiz degani. Shu bilan birga, bu yillarda 8 yil juda qattiq qurg‘oqchilik davri bo‘lgan. Bu yillarda suv ta'minoti 40 foizgacha pasayib ketgan.
Mintaqamizning oxirgi 100 yillik tarixidagi eng qattiq qurg‘oqchilik 1917 yilda ro‘y bergan. Bunda insoniyat, hayvonot va o‘simliklar dunyosi jiddiy zarar ko‘rgan.1
1960 yillargacha bizda qurg‘oqchilik kam bo‘lgan. Kuzatishlardan ma'lumki, aynan shu yillardan keyin qurg‘oqchilik har 7-8 yilda bir marta takrorlanadigan bo‘lib qoldi. 2000 yillardan keyin esa bu davr yanada tezlashdi.
Shu o‘rinda yana bir gap, oxirgi yuz yil ichida atmosfera yog‘inlarining talabga nisbatan ko‘proq bo‘lishi bor-yo‘g‘i bir marta kuzatilgan. Bu 1969 yilga to‘g‘ri keladi va shu yili umumiy ko‘rsatkichga nisbatan 150-160 foiz suv bo‘lgan.
Xo‘sh, bu nimaning oqibati? Bu holat asosan iqlimning global isishi bilan bog‘lanyapti. Hozir butun dunyo olimlari, shuningdek, BMT bu muammo bo‘yicha jiddiy izlanyapti.
Oxirgi 10-15 yilda qor yog‘ishi ham keskin kamayib ketdi. Yomg‘ir esa juda qisqa vaqt yog‘yapti. Hozir 2-3 sutkali intensiv, maydalab yog‘adigan yomg‘irlar qolmadi hisob. Bunday yomg‘irlar aynan qishloq xo‘jaligi uchun foydali, tuproqqa singishi yaxshi bo‘lgani uchun ham kerak.
Yomg‘ir chala yoki juda tez yog‘ib o‘tib ketayotgani uchun u tuproqqa singmayapti. Bug‘lanish esa ko‘payib ketyapti.
Yog‘in miqdorining kamayishi o‘simliklar hosili, tuproq unumdorligiga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Kasalliklar ko‘payyapti. Shuningdek, ayrim mikroorganizm va hasharotlarning faol rivojlanishiga olib kelyapti.
Bizni bundan keyin ham iqlim bo‘yicha og‘ir yillar kutmoqda. Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bizdagi shu qurg‘oqchilik asr oxirigacha davom etishi kutilyapti.
— Nahotki, bizni shunchalik og‘ir kelajak kutyapti?
— Ha, sizga yuqorida yog‘ingarchilik miqdori eng og‘ir qurg‘oqchilik yillarida ham 40 foizgacha kamaygan dedim, endi shu miqdor 25 foizgacha kamayishi kutilyapti. Va yana bir holat, bu o‘zgarishlar bizning sharoitda o‘ta keskinlik bilan bo‘lgani uchun, 25 foiz yog‘ingarchilikning ham foydalilik darajasi yuqori bo‘lmaydi.
O‘zi shundoq ham keskin kontenintal iqlimli mintaqamizni yanada keskin o‘zgarishlar kutyapti. Bunga qattiq tayyor bo‘lishimiz kerak. Birinchi navbatda olimlarimiz o‘z tadqiqotlarini jonlantirishi kerak.
Biz qishloq xo‘jaligi ko‘radigan zararlarni, suv yetishmovchiligi yoki ko‘tariladigan chang-to‘zonli holatlarning oqibatlarini avvaldan o‘rganishimiz kerak. Ilmiy bashoratlash jonlanishi kerak. Biz iqlim o‘zgarishlarini 60-70 foiz aniqlikda bashoratlashga erishishimiz kerak.
— Siz qishloq xo‘jaligida samaradorlikni saqlash uchun tuproqlarning suv saqlash qobiliyati, ya'ni uning tarkibi yaxshi bo‘lishi kerakligi haqida gapiryapsiz. Albatta, tuproq tarkibining organikaga boy bo‘lishi juda muhim.
Xo‘sh, doim oltinga, zarga tenglashtiriladigan O‘zbekiston tuproqlarining bugungi ahvoli qanday?
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov
— Xalqimiz yerni oltinga teng, deya to‘g‘ri aytadi. Men esa uni oltindan ham qimmat, degan bo‘lardim. Yer uzluksiz hosil beradi, tirik jonlarni boqib turadi. Biz tuproqning xususiyatlarini saqlab qolishimiz kerak.
Xo‘sh, tuproq unumdorligi nima? Bu – yerning hosil berish qobiliyati. Mana shu qobiliyat pasayib ketmasligi kerak. Bizda aholi soni yil sayin ko‘payar ekan, yerga va oziq-ovqatga bo‘lgan talab ham oshib boryapti. Buni qanday qondirishimiz kerak? Yangi yerlar bizda bor. O‘zlashtirish imkoniyatlarimiz ham bor. O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari ham, ilmiy ta'minoti ham yetarlicha. Masalaning boshqa tomoni borki, biz o‘zimizdagi 4 mln. 300 ming gektar yerning unumdorligini yuqori holatda saqlab turishimiz kerak.
Agar qishloq xo‘jaligi maydonlarining so‘nggi 20-30 yillikdagi holatini solishtiradigan bo‘lsak, unumdorlik oxirgi yillarda sezilarli pasaygan. Masalan, 1960-70 yillarda tuproqning gums qatlami 1.4 - 1.5 foiz edi, hozir esa 1-1.1 foizgacha tushib ketgan.
Bizda shuningdek, unumdorligi past bo‘lgan sur, sur qo‘ng‘ir tuproqlar ham bor. Bu joylarda unumdorlik yanada pasayib ketyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |