Yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishini ko‘rsating?


Mafkuraviy kompetentlilik tushunchasi va uning ta'lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati



Download 3,06 Mb.
bet20/23
Sana13.07.2022
Hajmi3,06 Mb.
#788594
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1 oraliq

Mafkuraviy kompetentlilik tushunchasi va uning ta'lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati. Hozirgi globallashuv va axborot almashinuvi o‘ta jadallashgan bir davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, bugungi shiddatli zamon “yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlarni ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”32. Buning uchun avvalo, yosh avlodning intelektual salohiyatni kuchaytirish va ayni vaqtda ularni ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirishimiz juda muhimdir.
Ta'kidlash lozimki, yosh avlodni g‘oyaviy jihatdan sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ta'lim tizimi rahbari va mutaxassis xodimlarning mafkuraviy kompetentliligi eng asosiy omil hisoblanadi. Binobarin, ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim tizimi rahbari va mutaxassis xodimlarning mafkuraviy kompitentligini oshirmasdan turib yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalab bo‘lmaydi. Shu ma'noda bugungi davr sharoiti va talablari xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan barcha ta'lim tizimi rahbari va mutaxassis xodimlarning mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirish masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.
Aytish lozimki, ushbu ma'ruzada ishlatilayotgan mafkuraviy kompetenlilik tushunchasi bugungi kun uchun yangi tushunchadir. Chunki, ilmiy izlanishimiz davomida bizga ma'lum bo‘ldiki, mafkuraviy kompetenlilik tushunchasi mazkur sohadagi ilmiy adabiyotlarda, ya'ni:

  • Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fani uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlari va lug‘atlarda ;

  • Pedagogika faniga doir ilmiy adabiyotlar va lug‘atlarda;

  • O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi va boshqa shu kabi adabiyotlarda ushbu tushuncha uchramaydi.

Mazkur adabiyotlarda, albatta, mafkura va kompetensiya tushunchalari haqida alohida ma'lumotlar mavjud. Masalan: 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tomonidan chop etilgan “Milliy g‘oya va rahbar ma'suliyati” kitobida “Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish tizimi”33, deya ta'riflangan. Mafkura tushunchasiga doir shunga o‘xshash ta'riflarini boshqa manbalarda ham ko‘rish mumkin34.
“Kompetensiya” tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tushuncha lotincha “campetere” - munosib bo‘lmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u yevropada birinchi marta 1596 yilda Vikiped lug‘atida ishlatilgan. Hozirda Vikipediyada elektron lug‘atda “kompetensiya” tushunchasi “bu xodimning lavozim talablariga muvofiq ishlash qobiliyatidir”35, deya izohlangan.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida “kompetensiya” tushunchasi “Kompetensiya – (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba”36, deya ta'riflangan.
Yuqoridagi manbalarda “kompetensiya” tushunchasi orqali keng ma'noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar asosida bilim va malakalarni qo‘llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini nazarda tutilgan bo‘lsa, yurtimizning pedagogika sohasidagi olimlari tomonidan aynan o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi tushunchasiga ham ta'riflar berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “kasbiy kompetentlilik – bu o‘qituvchining ma'naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyati, ya'ni uning kasbiy imkoniyatlari solohiyatini tasvirlaydi. Mazkur salohiyatni pedagogik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda o‘qituvchi faoliyati jarayonining holati va samaradorligi orqali aniqlash mumkin bo‘ladi”37, deya izohlangan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turganidek, hozirda mafkura va kompetensiya tushunchalari bo‘yicha aniq ilmiy tasavvur va ta'riflar shakllangan. Biroq bugungi kunda chuqur g‘oyaviy bilimga ega bo‘lgan va mazkur g‘oyalar bo‘yicha e'tiqodi (mafkuraviy immuniteti) shakllangan hamda o‘zi ishongan g‘oyalarni boshqa insonlarga ham singdirish malakasiga ega bo‘lgan shaxslardagi bunday bilim, ko‘nikma va malakani anglatuvchi muayyan tushuncha ilmiy iste'molga kiritilmagan. Vaholanki, ilmiy iste'molda chuqur g‘oyaviy bilim va e'tiqod (mafkuraviy immuniteti)ga egalik hamda shu bilim va e'tiqodini boshqa insonlarga ham singdira olish malakasini anglatuvchi muayyan tushuncha bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur muammoni bartaraf etish uchun ushbu qo‘llanmada chuqur g‘oyaviy bilim va e'tiqod (mafkuraviy immuniteti)ga egalik hamda shu bilim va e'tiqodini boshqa insonlarga ham singdira olish malakasini mafkuraviy kompetentlilik tushunchasi orqali ifodaladik. Binobarin, insonlardagi bunday xususiyatni mafkuraviy kompetentlilik tushunchasi orqali ifodalash ta'lim-tarbiya jarayonida ham va ijtimoiy hayotda ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya jarayonida va ijtimoiy hayot iste'molida mafkuraviy kompetentlilik tushunchasining mavjud bo‘lishi g‘oyaviy bilimi sayoz, e'tiqodi (mafkuraviy immuniteti) shakllanmagan, o‘z navbatida muayyan g‘oya asosida yashash u yoqda tursin, aksincha turli yot, begona g‘oyalarga ergashib ketish xavfi mavjud bo‘lgan kishilar bilan chuqur g‘oyaviy bilim va e'tiqod (mafkuraviy immunitet)ga ega hamda shu bilim va e'tiqodini boshqa insonlarga ham singdira olish malakasi mavjud bo‘lgan shaxslarning xususiyatlarini o‘zaro farqlash va ularni aniq ilmiy tushunchalar bilan ifodalash imkonini beradi.
Ma'lumki, fan har bir yangi tushunchani ilmiy is'temolga kirib borishida ushbu tushunchaning mohiyatini ochib beruvchi muayyan tarifni taqozo etadi. Jumladan, bu mafkuraviy kompetentlilik tushunchasiga ham taaluqli bo‘lib, ushbu zaruriyatga ko‘ra mafkuraviy kompetentlilik tushunchasiga quydagicha ta'rif berildi:
Mafkuraviy kompetentlilik – bu shaxsning mafkura sohasida chuqur bilimga egaligi va o‘zi ishongan mafkura bo‘yicha kuchli e'tiqod (mafkuraviy immunitet)ning shakllanganligi hamda o‘z mafkurasidagi g‘oya va qarashlarni boshqa insonlarda ham shakllantira olish malakasidir.
Mafkuraviy kompetentlilik yaxlid ko‘rinishda bo‘lsada, biroq unda uchta asosiy komponent mavjuddir. Ya'ni, ular:

  • Mafkura sohasida chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish;

  • Muayyan mafkura (nazariyasidagi g‘oya va tomoyillar)ga nisbatan kuchli ishonch va e'tiqod (mafkuraviy immunitet)ning shakllanganligi;

  • O‘zi ishongan mafkuraning g‘oyalarini boshqa insonlarda ham shakllantira olish uchun muayyan (ichki, ilmiy-nazariy va tashqi tashkiliy-metodik) ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish kabilardir.

Ta'kidlash kerakki, biror bir shaxsda yuqoridagi uch komponentning birgalikda mavjud bo‘lishi bu shaxsda mafkuraviy kompetentlilik mavjudligini ko‘rsatadi. Aksincha bo‘lsa, ya'ni muayyan shaxsda yuqoridagi komponentlardan birining mavjud emasligi unda mafkuraviy kompetentlilik to‘la shakllanmaganligini bildiradi.
Bugungi globallashuv va axborot almashinuvi o‘ta jadallashib borayotgan davrda yosh avlodning hayoti juda ko‘plab foydali va foydasiz axborotlar ta'siri ostida kechayotganligini inobatga olish hamda shunda kelib chiqqan xolda ta'lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun avvalo yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi “pedagog kadrlarning mafkuraviy masalalar borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish”38 maqsadga muvofiqdir.
Pedagoglik kasbi haqida so‘z borganda albatta bu kasb uchun kasbiy kompetentlilik bilan birga mafkuraviy kompetentlilik ham o‘ta zarur ekanligiga e'tibor qaratish juda muhimdir. Zero, kasbiy kompetentlilik deganda “o‘qituvchining ma'naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyati, ya'ni uning kasbiy imkoniyatlari solohiyati...”39 tushuniladigan bo‘lsa, mafkuraviy kompetentlilik deganda o‘qituvchining (bunyodkor va vayronkor) mafkuralar bo‘yicha chuqur bilimga ega ekanligi va bunyodkor mafkura bo‘yicha unda kuchli e'tiqod (mafkuraviy immunitet)ning mavjudligi va o‘zi ishongan bunyodkor mafkuradagi g‘oya va qarashlarni boshqa insonlar jumladan, o‘quvchi-yoshlarga ham singdira olish malakasi tushiniladi.
Ta'kidlash kerakki, pedagoglik kasbida kasbiy va mafkuraviy kompetentlilikni bir biridan ayro holda qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi asosan o‘quvchiga ta'lim berishga qaratilgan bo‘lsa, undagi mafkuraviy kompetentlilik o‘quvchiga (ma'naviy va g‘oyaviy) tarbiya berishga qaratilgan bo‘ladi. Binobarin, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun “ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi”40.
Insonlarda mavjud bo‘ladigan mafkuraviy kompetentlilik haqida so‘z borganda albatta, u faqat bunyodkor mafkuragagina asoslangan bo‘ladi deya xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, ijtimoiy hayotda boshqa mafkuralar jumladan, vayronkor mafkuralar (diniy aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat” va missionerlik g‘oyalari)ni targ‘ib etuvchi shaxslarda ham o‘z mafkuralariga asoslangan kompetentlilik mavjud bo‘lishini yoddan chiqarmaslik kerak. (4-rasm)


4-rasm. Mafkuralar va yoshlar ongi.

Mamlaktimizni yanada taraqqiy etishi va barqaror rivojlanishi uchun ta'lim tizimi rahbarlari hamda mutuxasis xodimlardagi mafkuraviy kompetenlilik albatta bizning bunyodkor mafkuramiz xisoblanmish milliy mafkuramizga asoslangan bo‘lishini talab etadi. Binobarin, milliy mafkura deganda milliy qadriyatlarimiz va ma'naviyatimizga asoslangan, kishilar (o‘quvchi yoshlar)da halollik, poklik, insof, diyonat, vatanni sevish, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va boshqa shu kabi fazilatlarni shakllantiradigan bunyodkor mexanizm tushuniladi. Milliy mafkuramizga asoslangan mafkuraviy kompetenlilikka ega bo‘lish orqali ta'lim tizimi rahbarlari hamda mutaxassis xodimlar:



  • chuqur g‘oyaviy bilim va kuchli mafkuraviy immunitetga ega bo‘ladi;

  • dunyoni mafkuraviy manzarasini tushinish va uni tahlil qilishda adashmaydi;

  • hozirgi mafkuraviy mutakkab davrda milliy mafkuramiz asosidagi pedagoglik pozitsiyasiga ega bo‘ladi;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-yoshlarni g‘oyaviy bilimi va ma'naviyatini yanada yuksaltirish uchun zarur bo‘ladigan ta'limiy texnologiya va metodlarni amalda qo‘llash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi.

Hozirda ta'lim-tarbiya jarayoni uchun mafkuraviy kompetenlilikning zaruriyatidan kelib chiqib, bugungi kunda ushbu masalani tarix, siyosatshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa va boshqa shu kabi fanlar egalari tomonidan o‘rganilishidan tashqari aynan pedagogika fanida jumladan, ta'lim tizimi rahbarlari hamda mutaxassis xodimlar tomonidan ham o‘rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Binobarin, hozirda ta'lim tizimi rahbarlari hamda mutaxassis xodimlarning mafkuraviy kompetentliligini rivojlantirish orqali yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy tomondan barkamol qilib tarbiyalay olsak bugungi globallashuv va axborot almashinuvi o‘ta jadallashib borayotgan “bunday sharoitda mafkura sohasidagi g‘alabaning ahamiyati siyosat va iqtisodiyot sohasidagi g‘alabanikidan kam bo‘lmaydi”41.

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish