BOSH G’OYA
Asosiy g’oya
Asosiy g’oya
Asosiy g’oya
Asosiy g’oya
Asosiy g’oya
2-rasm. Mafkura tarkibidagi bosh va asosiy g‘oyalarning o‘zaro joylashuvi.
Asosiy g‘oyalarning mafkuraviy amaliyotdagi roli juda katta bo‘lib, ular o‘zlari orqali kishilarni mazmunan torroq, biroq aniq narsalarga ishontirishga undaydi. Hosil qilingan kichik ishonchdan esa, yuqoriga, bosh g‘oyaga ishonch tomon borishni ta'minlab beradi. Negaki, asosiy g‘oyalar tizimlashtirilayotganda bevosita yoki bilvosita bosh g‘oya mazmunidan kelib chiqadi va unga tobe qilib qo‘yiladi. Asosiy g‘oyalarning miqdori qancha bo‘lishi bevosita bosh g‘oyaning mazmun-mohiyatiga bog‘liqdir. Ya'ni, bunda bosh g‘oya chuqur mazmun-mohiyatiga ega bo‘lsa, uning har bir qirrasini xususiy tarzda ifodalash uchun asosiy g‘oyalarning ham miqdori ko‘p bo‘ladi. Bosh va asosiy g‘oyalar hamda mafkuraviy kategoriyalar birgalikda mafkuraning nazariy-fundamental asosini tashkil etibgina qolmay ular ana shu mafkura amal qiladigan makon va zamon uchun metodologik asos vazifasini ham o‘taydilar.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mafkuraning birinchi tarkibiy qismida g‘oyalar tizimidan tashqari mafkuraviy kategoriyalar ham o‘rin egallaydi. Mafkuraviy kategoriyalar deganda – bu metadologik va dunyoqarash mazmuniga ega bo‘lgan, mafkuraviy bilish hamda mafkuraviy amaliyot natijasida vujudga kelib, g‘oyaviy tus olgan va o‘zaro bir-biri bilan qonuniy bog‘langan asosiy tushunchalar tushuniladi. Ushbu tushunchalar kundalik ong natijasida emas, balki nazariy ong natijasida vujudga kelganligi bilan ham oddiy tushunchalardan farqlanadi.
Mafkuraviy kategoriyalarni mohiyatini belgilovchi quyidagi mezonlar mavjud:
Mafkuraviy kategoriyalar muayyan mafkuraviy ta'limot bilan birga vujudga keladi va ana shu mafkura monopoliyasida bir-biri bilan qonuniy bog‘langan holda harakatlanadi.
Mafkuraviy kategoriyalar qaysi millat tilida yaratilgan bo‘lsa, mafkuraviy amaliyotda ham ular hyech bir millat tiliga tarjima qilinmasdan qo‘llaniladi.
Ular hajm jihatdan bir yoki ikki so‘zdan iborat bo‘ladi (bu ularni tushuncha hajmi qancha kengaysa mazmun shuncha torayadi, aksincha, tushuncha hajmini qisqaligi unga keng mazmun baxsh etadi – degan teskari nisbat qonuniga bo‘ysinishligini ko‘rsatadi)24.
Ular jozibador va inson ruhiyatiga ta'sirchan bo‘lib, makon va zamon (jumladan kelajak) ehtiyojlarini o‘zlarida yaxlit va dixotomik25 tarzda namoyon etadi.
Mafkuraviy amaliyotda ular o‘zlarining raqiblariga nisbatan o‘ta murosasiz bo‘ladi.
Mavjud mafkuraning maqsadi qanday mohiyat (bunyondkorlik yoki vayronkorlik)ga ega bo‘lsa, undagi kategoriyalar ham shu maqsaddan kelib chiqib, borliqni o‘zlarida ifodalaydi.
Mafkuraviy kategoriyalar insonlar uchun bilish, baholash va faoliyat yuritish mezonini ko‘rsatuvchi obrazli belgi hisoblanadi.
Ana shu mezonlarga to‘g‘ri keladigan mafkuraviy kategoriyalar tasniflanganda asosan uch turga bo‘linadi. Ya'ni ular:
Ideal 26 obrazlarni ifodalovchi kategoriyalar.
Dushman obrazlarni ifodalovchi kategoriyalar 27.
Holat va jarayon 28 larni ifodalovchi kategoriyalardir.
Ushbu kategoriyalar amaliyotda o‘z o‘rnini saqlab kelayotgan har bir mafkurada mavjud bo‘ladi.
Mafkuralardagi ideal obrazlarni ifodalovchi kategoriyalar, asosan, qo‘yilgan mafkuraviy maqsadga hamohang tarzda o‘zida ideal inson va ideal makon(jamiyat)ni yorqin “rang”larda aks ettiradi. Mazkur kategoriyalar inson ongini namunaga yo‘naltiradi va tanlangan namuna va andozaga “mutlaq ishonish”ni taqozo etadi. Demak, ideal obrazlarni ifodalovchi kategoriyalar negizida ongga yo‘naltirilgan voqyelik, andoza yoki namunaga nisbatan “mutloq ishonch” paydo bo‘ladi. Aynan ana shu ishonch sub'ektlarni mudom idealga talpinib yashashga, unga imkon qadar tezroq yetishish uchun dadil harakatlarga undaydi29. Mazkur xolat mafkuraning xarakatlantiruvchi, safarbar etuvchi kuchini ifodalab beradi.
Dushman obrazlarini ifodalovchi kategoriyalar esa, mafkuraviy maqsadda belgilangan ideal “andoza” va “norma”lardan tashqarida bo‘lgan hamda ularga qarshilik qiluvchi kishilar, kuch va makon (jamiyat, davlat va turli guruh) larni qora “rang”larda ifodalaydi. Chunki, “qarama-qarshiliksiz hyech narsa yuzaga chiqmaydi. Zero, ko‘zguning bir tomoni qora bo‘lmas ekan, unda hyech narsaning aksi ko‘rinmasligi kundek ravshan”dir30. Haqiqatdan ham mafkura xalq hayotida uning tarixini, bugungi kuni va kelajagini ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Mafkura bu vazifani to‘laqonli bajarishida unga dushman obrazlarini ifodalovchi kategoriyalar yordam beradi.
Holat va jarayonlarni ifodalovchi kategoriyalar ham aynan ana shu mafkura maqsadidan kelib chiqib ijtimoiy muhitdagi holat va jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
Ta'kidlash lozimki, har bir mafkura o‘zidagi bu uch tasnifdagi kategoriyalar orqali, asosan, ideal inson, ideal makon va ularni aksi bo‘lgan dushman obrazlari (mafkuraviy ta'limotga qarshi kishilar, tuzumlar va davlatlar)ni, hamda borliqdagi mavjud holat va jarayonlarni o‘z maqsadidan kelib chiqib aks ettiradi. Ya'ni, mazkur kategoriyalarda ifodalaniyotgan voqyeiliklar faqat mafkuraviy maqsadnigina amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Agar mafkuraviy maqsad ilmiy va umuminsoniy mezonlarga to‘g‘ri kelsa, bu uning kategoriyalarida ham aks etadi va ular mafkuraviy maqsadda ifodalanayotgan voqyeilikni real hayot bilan uyg‘unlashtiradi. Bu esa, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etish barobarida, qo‘yilgan ezgu maqsadlar sari kishilarni harakatga keltirishni ta'minlab beradi. Lekin, mafkurani maqsadi aksincha bo‘lib, ya'ni u ilmiylikdan, insoniylikdan uzoq bo‘lsa-chi, u holda undagi kategoriyalar mavjud mafkuraviy maqsaddan kelib chiqib, real hayotdagi oqni qora, qorani esa oq – deb ko‘rsatadi. Bu jarayon birinchi navbatda inson ruhiyatida va qolaversa jamiyatning boshqa barcha sohalarida o‘nglanishi qiyin bo‘lgan og‘ir fojealarni vujudga keltiradi.
Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, mafkuraviy amaliyotda ishlatiladigan mafkurani asosiy tushunchalari bilan mafkuraviy kategoriyalar o‘rtasida tafovut mavjud. Bu tafovut faqatgina ularni shaklida emas, balki mazmunida ham ko‘rinadi. Ma'lumki, tushuncha bu - borliqdagi predmet va hodisalarni umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakllaridan biridir31. Kundalik va ilmiy iste'molda ishlatiladigan tushunchalar mazmuniga ko‘ra klassifikatsiya qilinganda bir qator (iqtisodiy, siyosiy, matematik, ximiyaviy va boshqa) turlarga bo‘linadi. Mafkuraning asosiy tushunchalari ham huddi mana shunday klassifikatsiyalangan, mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqin tushunchalar hisoblanadi. Biroq, bu tushunchalar borliqni yakka, bir-biri bilan o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan holda aks ettirish xususiyatiga ega. Mazkur xususiyat tufayli mafkuraning asosiy tushunchalari mafkuraviy amaliyotda kishilar ongi va qalbidan to‘liq o‘rin egallay olmaydi. Shu orqali ular mafkuraviy kategoriyalardan farqlanadi.
Mafkuraviy kategoriyalar mafkuradagi asosiy tushunchalaridan farqli o‘laroq, ular bir-biri bilan qonuniy, mutanosib holda bog‘lanadi va birgalikda mafkuraviy jarayonni yaxlit tarzda ifodalay oladi. Mafkuraviy kategoriyalardagi bu xususiyat mafkuraviy amaliyotda mavjud jarayonlarni kishilar uchun dixotomik va ishonchli holda ifodalash imkonini beradi. Mafkuraning asosiy tushunchalarida esa, bunday xususiyatlarni yo‘qligi tufayli ular borliqni o‘zlarida yaxlit va dixotomik tarzda aks ettira olmaydi. Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, mafkuraning asosiy tushunchalari ham muayyan mafkurani to‘laqonli shakllanishida asosiy rol o‘ynaydilar. Binobarin, bu tushunchalar orasida o‘zaro mantiqiy va mutanosib holda bog‘lanish mavjud bo‘lmasada, mafkurani bosqichma-bosqich shakllanib boradigan xususiyati tufayli ular, mafkuraviy amaliyotda yangi mafkuraviy kategoriyalarni vujudga kelishi uchun asos vazifasini o‘taydi. Ilmiy tamoyillar, umuminsoniy va milliy manfaatlar negizida vujudga kelgan mafkuraviy kategoriyalar, albatta, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohalarini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Aksincha bo‘lsa vayronkorlikni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi.
Mafkuraviy kategoriyalar barcha tarixiy va mafkuralar tarkibida mavjud bo‘ladi. Ularsiz hyech bir mafkura o‘z maqsadini va shu maqsadga to‘sqinlik qiladigan kuchlarni kishilarga aniq tushuntirib bera olmaydi. Mafkuralar qanday (diniy yoki dunyoviy) turga mansub bo‘lishidan qatiiy nazar ularning (garchi mazmun va mohiyati o‘xshash bo‘lmasada) strukturaviy tuzilishi o‘xshash bo‘ladi. Har qanday mafkurada albatta uch turdagi ya'ni, ideal obrazlarni, dushman obrazlarni hamda holat va jarayonlarni ifodalovchi kategoriyalar mavjud bo‘ladi. Mafkuralar bunday turdagi kategoriyalar orqali amaliyotda o‘z nuqtai nazaridan kishilarga nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, kimlar do‘st-u, kimlar dushman ekanligini uqtirishga harakat qiladilar. Shu yo‘l bilan ular kishilarga xayotda xarakatlanish yo‘lini ko‘rsatib boradi. (3-rasm)
3-rasm. Mafkura g’oyalarni inson ongiga etkazuvchi mexanizm sifatida.
Xulosa sifatida aytganda ta'lim tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan ta'lim tizimi rahbari va mutaxassis xodimlari albatta mafkurachi shaxslar hisoblanadi. Mafkurachi shaxslar umumiy holda mafkura haqida nazariy bilimga ega bo‘lishlaridan tashqari, eng avvalo o‘zlari taaluqli bo‘lgan mafkuraning asosiy g‘oya va kategoriyalarining mazmun-mohiyatini to‘la tushunib olmoqlari lozimdir. Mafkurachining eng asosiy quroli so‘z bo‘lganligi uchun ham uning faoliyati uchun g‘oya va mafkuraviy kategoriyalar o‘ta zarurdir. Chunki, g‘oya va mafkuraviy kategoriyalar mafkurachi (ta'lim tizimi rahbari va mutaxassis xodimlar)ning nutqida, yozgan maqola va asarlarida umuman olganda uning ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatida aniq pozitsiya aks etishini ta'minlab beradi. Ularsiz hyech bir mafkurachi ommaga (masalan, o‘qituvchi o‘quvchiga) qaysi yo‘l to‘g‘ri-yu, qaysi yo‘l noto‘g‘ri ekanligini aniq va bardavom tushintirib bera olmaydi. G‘oya va mafkuraviy kategoriyalarni to‘la tushunib olgan va uni o‘z o‘rnida ishlatish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mafkurachigina amaliyotda milliy manfaatga hamda davr xususiyatlariga mos holda tizimli va izchil faoliyat yurita oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |