Sinov savollari
1. Kontakt potensiallar ayirmasining hosil bo`lish sabablarini tushuntiring.
2.Termoparalarda temperaturani o`lchashning odatdagi termometrlardan qanday afzalliklari bor?
3. Termoelementlarning ishlatilish sohalarini asoslang.
4. Nima uchun termopara kontaktlarida temperatura bir xil bo`lsa, termo EYUK nolga teng bo`ladi?
5.Zeebek, Pel’te va Tomson effektlarini tushuntiring.
Laboratoriya ishi №20
SUYUQLIKLAR ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGINI O’RGANISH
Mashg’ulotning maqsadi: elektroliz hodisasi yordamida misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash, suyuqliklardan elektr tokining o’tishini o’rganish.
Ish rejasi:
1.Ish qurilmasi bilan tanishish.
2.Mis sulfat eritmasidan 0,5-1A tok o`tkazib modda ajralishini kuzatish.
3.Olingan natijalarni tahlil qilib misning elektrokimiyoviy ekvivalentini aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar: o’zgarmas tok manbai, elektrolitik vanna, elektron tarozi, ampermetr, sekundomer, elektroplitka, reostat, kalit, mis plastinkalari, PEF - 3 elektroforez qurilmasi, elektrolit eritmasi.
Ishning qisqacha nazariyasi
Suyuqliklar ham qattiq jismlar kabi o’tkazgich, yarim o’tkazgich yoki izolyator bo’lishi mumkin. Biologiya uchun elektr maydoni ta’sirida ionlarning tartibli harakatidan iborat bo’lgan elektr toki hosil bo’ladigan suyuqliklar katta ahamiyatga ega. Bunday suyuqliklar jumlasiga tuz, kislota va ishqorlarning suvdagi va ayrim organik birikmalardagi eritmalari kiradi.
Eritma holda elektr tokni o’tkazuvchi moddalarga elektrolitlar deyiladi. Bu moddalarning molekulalari suvda eriganda ionlarga ajraladi, ya’ni dissosatsiyalanadi. Elektr maydoni bo’lmaganda eritmadagi ionlar tartibsiz harakatlanadi. Agar eritmaga tok manbaining qutblari ulansa, suyuqlikda elektr maydoni ta’sirida elektrodlarga qarab ionlar ko’cha boshlaydi, ya’ni kationlar musbat katodga, anionlar manfiy anionga. Shunday qilib eritmalarda tok paydo bo’ladi.
Elektrolitlardagi ionlarga ikkita kuch ta’sir qiladi: elektr maydon kuchi bunda ion zaryadi va elektrolitning qarshilik kuchi . kuch ionlarni o’rab turgan molekulalar ta’siri natijasidir. Bu ta’sir kuchi ionning tezligiga to’g’ri proporsionaldir:
- qarshilik koeffitsiyenti
Elektr toki paydo bo’lgan vaqtning boshlang’ich paytida ion tezlanish bilan harakat qiladi, so’ngra va kuchlar tenglashgach, ion tekis harakat qila boshlaydi. U holda yoki bunda
Agar , deb olsak (1)
ekanligi kelib chiqadi, bunda b-ionlar harakatchanligi deb ataladi. Maydon kuchlanganligining kuchlanish bilan bog’lanish formulasi.
va tezlik formulasi hisobga olinsa bunda
bunda x – ionlar harakat qilgan masofa, kuchlanish tushuvchi masofasi, t - ionlarning harakatlanish vaqti, U - kuchlanish. Ionlar harakatchanligi ion zaryadidan bog’liq. Zaryad oshishi bilan ion radiusi oshadi, natijada uning suv molekulalari orasidagi harakati qiyinlashadi. Shuning uchun ikki valentli ionlar harakatchanligi bir valentli ionlarnikiga nisbatan kichikdir. Musbat va manfiy ionlar harakatchanligi b+ va b orqali belgilasak tok kuchi uchun quyidagi munosabatni olamiz.
(4)
bunga elektrolitlar uchun om qonuni deyiladi.
Elektrolitlar solishtirma qarshiligi uchun quyidagi munosabat tug’ridir:
(5)
Bunda z - ion valentligi elektr zaryadi, n-ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi, eritmani belgilaydigan kattalik.
Shunday qilib elektrolitlarning solishtirma qarshiligi ionlar konsentrasiyasi va ularning harakatchanligi oshishi bilan kamayadi. Bu ikkala kattalik temperatura oshishi bilan kamayadi. Musbat kationlar katodga borib yetgach, undan yetishmaydigan elektronlarni oladi va katodda neytral atom sifatida ajralib chiqadi. Anionlar anodga ortiqcha elektronlarni beradi va anodda neytral atom yoki radikal holda ajralib chiqadi. Elektrolitlar orqali elektr toki otishida elektrolitlarda moddalar ajralib chiqishiga elektroliz hodisasi deyiladi. Faradey qonuniga binoan, elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o`tayotgan zaryad miqdori to`g`ri proporsionaldir:
(5)
bunda m – elektrodda ajralib chiqqan modda massasi, F-Faradey soni deb ataluvchi doimiy kattalik, A-atom massasi, Z-ion valentligi. (5) formulaga binoan Faradey soni elektroliz paytida moddaning 1 ekvivalenti ajralib chiqishi uchun elektrolitdan o`tishi kerak bo`lgan zaryad kattaligiga teng ekanligi kelib chiqadi.
deb belgilasak, Faradey qonuni quyidagi ko`rinishga ega bo’ladi.
(6)
bunda I - elektrolit orqali o`tuvchi tok kuchi, t - vaqt, k - moddaning elektrokimyoviy ekvivalentidir. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti elektrolit orqali 1Kl zaryad o`tganda ajralib chiqadigan modda massasini ko`rsatadi. Uning birligi g/Kl yoki mg/Kl.
Ionlar harakatchanligiga qarab ion turini aniqlash yoki ionlar aralashmasi bo`lsa ularni elektr maydonida ajratish mumkin. Qishloq xo`jaligida ionlarning elektr maydon ta`siridagi harakatidan (elektroforezdan) qonning oqsil tarkibini tekshirishda, nuklein kislota, aminokislotalarni ajratishda va hayvonlarni davolashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |