Sinov savollari. Ossillograf qanday qismlardan iborat?
Elektron - nur trubkasining tuzulishini tushuntiring.
Ossillografdagi yoyish generatorining vazifasi nimadan iborat?
Sinxronizasiyalashtirish nima uchun zarur?
Ossillograf sezgirligi deb nimaga aytiladi?
Ossillografni qishloq xo`jaligida qanday maqsadlarda ishlatish mumkin?
Ossillograf bilan ishlash tartibini tushuntiring.
Laboratoriya ishi № 19 TERMOPARANI DARAJALASH.
Mashg’ulotning maqsadi: yarim o’tkazgichli termometrlar ishi bilan tanishish, termoparani darajalash, termoEYuK ning hosil bo’lish mexanizmini o’rganish.
Ish rejasi: 1.Tajriba qurilmasini ishga tayyorlash.
2.Termojuftda hosil bo`ladigan EYKning haroratga bog`liqlik grafigini chizish.
3.Darajalash grafigidan temperaturani aniqlashni o`rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: termopara, galvanometr, elektroplitka, 2 ta suvli idish, termometr.
Ishning qisqacha nazaryasi Ilmiy ishlarda texnologik jarayonlarni kuzatishda turli – tuman jismlarning temperaturasini o`lchashga to`g`ri keladi. Hozirgi zamonda o`lchanadigan temperatura oralig`i juda keng, ya’ni “absolyut nol”ga yaqin temperaturadan bir necha ming graduslargacha. Keyingi vaqtlarda temperaturani o`lchash uchun juda ko`p hollarda elektr termometrlari ishlatilmoqda. Buning sababi asosan quyidagilardan iborat:
Elektr termometrlari juda keng o`lchash chegarasiga ega.
Elektr termometrlari masofadan turib, ya’ni jismga tegmasdan temperaturasini o`lchashi mumkin.
Bu termometrlar texnologik jarayonlarni avtomatik ravishda tekshirish imkoniyatiga ega.
Juda kichik ob’yektlar temperaturasini o`lchash qobilyatiga ega (masalan, to`qimaning temperaturasini o`lchash mumkin).
Past va o`rta temperaturalarni o`lchash uchun kontankt metodiga asoslangan termoqarshilik va termoparalardan foydalaniladi. Bularning ichida platinali termoqarshiliklar va kvars termoo’zgartirgichlar juda katta yuqori o’lchash aniqlikka ega. Yuqori temperaturalarni o`lchashda asbob temperaturasi o`lchanadigan moddadan chiqadigan energiya hisobiga ishlaydi va bularning aniqligi unchalik yuqori emas
Bu laboratoriya ishida termoelektrik termometr – termopara ishi bilan tanishiladi. Termoelektrik hodisalar (Zeebek, Pel’te va Tomson hodisalari) o`tkazgichlarning issiqlik va elektr jarayonlar orasidagi bog`lanishiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuchning (termo EYUK) mavjudligini 1821-yili Nemis fizigi Zeebek aniqladi. Bu hodisa quyidagidan iborat: turli jismlardan tuzilgan yopiq konturda ular kontaktlarining temperaturalari turlicha bo`lganda termo EYUK vujudga keladi. Bunda zanjirda termo tok paydo bo’ladi.
1834-yili Fransuz fizigi Pel’te turli metallardan tuzilgan zanjirdan tok o`tganda shu ikki metall kontaktida Joul issiqligidan tashqari qo`shimcha issiqlik ajralib chiqishini va tok yo`nalishi o`zgarsa issiqlik yutilishini aniqladi. Bunga Pel’te issiqligi ham deyiladi. Pel’te hodisasi Zeebek hodisasining teskarisidir. Tajribalarning ko`rsatishicha Pel’te issiqligi kontaktdan o`tuvchi zaryad miqdoriga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni
(1)
bunda П - Pel’te koeffitsiyenti, - temperatura.
Tomson effekti esa bir jinsli o`tkazgich bir jinslimas isitilganda va undan elektr toki o`tganda yuz beradi. Agar tok o`tayotgan o`tkazgichda temperaturalar farqi ∆T=T2 - T1 yuzaga kelsa, u holda o`tkazgichdan Joul issiqligidan tashqari issiqlik (tokning yo`nalishiga qarab) chiqadi yoki yutiladi. Bunga Tomson issiqligi deyiladi.
(2)
bunda Kt - material tabiatiga bog`liq bo`lgan doimiy kattalik, ya’ni Tomson koeffitsiyentidir.