1-rasm 2-rasm
Trubka ichida “elektron to’p” deb ataladigan fokuslangan elektron nurini hosil qiluvchi qurilma joylashgan. “Elektron to’p” qizdiriladigan katod - 1 boshqaruvchi elektrod - 2, va ikkita anod 3 va 4 dan iborat. Katodni qizdiruvchi tola orqali tok o’tkazilsa, katod qiziydi, katodning sirti ishqoriy-yer metall oksidi bilan qoplanganligi uchun termoelektron emissiyasi ro’y beradi. Boshqaruvchi elektrodga beriladugan kuchlanishni o’zgartirish yordamida dastadagi elektronlar zichligini boshqarish va shu yo’l bilan ekrandagi tasvir yorqinligini (“yarkost”) o’zgartirish mumkin. Ikkita anod elektron nurini tezlatish va fokuslash uchun xizmat qiladi. Birinchi anoddagi (3) kuchlanish o’zgartirilib, elektronlar nurini undan turli masofada va shu jumladan, ekran 7 ning biror nuqtasida fokuslash mumkin. Buning uchun “fokusirovka” dastasidan foydalanish zarur. Ikkinchi anod elektronlarga zarur bo’lgan tezlanish beriladi, elektronlar nuri harakat oxirida ekranga borib uriladi. Ekran maxsus modda –lyuminaforlar bilan qoplangan bo’lib, lyuminaforlar elektronlar urilishi natijasida o’zidan yorug’lik chiqaradi. Agar ikkinchi anod va ekran orasidagi yo’lda elektronlar nurga og’diruvchi kuchlar bilan ta’sir etilsa ekrandagi shula ham mos ravishda ko’chadi, ya’ni elektronlar nuri o’lchov asboblarning qo’zg’aluvchi qismi vazifasini o’taydi. Elektron - nur trubasida og’diruvchi sistema o’zaro perpendikulyar joylashgan ikkita juft 5 va 6 plastinkalardan iborat. Vertikal yo’nalishda og’diruvchi plastinkalar “Y” gorizontal og’diruvchi plastinkalar “X” deb belgilanadi. Plastinkalarning biron juftiga elektr kuchlanish qo’yilsa, ular orasida elektr maydoni paydo bo’ladi va elektronlar dastasi og’adi. Plastinkalar orasidagi potensiallar farqi qancha katta bo’lsa og’ish shuncha katta bo’ladi. Hozirgi zamon ossillograflarida og’ish kattaligini oshirish uchun plastinkalarga beriladigan kuchlanishni kattalashtiradigan kuchaytirgichlardan foydaliniladi. Kuchaytirgichlar tufayli ekranda shulaning og’ishi 1 V kuchlanishda 1sm dan bir nechta 10 sm gacha yetadi. Plastinkalardan 1 V kuchlanishga to’g’ri keluvchi og’ish ossillograf sezgirligi deyiladi. Nazariy hisoblarga ko’ra ossillograf sezgirligini quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(1)
bunda ekrandagi shula uzunligi, U - plastinkalarga berilgan o’zgaruvchan kuchlanishning effektiv qiymati. Ossillograf sezgirligini bilgan holda tekshirilayotgan kuchlanishni o’lchasak bo’ladi. Ikkala juft og’diruvchi plastinkalarga o’zgaruvchan kuchlanish bersak, ekranda murakkab egri chiziqlar hosil bo’ladi. Bu egri chiziqning shakli plastinkalarga qo’yilgan kuchlanishlar fazalar farqiga, amplitudalar va chastotalar nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar ikki sinusoidal kuchlanishlar chastotalari nisbati ratsional sonlar orqali ifodalansa, ekranda hosil bo’lgan shakllarga Lissaju shakllari deyiladi, 3 - rasmda turli fazalar va chastotalar nisbati uchun to’g’ri keluvchi Lissaju shakllari ko’rsatilgan.
Lissaju shakllari orqali X plastinkaga ma’lum chastotali kuchlanish berilgan holda. Y plastinkadagi kuchlanish chastotasini topsa bo’ladi. Turli kattaliklarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tekshirish uchun X plastinkalarga vaqt bo’yicha chiziqli o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, Y plastinkaga esa tekshiradigan kuchlanish qo’yiladi. Ossillograf ekranida to’g’ri shakl bo’lishi uchun elektron nur ekranning bir chetidan ikkinchi chetiga ko’chgach qisqa vaqt ichida avvalgi holatiga qaytishi kerak. Buning uchun arrasimon kuchlanishdan foydalanishadi. /4-rasm/. Bunday kuchlanishni yoyish generatori hosil qiladi. Turg’in shakl hosil qilish uchun elektron - nur takroriy harakatlarni bir xil fazada boshlashi kerak. Buning uchun arrasimon kuchlanishlar chastotasi tekshirilayotgan kuchlanishlar chastotasiga teng yoki katta bo’lishi kerak. Agar shu shart bajarilmasa ekrandagi manzara o’ngga yoki chapga chopadi, fazalarini muvofiqlashtirish jarayoninga yoyishni uyg’unlashtirish deyiladi va bunga sinxronizasiya bloki yordamida erishiladi. Ossillografni tok bilan ta’minlash bloki elektron - nur trubkasi uchun kerakli kuchlanishlarni hosil qiladi. Katodga manfiy 1000kV kuchlanish berilsa, anodlarga 5-10kV musbat kuchlanish beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |