Ishni bajarish tartibi 1. Asbob bilan tanishing. Asbob shkalasidan aniqlik darajasini, sezgirligini va bo’lim qiymatini aniqlang.
2. Quyidagi sxema bo’yicha elektr zanjirini tuzing.
3. Reostat surgichini o’lchashlar olib boring. Kuchlanish va tok kuchini shkalaning turli qismlarida: boshida, o’rtasida va oxirida o’lchang.
4. Ko’rsatkichning har bir holati uchun xatolarni hisoblang.
Sinov savollari 1. Elektr zanjiri qanday asosiy qismlardan tashkil topgan?
2. Bu laboratoriya mashg’ulotida qanday tok manbalari qo’llaniladi?
3. Zanjirning ish rejimi qanday asboblar bilan boshqariladi?
4. Qarshiliklar magazini qanday tuzilgan?
5. O’lchov asboblarining klassifikatsiyasini aytib bering?
6. O’lchov asboblari qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?
Laboratoriya ishi №18
ELEKTRON OSSILLOGRAF ISHINI O’RGANISH.
Mashg’ulotning maqsadi: elektron ossilgraf ishi bilan tanishish, elektron ossilgraf yordamida kuchlanishni va tebranishlarni kuzatishni o’rganish.
Ish rejasi: 1.Elektron ossilograf .
2.Uning tuzilishi bilan tanishish.
3.Elektron ossilograf yordamida kuchlanishni o`lchash.
Kerakli asbob va materiallar: elektron ossillograf, tovush generatori, o’zgaruvchan tok to’g’rilagichi.
Ishning qisqacha nazariyasi Elektron ossillografning hozirgi paytda ishlatilish doirasi va ahamiyati juda katta. Elektron ossillograf qisqa muddatli, tez kechadigan va turli chastotali davriy jarayonlarni tekshirishda ishlatiladi. Hozirgi zamon elektron ossillograflari 100Gs chastota bilan va 10-10 s vaqt davomida ro’y beradigan jarayonlarni o’rganish imkonini beradi. Elektron ossillograflar tirik organizmlarda kechadigan elektr jarayonlarni tekshirishda (elektrokardiografiya) keng ishlatiladi. Ossillograf yordamida noelektrik jarayonlardan (temperatura, bosim, zichlik o’zgarishlari va hakozolar) funksional bog’lanishlarni ham o’rgansa bo’ladi. Buning uchun noelektrik kattaliklarni maxsus o’zgartirgichlar yordamida elektr signallarga aylantirish lozim. Ushbu ishning maqsadi ossillograf bilan ishlashni o’rganishdan va ekranda sinusoidal o’zgaruvchan kuchlanishni kuzatishdan iborat. Ossillograf ishining asosida elektronlar dastasining harakatiga tekshirilayotgan kuchlar bilan ta’sir etish orqali uni boshqarish yotadi. Elektron ossillograf elektron nur trubkasi – 1, yoyish generatori - 2, uyg’unlashtirish (sinxronizatiya) bloki - 3, vertikal - 4 va gorizontal – 5 og’dirish kuchaytirgichlari va tok bilan ta’minlash bloki -6 dan iboratdir(rasm-1). Elektron - nur trubkasida elektronlar dastasi hosil qilinadi va boshqariladi. Elektron - nur trubkasida elektronlar dastasini hosil qilish uchun yuqori vakuumli maxsus shakldagi shisha idishga joylashtirilgan. Elektronlar emissiyasi manbasi sifatida elektr toki bilan qizdiriladigan katod ishlatiladi. Elektronlar nurini shakllantirish va uning harakatini boshqarish uchun elektr yoki magnit maydonidan foydalaniladi. Ko’pchilik ossillograflarda elektrostatik maydon bilan boshqariladigan elektron - nur trubkalari qo’llaniladi. Elektron - nur trubkasining tuzilishi 2-rasmda ko’rsatilgan.