Asbobning tuzilishi va ish usuli. Gazlarning issiqlik sig’imlari nisbatini Kleyman - Dezorma usuli yordamida aniqlash mumkin. Asbob K kran bilan berkitilgan ingichka bo’yinli V shisha balondan iborat. Balon “v” trubka yordamida nasosga ulangan. “v” trubka K kran o’rnatilgan. K2 probka bilan berkitilgan tirqish orqali naychagi havo kirishi mumkin. Agar K2 kran ochilsa, balondagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi va monometrning ikkala trubasidagi suv sathi tenglashadi. So’ng K2 kranni yopib, nasos yordamida sathlar farqi 20 –30 sm ga yetguncha havo kiritiladi. Balonga havo tez kiritilgani uchun jarayon deyarli adiabatik bo’lib balon ichidagi havo qisman isiydi va uning temperaturasi tashqi havo temperaturasidan bir oz yuqori ko’tariladi (rasm - 1). Vaqt o’tishi bilan idish dedvorining issiqlik o’tkazuvchanligi tufayli balon ichidagi temperatura pasayib boradi, natijada sathlar farqi ham kamayib boradi. Ichki temperatura tashqi temperaturaga tenglashganda esa sathlar farqi o’zgarmay qoladi va uni bilan belgilaymiz. Gazning bu holatini P1,V1,T1 parametrlar bilan xarakterlash mumkin. Bunda P1=H+h bo’lib, H-atmosfera bosimi, h-manometr ko’rsatishi, V1 esa birlik gaz massasining hajmi bo’lib, balon xajmi bo’lib, balon hajmi V1 ning undagi gaz massasi m ga nisbatiga teng. Kran K2 ochilganda adiabatik kengayish yuz berib, gaz T2 gacha sovuydi va ichki bosim tashqi atmosfera bosimi bilan tennglashadi. Gazning ikkinchi holati parametrlari P2,V2,T2 bo’lib, bunda P2=H, T21 va V2>V1 bo’ladi. Gazning I holatga o’tishi quyiladi adiabata tenglamasi (Puasson tenglamasi) bilan ifodalanadi
(11)
Kran K2 yopilganda 3-5 daqiqa ichida issiqlik o’tkazuvchanlik tufayli balon ichidagi gaz temperaturasi T1(tashqi havo temepraturasi)gacha isiydi. Bunda bosim P3 gacha ko’tariladi va manometrdagi sathlar farqi h1 bo’ladi. Gazning III holati P3, V3,T3 parametrlar bilan xarakterlanadi. II holat III h holatga o’tganda gaz hajmi juda kichik qiymatga o’zgargani uchun V3=V2 deb olish mumkin, lekin bosim P3=H+h1 bo’ladi. I va II holatda gaz temperaturasi bir xil(T) bo’lgani uchun bu holatlarga Boyl-Mariott qonuni tadbiq qilinishi mumkin, y’ani.
(12)
Bu tenglikning ikkala tomonini darajaga ko’tarib (7)ga hadlab bo’lsak.
yoki (13)
hosil bo’ladi. (9)ni logarifmlab, nisbatni yechsak (14)
Manometrda I holatdagi sathlar farq h, II holatda esa h1 ekanini hisobga olsak P1=H+h va P2=H bo’lib bundan P2=p1-h,P3=P1-h1 bo’ladi. Bularni (14) ga qo’ysak .
(15)
lekin (II)da va lar Idan juda kichik bo’lgani uchun formulani tadbiq etib uchun quyidagini olamiz.
(16)
Do'stlaringiz bilan baham: |